2-Mavzu: Tuxum va uning ozuqaviylik qiymati, pishirish usullari. Reja Tuxum to’g’risida umumiy ma’lumotlar
Tuxum tuzilishi va kimyoviy tarkibi
Download 473.26 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovuq tuxumi asosiy 3 qismdan iborat
Tuxum tuzilishi va kimyoviy tarkibi
Tovuq tuxumining kesilgan ko‘rinishi: 1.tuxum po‘stlog‘i; 2.g‘ovaklar; 3.po‘stlog‘ osti qobig‘; 4.havo kamerasi; 5.tuxum oqi qobig‘i; 7.tuxum oqi; 8.gradinkalar; 9.tuxum sarig‘i qobig‘i; 10.tuxum sarig‘i; 11.zarodishli disk. Tovuq tuxumi asosiy 3 qismdan iborat : 1.Tuxum po‘stlog‘i (taxminan tuxumning 12% og‘irligini tashkil qiladi); 2.Tuxum oqi (56%); 3.Tuxum sarig‘i (32%) Tuxumning kimyoviy tarkibi va oziqlik qiymati Tuxum tarkibida inson organizmining normal rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan hamma moddalar mavjuddir. Ayniqsa tovuq tuxumi yuqori ozuqaviy qiymatga ega ekanligi, lesitin, temir, kalsiy tuzlariga hamda A, D, Ye vitaminlariga boyligi uchun parhez va davolash maqsadlarida ishlatiladi. Lekin jigar, ateroskleroz kasalliklarida va qariyalarga tuxumni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Tovuq tuxumi tarkibiga: oqsillar - 12,7%, yog‘lar - 11,5%, uglevodlar - 0,7%, mineral moddalar - 1,0%, suv - 74,0%, darmondarilardan -A, D, V 1 , V 2 , RR va boshqalar kiradi. 100 g tovuq tuxumining energetik qiymati 157 kkal yoki 657 kDj. Tuxum oqi va sarig‘ining kimiyoviy tarkibi bir-biridan farq qiladi. 100 g tuxum oqining energetik qiymati 47 kkal yoki 176,8 kDj. Tuxum oqini ko‘pirtirganda quyuq va mustahkam ko‘pik yuzaga keladi. Tuxumni qovurib pishirish usullari. Tuxumni qovurib yaxlit tuxum quymoq, omletlar, quymoqlar pishirish mumkin. Yaxlit tuxum quymoq: tuxum4dona, yog' I5g. Tuxumni chaqib tovadagi ozgina qizdirilgan yog'ga sarig'i yoyilib ketmaydigan qilib solinadi, yuziga mayda tuz sepiladi.Bunda olov pastroq bo'lishi lozim.aks ho I da,t uxumning chetlari kuyishi mumkin. Tuxumni 2-3 daqiqa oqi qotguncha aralasbtirmay qovuriladi.O'rtasidagi sarig'i esa ko'zdek bo'lib turadi.Pishgan tuxumni likopchaga solinib dasturxonga tortiladi. Mustahkamlash uchun savollari 1.Tuxum turlarini izohlab bering? 2.Tuxumdan tayyorlanadigan taomlarni yozing? Download 473.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling