2-Mavzu: Umumiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja


Tajriba (eksperiment) metodi


Download 29.05 Kb.
bet3/8
Sana03.04.2023
Hajmi29.05 Kb.
#1322595
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1.mavzu Psi-ya naz (2)

Tajriba (eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi va kasbdagi odamlar (chaqaloq, bola, o‘spirin, balog‘atga etgan va kabilar)ning psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhim hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun’iy tushunchalarning shakllanishi, nutqning o‘chishi, favqulotda holatdan chiqarish, muomala vaziyatini hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg‘ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o‘rganiladi. Inson psixikasining nozik ichki bog‘lanishlari, munosabatlari murakkab mexanizmlari tekshiriladi. Buning uchun eksperiment materialini tekshiruvchi sinchkovlik bilan tanlashi, obyekt tarzda har xil holat va vaziyatlarni yaratishi, bunda sinaluvchining yoi, aql-idroki, xarakter xususiyati, his-tuyg‘usi, qiziqishi va saviyasiga, turmush tajribasiga, ko‘nikma va malakalariga e’tibor berishi lozim.
Eksperiment metodi. O‘z navbatida tabiiy laboratoriya metodlariga ajratiladi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo‘llaniladigan. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda rus psixologi A.F.Lazurskiy ta’riflangan. Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chiqish jamolari a’zolarining, ilmiy muassasalari hodimlarning, o‘qituvchilar, keksaygan kishilarning psixolog o‘zgarishlari, o‘zaro munosabatlari, ishchanlik qobiliyatlari mutaxasislikka yaqqolligi muomilalaroini hal qilish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitlarda inson psixikasini o‘rganishda sinaluvchilar (bog‘cha bolalari, maktab o‘quvchilari, ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, biznesmenlar, fermerlar, ilmiy hodimlar va hokazolar)ning bexabar bo‘lishi ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadi muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish (interaksiya) kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavot va fabrikada emas moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim.
Laboratoriya (klinika) metodi. Ko‘pincha individual (goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo‘l-yo‘riqlar, tavsiyalar, ko‘rsatma va ilovalardan foydalanadigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari (displey)lar, qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ko‘pincha detektorlar, elektron va radio o‘lchagichlar sekundamir, refleksometr, xronarefleksometr, lyuksmetr, anomatoskob, taxistoskop, audiometr, eksesteziometr, elektromognograma, elektroensefalogramma kabilardan foydalaniladi.
Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va aqliy zo‘riqish singari murakkab psixik holatlartekshiriladi. Ko‘pincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, shavyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlari (halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko‘tarilishi)ning modellari yaratiladi. Asboblarning ko‘rsatilishi bo‘yicha o‘zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emotsional irodaviy, asabiy zo‘riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir bo‘layotganligini ifodaviy ma’lumotlar olinadi.
Tajriba (eksperiment) aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va tekshirish (nazorat) qismlarga bo‘linadi. Eksperimentning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki holat, o‘yin, mehnat, o‘qish kabi faoliyatlar tadqiq qilinadi. Tadqiqot obyektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi, lekin tekshiruvchi sinaluvchiga subyektiv taxsir o‘tkazmaydi. Shu pallada sinaluvchiga, hatto yo‘lovchi savollar ham bermaslik eksperimentningg prinsipi hisoblanadi.
Tarkib toptiruvchi (shakllantiruvchi) eksperimentda (tajribada) sinaluvchilarda biror fazilatni shakllantirish,shuningdek, ularga maqsadga muvofiq muayyan malaka, yo‘l yurish va usulni o‘rgatish rejalashtiriladi. Eksperiment yakka, guruh va jamoa tarzida o‘tkazilishi mumkin. Buning uchun tajriba materialining hajmi, ko‘lami, qancha vaqtga mo‘ljallanganligini, nimalar o‘rgatilishi, sinaluvchilarni qancha vaqtga mo‘ljallanganligi, nimalar o‘rgatilishi, sinaluvchilarni psixologik jihatdan tayyorlash oldindan belgilab qo‘yilishi shart.
Tekshirish yoki nazorat eksperimentida (tajribasida) tarkib toptiruvchi (shakllantirauvchi) bosqichda shakllantiruvchi usul, vosita, yo‘l-yo‘riq, ko‘nikma, malaka va shaxs fazilatlarining darajasining barqarorligini aniqlash, topshiriqlar beriladi. Tekshirish (nazorat) tajribasi orqali tarkib toptiruvchi sinaluvchiga mutlaqo yordam berishi mumkin emas, aks holda tadqiqot o‘tkazish prinsipi buziladi.
Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi (nazorat) tajribalarda yig‘ilgan ma’lumotlar, miqdorlar matematik statistik metodlardan foydalangan holda ishlab (hisoblab) chiqiladi, shuningdek, miqdoriy tahlil o‘tqazishga tayyorgarlik ko‘riladi. Statistik metodlar yordamida insonning bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol) bilan uning individual tipologik xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligi va ta’siri (korrelyasiyasi) bilish jarayonlarining his-tuyg‘u bilan boshqarilishi, aql-zakovat omillarini tahlil qilish amalga oshiriladi.
Hozir injener psixologlar matematiklar bilan hamkorlikda inson psixikasining modelini yaratish ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar, shuningdek, mediklar, fiziologlar, kibernetiklar psixikani dasturlashtirishni nihoyasiga yetkazmoqdalar. Ishlab chiqarishdagi “sun’iy intellektlar”, robotlar, EHMlar ana shu izlanishlarning dastlabki samarasi hisoblanadi.

Download 29.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling