2-mavzu: Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Ong taraqqiyoti va ongsizlik


Harkatlantiruvchi (motor) nervlar


Download 108.49 Kb.
bet3/10
Sana17.02.2023
Hajmi108.49 Kb.
#1206101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-maruza sirtqi

Harkatlantiruvchi (motor) nervlar markazdan kelayotgan impulslarni muskullarga va bezlarga yetkazadi. Bu nervlarni markazdan qochuvchi yoki efferent nervlar deb ham ataladi.
Vegetativ nerv tizimi – orqa miya bo‘ylab va undan chetda joylashgan nerv tizimlari alohida tutamlar va nerv tugunlarining chigallaridan iboratdir. Vegetativ nerv tizimining alohida tutamlari ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish va boshqa organlarida joylashgan bo‘lib, ichki organlarning faoliyatini idora qiladi.
Vegetativ nerv tizimidan (uning markazlari gipotalamusda orqa miyaning kurak va yuqori bel segmentlarida joylashgan) va parasimpatik nerv tizimidan (uning markazlari o‘rta miyadagi turli tepalikda Varoliy ko‘prigida, uzunchoq miyada va orqa miyaning dumg‘aza qismida joylashgan) iborat.
Simpatik va parasimpatik nerv tizimi ichki a’zolar faoliyatini idora qilishda o‘ziga xos “antagonistlar” qarama-qarshi bo‘lib, bir organ faoliyatini qarama-qarshi holatga keltiradi. Masalan, simpatik tizim yurak faoliyatini tezlashtirsa, parasimpatik tizim esa bu faoliyatni susaytiradi. Organizmning me’yordagi faoliyati simpatik va parasimpatik vegetativ nerv tizimining ma’lum bir “muvozanatida” saqlanadi. Vegetativ nerv tizimi emotsional kechinmalarda katta rol o‘ynaydi.
Odamning ko‘pincha psixik jarayonlarini, xususiyatlarini va holatlarini idora etishda retikulyar formatsiya alohida rol o‘ynaydi. Retikulyar formatsiya orqali miyada uzunchoq va keyingi miyada joylashgan nerv tolalari tarmog‘i bilan o‘zaro birikkan to‘rsimon tuzilmadir. U bosh miyaning elektrik faoliyatiga, bosh miya qobig‘ining funksional holatiga, qobiqosti markazlariga, miyachaga va orqa miyaga ta’sir qiladi.
Ilmiy psixologiyada miya psixikaning organi sifatidagi o‘rganish tarixi ikkita yo‘nalishda borgan organizm va muhit munosabatlarini idrok etish asoslarini o‘rganish va miyaning alohida tuzilmalarini morfologiyasi va funksiyasini ochishdan iborat.
R.Dekart tomonidan XVII asrda refleks tushunchasini fanga kiritilishi organizm va muhit ta’siri asoslari ochilishi borasidagi muhim nazariyalardan biri sifatida rol o‘ynaydi.

Download 108.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling