2-mavzu. Yotqiziqlar reja
Download 120.5 Kb.
|
2 mavzu (2).docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
2-MAVZU. YOTQIZIQLAR Reja: 1.Yerning paydo bo'lishi haqidagi gipotezalar. 2.Yotqiziqlarning turlari. 3.Yotqiziqlarning xususiyatlarini tushunish va tasvirlash. 4.Daryo va dengizorti yotqiziqlari va cho‘kmalar tuzilishi. 5.Kimyoviy yotqiziqlar. 6.Organik moddalar va yotqiziqlar. 7.Arxeologik yotqiziqlar. 8.Cho‘kindi jinslarning tasnifi. Tayanch iboralar: yotqiziq, qum, malyuska, marjon, gil, torf, gips, morfologiya, uyum, balchiq, manzilgoh, golotsen, pleystotsen. Yerning paydo bo'lishi haqidagi gipotezalar Yerning paydo bo’lishi to’g’risidagi dastlabki tasavvurlar juda qadimdan mavjud bo’lgan. Chunki bu masala ulkan amaliy ahamiyatga ega. Yerning paydo bo’lishi haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’lmasdan turib, uning tuzilishini va unda bo’ladigan jarayonlarni to’g’ri tushunish mumkin emas. Qadimgi davrlarda Yerning va Quyosh tizimining vujudga kelishi to’g’risidagi tasavvurlar asosan hurofiy bo’lgan. Faqat uyg’onish davrida (XV asrning oxiri va XVI asrning boshi) fanni dinning tazyiqidan ozod bo’lishi boshlanadi. Polyak olimi Nikolay Qopyernik (1473-1543) "Dunyo jismlarining aylanishi haqida" nomli asarida birinchi bo’lib Yer koinotning markazi emas, balki Quyosh atrofida doimo aylanib turadigan kichik planeta ekanligini aniqlab berdi. XVII asrning oxirida nemis olimi Leybnits (1646-1716) Yer qachonlardir qizigan (chug’ holatidagi) nur tarqatuvchi jism bo’lgan degan fikrni o’rtaga tashladi. Yerning yuqori qatlamlarini u Yer yuziga oqib chiqqan massaning shlaklariga o’xshatdi. 1745 yilda fransuz olimi J.Byuffon (1707-1788) Yer va Quyosh tizimining boshqa planetalari bir necha o’n ming yil avval Quyoshning kometa bilan falokatli to’qnashuvidan ajralib chiqqan quyosh jismlaridan hosil bo’lgan deb isbot qilishga harakat qildi. Nemis faylasufi Immanuil Kantning gipotezasiga (1755 y) ko’ra, birlamchi koinot turli kattalikdagi va zichlikdagi qattiq, harakatsiz chang zarrachalaridan tashkil topgan. Zarrachalarning o’zaro tortilishi natijasida ular harakatlana boshlaganlar. Lekin ular zarralarning kattaligi va zichligiga bog’liq ravishda turli tezlikda harakatlanganlar. Zarralarning to’qnashuvi butun tizimni aylanishiga va uning markazida zarralarning to’planishiga olib kelgan. Zarralar bu markaziy qism atrofida aylana orbitasi bo’ylab bir tomonga aylana boshlagan. Harakatlanayotgan zarralarning qo’shilishidan planetalar hosil bo’lgan. Kantning ta’kidlashicha osmon jismlarining hosil bo’lishi va hozirgi olamning tarqoq matyeriyadan hosil bo’lish jarayoni million yillar davom etgan. Franso’z matematigi Pyer Simon Laplasning fikricha (1796 y) koinot qizdirilgan gazsimon jismlardan tashkil topgan va u o’z o’qi atrofida qattiq jismlar kabi sekin bir tekis aylanadigan birlamchi gaz tumanligidan iborat bo’lgan. Gaz tumanligi asta-sekin sovib siqilib borishi bilan aylanish tezligi va markazdan ko’chirma kuch ayniqsa, tumanlikning ekvator qismida ortib borgan. Natijada jismlar tumanlik ekvatori yuzasiga yig’ilib borgan va yassi disk shaklini egallagan. Ekvatordagi markazdan ko’chirma kuch tortish kuchidan orta boshlaganidan so’ng, tumanlikning ekvator qismidan gaz xalqalari ajralib chiqa boshlagan va tumanlik harakat qilayotgan yo’nalishda aylanishni davom ettirgan. Xalqa jismlari asta-sekin zichlanib borib gaz quyqalarini (yig’indilarini) yoki birlamchi planetalarni (planeta kurtaklarini) hosil qilgan. Tumanlikning markazida gazlarning zich quyqasidan (yig’indisidan) Quyosh paydo bo’lgan. Bu gipoteza o’zining oddiyligi va mazmunining to’g’riligi tufayli XIX asr mobaynida hukmron gipoteza bo’lib xizmat qilgan. Lekin asrning oxirlarida yangi o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari bilan anchagina ziddiyat borligi aniqlandi. XX asrda planetalarning hosil qiluvchi jismlarning kelib chiqishini tushuntiruvchi tasavvurlardan kelib chiqadigan turli-tuman gipotezalar taklif qilindi, lekin ularning ilmiy nuqtai nazardan asossiz ekanligi isbotlandi. Ilmiy kosmogoniyada Quyosh atrofidagi gaz, chang bulutligining (tumanligining) kelib chiqish masalasi o’ta murakkab muammo hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Quyosh tizimidagi planetalarni hosil qiluvchi birlamchi bulutlikning (tumanlikning) hosil bo’lishi to’g’risida ikkita asosiy gipoteza mavjud. Ulardan biri Quyoshning atrof koinotdan jismlarini tortib olishidan, ikkinchisi Quyosh va Quyosh tizimidagi planetalar birga bir vaqtda bir xil gaz-chang yig’indilaridan hosil bo’lganligini taxmin qiladi. Akademik O. Yu. Shmidt gipotezasiga ko’ra, Quyosh olam bo’shlig’idagi harakati jarayonida gaz, chang bulutliklaridan iborat bo’lgan yulduzlar oralig’idagi jismlarni o’ziga tortib olgan. Bu bulutliklar vodorod gazsimon, asosiy qismi muzlardan iborat bo’lgan qattiq zarralardan tashkil topgan. Tosh va metall jismlar ham mavjud bo’lgan. Tosh va muzdan iborat bo’lgan qattiq zarralardan Quyosh tizimining ko’pgina jismlari hosil bo’lgan. Quyosh atrofidagi bulutliklardagi qattiq zarralarning to’qnashuvi natijasida ular bir-birlari bilan yopisha boshlagan va bulutlikning o’zi esa yassi, zichligi ortgan qatlamga aylangan. Katta jismlardan planeta va boshqa kosmik jismlar hosil bo’lgan. Planetalar hosil bo’lishi jarayonida, bir-birlari bilan to’qnashgan ayrim zarralar tezligini katta miqdorda yo’qotib umumiy bulutlik yig’indisidan uzoqlashgan. Bu zarralar planetalar atrofida aylana boshlaydi, so’ngra esa ular yig’ilib yo’ldoshlarni hosil qiladi. O. Yu. Shmidtning gipotezasiga ko’ra Yer va boshqa planetalar birlamchi sovuq jismlar bo’lgan, so’ngra Yerning ichki issiqligi radiofaol elementlarning parchalanishi natijasida hosil bo’lgan. Akademik A. G. Fesenkov Quyosh va boshqa planetalarning hosil bo’lishini yulduzlarning paydo bo’lishi muammosi bilan birgalikda ko’rib chiqadi. Galaktikadan tashqarida joylashgan tumanliklarning tuzilishini o’rganish hozirgi kunda ham yulduzlar hosil bo’layotganligini ko’rsatdi. Yulduzlar gaz, chang tumanliklarida joylashgan diffuzion jismlarning quyuqlashuvidan paydo bo’ladi. Ayrim tumanliklarda quyuqlashgan gaz-chang yig’indilarining mavjudligi kuzatiladi. Ayrim yig’indilarning parchalanishi va ulardan yulduzlarining hosil bo’lishi ma’lum bo’ldi. Yulduz jismlarining dunyo bo’shlig’iga yoyilish jarayoni ham isbotlandi. V. G. Fesenkov, Quyosh va planetalar qattiq yassi disk shaklidagi yulduzlar oralig’idagi gaz-chang yig’indilaridan (quyqalaridan) hosil bo’lgan deb hisoblaydi. Avvalo, katta massaga ega bo’lgan va hozirgi vaqtga nisbatan tezroq aylanadigan Quyosh hosil bo’lgan. So’ngra esa aylanish tezligi katta bo’lganligi uchun gaz-chang jismlarining juda ko’p qismi markaziy yig’indiga qo’shila olmagan va uning ekvator qismidan ajralib tumanlik markazidan uzoqlashib borgan. Bu ajralgan qismlarning harakati markaziy yig’indining harakatini qaytargan. Markaziy yig’indidan tashqaridagi gaz-chang jismlarining asta-sekin zichlanishi Quyosh tizimining hozirgi vaqtda mavjud planetalarini hosil bo’lishiga olib kelgan. Hozirgi davrdagi tasavvurlarga ko’ra Quyosh tizimi jismlari fazoda birlamchi sovuq va gazsimon materialning yig’ilishi va zichlanishi natijasida Quyosh va birlamchi planetalar paydo bo’lguniga qadar shakllangan. Asteroid va meteoritlar Yer guruhiga kirgan planetalar uchun, kometa va meteorlar esa gigant planetalar uchun ilk (dastavval) mahsulot hisoblanadi. Yerni hozirgi vaqtdagi po’stining tuzilishini shakllanishi birlamchi gomogen (bir xil tarkibli, tuzilishi) moddalarning og’irligiga bog’liq ravishda diffyerensiatsiya jarayoni bilan bog’lanadi. Ko‘pchilik geologlarning ma'lumotiga ko‘ra, O’rta Osiyoning katta qismida (asosan markaziy va janubiy) kembriygacha va paleozoy davrlarida tipik geosinklinal sharoit hukm surgan. Geosinklinal sharoitda juda katta qalinlikka ega cho‘kindi tog‘ jinslar yotqizilgan. Shu bilan birga, hududning ayrim joylarida vulqonlar ham otilnb turgan. O’rta Osiyo hududining ba'zi bir qismlarida tektonik harakatlar sodir bo‘lib, ko‘tarilgan, ba'zi bir qismlari esa cho‘kkan. Ko‘tarilgan hududlarda oldin gorizontal yotgan tog‘ jinslari burmalanib, har xil katta-kichik- likdagi tektonik strukturalar hosil bo‘lgan. Ko‘tarilgan hudud- larda vulqonli jarayonlar ham kuchli bo‘lgan. Kembriygacha va paleozoy davrlarida tektonik cho‘kish jarayonlari O’rta Osiyo-ning markaziy va janubiy hududlarida ayniqsa kuchli bo‘lgan. Shuning uchun bu hududlarda mazkur davrlar cho‘kindi tog‘ jinslarining halinligi juda kattadir. Kembriy davrining o‘rtalaridan boshlab to devon davrining so‘nggi davri orasida Urta Osiyo hududida kaledon tog‘ paydo bo‘- lishi yoki burmalanishlar bo‘lib o‘tgan. Mazkur burmalanishUrta Osiyoning shimoliy hududlarida, ya'ni Markaziy Qozog‘iston past tog‘liklarining shimoliy va g‘arbiy qismlarnda. Shimoliy Tyan- shanda, Chu-Ili past tog‘liklarida, Qoratovning shimoli-sharhiy qismida ayniqsa kuchli bo‘lgan. A. V. Peyvening fikricha, bu hu- dudlarning asosiy tektonik tuzilishini kaledon burmalanish- lari tashkil qilgan. Bu burmalanishdan keyingi davrda ham bu hududlarda tektonik ko‘tarilishlar, denudatsion jarayonlar hukm surgan. Faqat toshko‘mir va mezozoy davrlarida ko‘tarilish su- sayib, unchalik qalin bo‘lmagan cho‘kindi tog‘ jinslari yotqizil- gan. Doimiy va uzoq vaqt davom etgan tektonik ko‘tarilishlar hamda denudatsion jarayonlar kaledon burmalanishi davrida to‘plangan vulqon tog‘ jinslarining yer yuzasiga chiqib qolishiga sababchi bo‘lgan. Shimoliy Tyanshanda kaledon burmalanishlari unchalik kuchli bo‘lmagan. Shuning uchun bu hududda geosinklinal sharoit keyinchalik saqlanib qolgan. Devon davrida O’rta Osiyo hududining katta qismida kuchli, lekin qisqa muddatli, tektonik harakatlar sodir bo‘lib turgan. Buning natijasida uning bir qismi ko‘tarilgan, devon davrining ikkinchi yarmida esa shimoliy va qisman markaziy qismi cho‘kib, u yerlarni dengizlar bosgan, natijada bu joylarda juda katta qalinlikda cho‘kindi tog‘ jinslari (asosan ohaktoshlar, dolomitlar) yotqizilgan. Umuman paleozoyning o‘rtalarida Tyanshanning markaziy va janubiy qismlari dengiz ostida bo‘lgan, dengiz o‘rtasida kichik-kichik korall va rif orollari ko‘tarilib turgan. Toshko‘mir davridan boshlab O’rta Osiyo hududida tektonik ha- rakatlar yana faollashib, gersin burmalanish davri boshlangan. A. V. Peyvenning fikricha, gersin burmalanishlari toshko‘mirning boshlanish davrida kuchli bo‘lgan. Burmalanish vaqtida vulqonli jarayonlar ham bo‘lib turgan. Bular yuqori paleozoyda ham davom etgan. Mezozoyning boshlanishi davrida gersin burmalanishlari vaqtida hosil bo‘lgan tog‘ tizmalari denudatsion jarayonlar ta'sirida yemirilib, hudud peneplenga (tekislikka) aylana bosh- laydi. Chunki geologlardan V. V. Belousov, B. A. Petrushevskiy va boshqalarning ta'kidlashicha, mezozoy davrida Urta Osiyoning katta qismida tektonik harakatlar susayadi, burmalanish va vul- qonli jarayonlar sodir bo‘lmaydi. Natijada platforma sharoiti vujudga keladi. Neogen davrining oxiriga kelib Urta Osiyoning tog‘li qismida yangi tektonik harakatlar faollashadi. Bu tektonik harakatlar differensial xarakterga ega bo‘lib, tog‘ tizmalari ko‘tarilib, tog‘ oraliq va tog‘oldi botiqlari cho‘ka boshlaydi. Natijada yuqori bo‘r, paleogen, quyi neogen davrlarida dengiz ostida yotqizilgan tog‘ jinslari tog‘ tizmalarida juda balandga ko‘tarilgan. Masalan, Petr I tizmasida yuqori bo‘r dengiz yotqiziqlari hozir dengiz sathidan 4000 m balandlikda uchratiladi. Oloy, Turkiston, Chotqol tizmalarida paleogen dengizi ostida yotqizilgan tog‘ jinslari 3500—4500 m ga ko‘tarilgan. Daryolar tog‘oldi va tog‘ oraliq botiqlariga, shuningdek Urta Osiyoning shimoliy va shimoli-g‘arbiy qismlarida joylashgan te- kisliklarga katta miqdorda tog‘ jinslarini (asosan shag‘al toshlar, qumlar) olib kslib yotqiza boshlaydi. Shu davrlarda tog‘oldi va tog‘ oraliq botiqlar asosan cho‘kkan bo‘ladi. Shu sababli hududdagi botiqlarda qadimgi allyuvial va prolyuvial tog‘ jinslarining qalinligi bir necha yuz metrdan oshadi. Download 120.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling