2 mavzu. Yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha muhandislik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari. Reja


Yo‘l transport hodisalarini ko‘plab sodir etilishini aniqlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish


Download 51 Kb.
bet2/2
Sana26.10.2023
Hajmi51 Kb.
#1725426
1   2
Bog'liq
2-mavzu

Yo‘l transport hodisalarini ko‘plab sodir etilishini aniqlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish.
Ogohlantiruvchi belgilar yo‘l harakati qatnashchilariga yo‘lda harakatlanishda vaziyatga qarab chora ko‘rishni talab qiladigan havfli qismlarni joylashuvi hamda ularni hususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot berish uchun qo‘llaniladi
Ogohlantiruvchi belgilar 32 ta bo‘lib, ularni asosiy qismining ko‘rinishi uchburchak shaklida, xoshiyasi qizil, foni oq va tasviri qora rangda berilgan bo‘ladi. Qolaversa to‘rtburchak va kesishma shakllarida ham berilgan.
Ogohlantiruvchi belgilar aholi yashaydigan joylarda havfli joydan 50-100 metr, aholi yashaydigan joylardan tashqarida esa 150-300 metr oldin o‘rnatiladi.
Agar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan bo‘lsa, belgilari bevosita nishablik va balandlik oldiga o‘rnatilishi mumkin. Ikkinchi belgi yo‘lning havfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda o‘rnatiladi.
Agar yo‘lning qatnov qismida qisqa muddatli yo‘l ishlari olib borilayotgan bo‘lsa o‘sha ish bajarilayotgan joyga 10-15 metr masofa yetmasdan kerakli belgi o‘rnatiladi.
Belgilarni o‘rnatishga qo‘yiladigan talablar. Yo‘l belgilarini ko‘cha-yo‘l sharoitida qo‘llash.
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishdagi yetti guruhdagi: ogohlantiruvchi, imtiyoz, ta’qiqlovchi, buyuruvchi, axborot-ko‘rsatuvchi, servis, qo‘shimcha axborot yo‘l belgilari Venada 1968 yil qabul qilingan yo‘l belgilari Konventsiyasiga va bu Konventsiyani to‘ldiruvchi Jenevadagi 1971 yil Evro‘pa kelishuvi talablariga to‘liq mos keladi.
Avtomobil yo‘llarida va shahar ko‘chalarida yo‘l belgilarini o‘rnatish GOST 23457-86, ularning o‘lchamlari esa GOST 10807-78 talablariga javob berishi kerak.
Avtomobil yo‘llarida yo‘l belgilari quyidagi ketma-ketlikda o‘rnatilishi kerak: ko‘rsatuvchi (axborot-ko‘rsatuvchi); imtiyoz; servis va tablichkalar; ogohlantiruvchi; buyuruvchi; ta’qiqlovchi.
O‘rnatiladigan yo‘l belgilarining umumiy soni yo‘lda iloji boricha kam bo‘lishi kerak. Har bir o‘rnatilayotgan ogohlantiruvchi yoki ta’qiqlovchi yo‘l belgilari asoslangan bo‘lishi shart va yo‘l sharoiti yomonlashganligi oqibatida ko‘rilgan majburiy chora deb tushunilishi kerak. Shuning uchun ogohlantiruvchi va ta’qiqlovchi belgilar ko‘pchilik hollarda vaqtincha o‘rnatilib, ma’lum yo‘l sharoiti yaxshilangandan so‘ng olib tashlanishi kerak. SHuningdek, mavsumga qarab o‘rnatiladigan yo‘l belgilarini ham vaqt o‘tishi bilan tezda olib tashlash kerak.
Yo‘l belgilarini shunday o‘rnatish kerakki, ularni kunning yorug‘ vaqtida ko‘rish masofasi 150 m.dan kam bo‘lmasligi kerak. Haydovchiga u yoki bu uchastkada o‘rnatilgan belgini ko‘rish masofasining qiymati shu uchastkadagi tezlikning ikki barobariga yoki undan katta qiymatiga teng bo‘lishi kerak. Bu holatda yangi qurilayotgan yo‘llar uchun tezlik hisobiy tezlikdan 70% olinsa, foydalanayotgan yo‘llarda esa transport vositalarining 85% tezligidan oshmaydigan tezlik qabul qilinadi.
Ko‘ndalang kesimda yo‘l belgilarini joylashtirishda quyidagilarga ahamiyat berish kerak. Yo‘lning bitta ko‘ndalang kesimida uchtadan ortiq yo‘l belgisini o‘rnatish ruxsat etilmaydi. Bunda qo‘shimcha axborot beruvchi va qaytaruvchi belgilar hisobga olinmaydi. Bunday hollarda belgilarni gorizontal (bu ko‘proq qulay bo‘ladi) yoki vertikal o‘rnatish kerak.
Yo‘l belgilari yo‘lning o‘ng tomonida qatnov va yo‘l yoqasi qismidan tashqarida (maxsus holatlardan boshqa) o‘rnatiladi.
Aholi yashamaydigan yo‘l uchastkalarida yo‘l belgilarini yo‘l yoqasi yonida ko‘tarilgan «berma»da (supachada), ko‘tarmaning qiyalik yon bag‘rida, yon ariqdan tashqarida, qiyin yo‘l sharoitlarida yo‘l yoqasida talablarga binoan o‘rnatilishi kerak. Bu belgilar yo‘lning yon tomonidan o‘rnatilganida qatnov qismining chetidan, yo‘l yoqasining mavjud holatida esa yo‘l qirg‘og‘idan (brovkadan) yo‘l belgisining chetigacha 0,5¸2,0 m masofada, qo‘plamaning ustidan belgining tagigacha (tablichkalarni hisobga olmaganda) 1,5¸2,0 m masofada o‘rnatilishi lozim.
Ta’mirlash yoki tuzatish ishlari olib borilayotgan joylarda yoki o‘erativ (tez) holatda harakatni tashkil qilish zarur bo‘lgan vaqtda yo‘l belgilarining tayanchlari qatnov qismiga o‘rnatilishi ruxsat etiladi (masalan, Paxtakor stadioni atrofidagi ko‘chalarda futbol o‘yini oldidan u yoki bu transport vositalari qatnovini yoki umuman harakatni ta’qiqlovchi vaqtincha belgilar qo‘yilishi amalda uchrab turadi).
Aholi yashaydigan joylarda yo‘l belgilarini yo‘l yoqasining yoniga, yo‘l yoqasining ustiga, qatnov qismining tepasiga joylashtirish mumkin. Ajratuvchi polosa xavfsizlik orolchalari bo‘lgan hollarda esa yo‘l belgisini joylashtirilgan.
Yo‘l belgilari o‘zlarining ishlatilish yo‘l sharoitiga qarab GOST 10807-78 «Dorojniye znaki» ko‘rsatmasiga asosan to‘rt tur o‘lchamda bo‘lib, quyidagicha tasniflanadi: I-kichik; II-normal; III-katta; IV-juda kata
Nazorat savollari:
1. Yo‘l transport hodisalarini ko‘plab sodir etilishini aniqlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish
2. Yo‘l harakatini tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqarilgan tadbirlar
3. Yo‘l harakatini tashkil etish sohasida faoliyat ko‘rsatadigan xalqaro tashkilotlar
4. Xalqaro Konvensiyalar
Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling