2-mavzu: Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Ong taraqqiyoti va ongsizlik


Inson va hayvon psixikasining rivojlanishi


Download 108.49 Kb.
bet10/10
Sana17.02.2023
Hajmi108.49 Kb.
#1206101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-maruza sirtqi

Inson va hayvon psixikasining rivojlanishi
Inson psixikasi bilan eng yuksak taraqqiy etgan hayvon psixikasi o‘rtasida katta farq mavjud. Hayvonlar “tili”bilan inson tilini hech bir jihatdan taqqoslab bo‘lmaydi. Hayvon o‘z to‘dasidagi boshqa o‘ziga o‘xshash hayvonlarga ayni choqdagi bevosita vaziyat bilan cheklangan hodisalar xaqida faqatgina signal berolsa, inson til yordami bilan boshqa odamlarga o‘tgan, hozirgi va kelgusi zamondagi narsalar haqida axborot berishi va ularga ijtimoiy tajribani o‘tkazishi mumkin.
Hayvon va odam tafakkurining bir-biridan farq qilishi ular tili o‘rtasidagi farqqa bog‘liqdir. Inson abstrakt tafakkurga, hayvon esa amaliy tafakkurga ega. Odam zaruriyatga mos ravishda ongli suratda ish ko‘rish qobiliyatiga ega. Qurol yasash va uni asrash qobiliyatiga egalik odam psixikasi bilan hayvon psixikasining bir-biridan ajratuvchi ikkinchi muhim farq hisoblanadi. Konkret vaziyatdan tashqarida hayvon hech vaqt qurolni boshqa narsalardan farqlab, qurol sifatida ajratmaydi va uni keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo‘ymaydi. Aniq vaziyatda qurol o‘z rolini o‘tab bo‘lgach, shu zahotiyoq, hayvon uchun qurollik sifatini yo‘qotadi. Odam ilgaridan o‘ylab qo‘yilgan reja bilan qurol yasaydi, quroldan tegishli maqsadlarda foydalanadi hamda uni saqlab qo‘yadi. Odam nisbatan doimiy buyumlar olamida yashaydi. Odam quroldan foydalanish tajribasini boshqalardan o‘rganadi va o‘zi bu tajribani boshqalarga o‘rgatadi. Odam psixik faoliyatining hayvonlar psixikasidagi uchinchi farqi shuki, inson o‘zidan keyingi avlodlarga ijtimoiy tajriba qoldiradi.
Odam bilan hayvon o‘rtasidagi to‘rtinchi g‘oyat muhim farq hissiyot o‘rtasidagi farqdir. Rivojlanish sharoitlarining turlicha bo‘lishi odam psixikasining hayvon psixikasidan ajratuvchi muhim farqlardan hisoblanadi. Agar odam insoniyat tajribasini o‘zlashtirmas ekan, o‘ziga o‘xshagan odamlar bilan munosabatga kirishmas ekan, shaxs sifatida tarkib topmaydi. Inson ongining rivojlanishiga asosiy omil mehnat faoliyati, ya’ni odamlarning birgalikda qurol yasash va undan foydalanish faoliyatlari bo‘lgan.
Mehnat faoliyati ijtimoiy munosabatlar taraqqiyotiga ta’sir qiladi, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi esa mehnat faoliyatining takomillashuviga ta’sir ko‘rsatadi. Inson ongi mehnatda rivojlanadi. Inson ongi evolyusion taraqqiyot jarayonida aks ettirishning eng yuksak shakli sifatida maydonga kelib, ong tufayli odam moddiy dunyodagi narsalarning ob’ektiv, barqaror xususiyatlarini ajrata oladi va shu asosda tevarak-atrofdagi voqelikni o‘zgartira oladi. Demak, inson psixikasining oliy bosqichini ong deb atash mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkin.
Hayvonlarning sharoitga moslashish usul va darajalari ularning psixik taraqqiyoti darajasini aniqlab beradi. Keltirilgan ma’lumotlarda hayvonlar psixik taraqqiyotining bir necha bosqichi ko‘rsatilgan. Ushbu bosqichlar hayvonlarni faoliyatga undovchi tashki ta’sirlar haqidagi ma’lumotlarni qabul qilish usuli va darajasiga qarab bir-biridan farqlanadi. Birinchi vaziyatda – bu alohida sezgi darajasi bo‘lsa, boshqa vaziyatda predmetlik idrok etishdir.
Predmetli idrok etish bosqichidagi taraqqiyotning oliy darajasi hayvonlarning sodda intellektual harakatlari haqida gapirish imkonini beradi. Biroq, hayvonlarning xatti-harakatlari asosan biologik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bo‘ladi.



1 David G. Myers “Psychology”. NY, 2010. WORTH PUBLISHERS 118p.

Download 108.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling