O‘tgan darsda Nuriddin Yanisning bu gaplarini fahm etmadi, tushunmaganini yashirmay so‘radi


Download 330.49 Kb.
Sana31.07.2023
Hajmi330.49 Kb.
#1663937
Bog'liq
ona tili 11 60-dars

ONA TILI


Mavzu:
Nutqda shakl va mazmun mosligi
11-sinf

O‘tgan darsda

Nuriddin Yanisning bu gaplarini fahm etmadi, tushunmaganini yashirmay so‘radi:

– Odamlar bo‘riga o‘xshasa, deysizmi?

– Ha, bo‘riga o‘xshasa... Bo‘rilar odamlar kabi bir-birlarini g‘ajimaydilar. Ular ahil-totuv yashaydilar. Ular ozodlikni hech nimaga alishmaydilar. Bunday ahillik, bunday mag‘rurlik boshqa hech bir jonzotda yo‘q. Sen sirkda bo‘rini o‘ynatganlarini hech ko‘rganmisan? Ha, ko‘rmagansan.

Fildan tortib to ilonga qadar bir luqma ovqat uchun insonlarga masxara bo‘ladi. Faqatgina bo‘ri bo‘ysunmaydi. Sen turkiylardansan. Ajdodlaring e’tiqod qilgan ramz nima bo‘lganini bilasanmi? Qurt, ya’ni bo‘ri. Turkiylar bayrog‘ida bo‘ri tasviri bo‘lgan, deb eshitganman. Turkiylar qadimda shunday erksevar bo‘lgan ekanlar. E, u zamonlar o‘tib ketdi. – Yanis shunday deb xo‘rsindi... (T. Malik)

Xulosa

Turkiylar erksevar xalq bo‘lganlar, bugungi avlod ham o‘z ajdodlariga munosib voris bo‘lishlari kerak.

18.1-mashq


Matnni o‘qing. Gaplarni mazmuniga mos holda qavs ichida berilgan so‘zlardan mosi bilan to‘ldiring.
Mustahkam do‘stlik munosabatlari – hayotda baxt va shodlikka erishishning ishonchli vositalaridan biri.
Yaqinda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda aniqlanishicha, do‘st va qarindosh-urug‘i mo‘l odam ko‘proq kularkan, kamroq xavotirga tusharkan va natijada uzoq umr ko‘rarkan.

18.1-mashq


Bolaligimda otam: „Uchta yaqin do‘sti bor odam – haqiqiy badavlat odam“,– deya tez-tez takrorlab turardi. Men bu naqshinkor fikrni hech qachon yodimdan chiqarmayman, sizga ham unga jiddiy munosabatda bo‘lishni tavsiya qilaman. Ba’zan mustahkam do‘stlik aloqalarini o‘rnatish uchun qulay muhit-sharoitni tark etishga, o‘zingiz unchalik yaqindan bilmagan kishilar bilan azoblanishga va samimiy munosabat o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Agar do‘stlik urug‘ini eksangiz, albatta, ajoyib do‘stlar timsolida mo‘l-ko‘l hosil yig‘ib olasiz.

18.1-mashq


Davralarda o‘zingiz tanishishni istagan odamning yoniga boring, o‘zingizni tanishtiring. Har qanday inson zotida mehrga, samimiyatga ehtiyoj bor, shu sababli ko‘pchilik sizning tashabbusingizdan mamnun bo‘ladi. Agar tanishishni istamagan taqdirda ham nima bo‘libdi? Menga ro‘yxushlik bermadi, deb siqilmang. Bu odam nimani yo‘qotganini o‘ylab ko‘ring-da, mulozamat bilan keyingi suhbatdoshga o‘ting.
(Robin Sharma)

Yechim


Mustahkam do‘stlik munosabatlari – hayotda baxt va shodlikka erishishning ishonchli vositalaridan biri.
Yaqinda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda aniqlanishicha, do‘st va qarindosh – urug‘i mo‘l odam ko‘proq kularkan, kamroq xavotirga tusharkan va natijada uzoq umr ko‘rarkan.
Bolaligimda otam: „Uchta yaqin do‘sti bor odam – haqiqiy badavlat odam“, – deya tez-tez takrorlab turardi. Men bu naqshinkor fikrni hech qachon yodimdan chiqarmayman, sizga ham unga jiddiy munosabatda bo‘lishni tavsiya qilaman. Ba’zan mustahkam do‘stlik aloqalarini o‘rnatish uchun qulay muhit – sharoitni tark etishga, o‘zingiz unchalik yaqindan bilmagan kishilar bilan azoblanishga va samimiy munosabat o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Agar do‘stlik urug‘ini eksangiz, albatta, ajoyib do‘stlar timsolida mo‘l-ko‘l hosil yig‘ib olasiz.
Davralarda o‘zingiz tanishishni istagan odamning yoniga boring, o‘zingizni tanishtiring. Har qanday inson zotida mehrga, samimiyatga ehtiyoj bor, shu sababli ko‘pchilik sizning tashabbusingizdan mamnun bo‘ladi. Agar tanishishni istamagan taqdirda ham nima bo‘libdi? Menga ro‘yxushlik bermadi, deb siqilmang. Bu odam nimani yo‘qotganini o‘ylab ko‘ring-da, mulozamat bilan keyingi suhbatdoshga o‘ting.
(Robin Sharma)

18.2-mashq

Gaplarni ixchamlashtiring. She’riy parchalarni sodda gaplarga aylantirib yozing (o‘qish, yozish).

Dushmaning bilan o‘tirgan odamdan uzoq bo‘l.

Ey do‘stim, sensiz bu jahon menga qayg‘uli, shodligim ham tatimaydi.

O‘ziga ravo ko‘rmaganni yori (do‘sti)ga ham ravo ko‘rmagan inson haqiqiy yor (do‘st)dir.

Do‘st bilan vayrona uying ham oboddir.

Do‘sti ko‘pning qaddi bukilmaydi, mard odam mol-u jondan kechsa ham, do‘stidan kechmaydi.

Ayrim sotqin do‘stlardan ko‘ra baland daraxtlar azizroq, qadrliroqdir.

18.3-mashq


Sodda gaplarni qo‘shma gaplarga aylantiring.
-Do‘st deganda shunday odamni bilginki, u senga go‘yo oyna bo‘lsin.
-Agar sendan birov yuz o‘girsa, sen ham uni unut.
-Haqiqiy do‘stdan yaxshi shifokor yo‘q, chunki u qalb jarohatlarini davolaydi.

Unutmang!


Fikrni ixcham ifodalash – madaniy nutq belgisi. Shuning uchun ilmiy matndagi so‘zlar, gaplar miqdorining yuqori chegarasi belgilab beriladi, quyi chegara ko‘rsatilmaydi. Fikrni uzun yoki ko‘p jumlalar bilan ifodalash, ko‘pincha, ijobiy qabul qilinmaydi. Shuning uchun gaplarni ixchamlashtirish, matn mazmunini qisqa ifodalash madaniy nutq mezonlaridan hisoblanadi.
Boshlab qo‘yilgan, uzilib qolgan jumlani mantiqan va usluban to‘g‘ri davom ettirish ham so‘zlovchining mahorati hisoblanadi.

Mustahkamlash


1. Matn mazmunini qisqa ifodalashda gaplarni ixchamlashtirish- ning qanday yo‘llari bor?
2. Har qanday inson zotida qahrga, samimiyatga ehtiyoj bor gapidagi ortiqcha so‘z olib tashlansa, fikr mazmuni qanday o‘zgaradi?
3. Berilgan nasriy bayondagi fikrni she’riy jumlaga aylantirishga harakat qiling. Do‘stlik shunday bir daraxtki, urug‘i vafo, shoxlari umid, yaproqlari saodatdir. Do ‘stlik bir shahardirki, kaliti ishonch, aholisi vafodorlardir. Do ‘stlikni o ‘z hayotingizdan haydab solish - zaminni quyoshsiz qoldirish bilan barobar.

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar

18.1-topshiriq.

Matn bilan tanishing. Parchaning janrini qanday nomlagan bo‘lardingiz?

Muallif qaysi insoniy tuyg‘u haqida fikr yuritgan?


Download 330.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling