2-mavzu: Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Ong taraqqiyoti va ongsizlik


Download 108.49 Kb.
bet2/10
Sana17.02.2023
Hajmi108.49 Kb.
#1206101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-maruza sirtqi

Uzunchoq miya orqali orqa miyadan bosh miyaning yuqori bo‘limlariga impulslar o‘tadi va orqaga qaytadi. Uzunchoq miyaning yadrolari murakkab refleks aktlarida ishtirok etadi: so‘rish, chaynash, so‘lak ajratish va hokazo.
Miyacha tana harakatlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi. O‘rta miya–to‘rt tepalik qizil yadro muskul tonusining me’yoriy taqsimlanishini, tovush va yorug‘lik qo‘zg‘atuvchilarini hamda og‘irlik kuchiga nisbatan tananing to‘g‘ri joylashishini idora etadi.
Oraliq miyada sezuvchanlikning oraliq markazlari mujassamlashgan. Oldingi miya va uni qoplab turgan po‘stloq bosh miyaning oliy qismlarini tashkil etadi.
Oldingi miya bosh miyaning eng katta qismini deyarli 80 foizini tashkil qiladi va peshona sohasidan ensagacha cho‘zilgan yoriq bilan ajrashgan ikkita o‘ng va chap yarim sharlardan bir-biri bilan qadoqsimon tana yordamida birikadi.
Yarim sharlarning barcha yuzasi (qariyb 2200 sm) miya po‘stlog‘i deyiladi. Miya po‘stlog‘i kulrang moddadan tashkil topgan. Uning qalinligi turlicha bo‘lib 4-5 mm.gacha boradi. Bosh miya katta yarim sharlari qobig‘ining yuzasi odamda katta sohaga ajratiladi, peshona (eng katta), tepa, ensa va chakkadan iborat. Bir xildagi hujayralar qatlamidan iborat qismlar (qobiq shakli va faoliyatining vazifalari turlicha bo‘lgan oltita qatlam hujayralaridan tashkil topgan) qavatlardan (maydon) iborat. Odamda hammasi bo‘lib, 52 ta maydon mavjud.
Bosh miyaning po‘stlog‘i ostida yotgan qismlarini qobiq osti sohasi deyiladi. Qobiq osti sohasi va qobiq osti tutamlari umumiy sezuvchanlikning differensiyalashgan markazlari hisoblanadi. Bu soha bizning emotsiyalarimiz va instinktlarimiz bilan bog‘langan.
Periferik nerv tizim markaziy nerv tizimi bilan ajralmas yaxlitlikni tashkil etadi. Periferik nerv tizimi markaziy nerv tizimidan chiqib, tarmoqlanib, shu bilan birga butun organizmni markaziy nerv tizimi bilan bog‘lovchi nervlardan tashkil topadi.
Bosh miyadan 12 juft, orqa miyadan esa 31 juft nervlar chiqadi. Periferik nervlarning ikki turi: sezuvchi va harakat nervlari farqlanadi. Sezuvchi nervlar nerv uchlaridagi tuzilmalarda ta’sirlovchilar tufayli hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishni markazga, ya’ni orqa miya va bosh miyaga yetkazib beradi. Ushbu nervlar boshqacha qilib aytganda, qo‘zg‘alishni qabul qiluvchi markazga intiluvchi yoki afferent nervlar deyiladi.

Download 108.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling