2-mavzu. Yotqiziqlar reja
Yotqiziqlarning xususiyatlarini
Download 120.5 Kb.
|
2 mavzu (2).docx
Yotqiziqlarning xususiyatlarini
tushunish va tasvirlash Klastik yotqiziqlarning ko‘pgina xususiyatlari mavjud bo‘lib ular quyidagicha tasvirlanadi va qisqacha izohlanadi. Bu xususiyatlar o‘z ichiga tarkibni, tuzilishni (toshning o‘lchami va o‘tkirligi) yotqiziq strukturasini oladi. Tarkibi Yotqiziqlar qoyalar turlarini va minerallar tuzilishini keng ko‘rinishini namoyon qiladi. Bu moddiy manbaning vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun geologlar geologik landshaftlarni rekonstruksiya qilishadi. Yotqiziqlarning birmuna ko‘pchiligi zamon va makonda o‘zgarib turadi. So‘nggi vaqtlarda bir qancha minerallar boshqalarga qaraganda vayron bo‘lishda ko‘proq ta’sirchanroq hisoblanadi va shuning uchun qadimiy yotqiziqlarda ular kamroq davomiyroq bo‘lishadi. Natijada qisqacha yotqiziqlarning tarkibi ya’ni, tuzilishi ikkinchi jarayon tomonidan ta’sirlanadi (masalan tuproq shakllanishi, ob havoning o‘zgarishi), ya’ni kimyoviy minerallar sababli yotqiziqlarning tosh qotgan skeletlari yoki yotqizlarning massalari ichida ko‘plab ximikatlar (biroz ko‘tarilgan hududlar va qattiq jismlar) shakllanadi. Ikkinchi minerallar to‘plami karbonotni (kalsiy va aragonit), silikatlarni (mikrokristal kvars va opal ), sulfatlarni (gips, bariy ) va temir oksidini (limonit va gozit ) taqazo etishi mumkin. Tuzilishida individual toshlarning xossalarini nazarda tutadi va bular boshqa o‘ziga xos xususiyatlarga o‘xshaydi, bularning har ikkalasida tasvirlash va tushunish darajasi mavjud. Asosiy va mavjud xususiyatlardan biri bu toshning o‘lchami va bundan ham geologlar ham arxeologlar foydalanishadi va aniq tushunishadi. Bu qatlam tosh qotganda boshqasi qumga ko‘miladi. Aniqki, biz bu misolga qaraganda aniqroq bo‘lishimiz kerak va arxeolog va geologlar bilishlari kerak. Har bir narsaning rasmiy nomi va aniq o‘lchamini ya’ni, chang zarrasining mikro o‘lchamidan (1m=0.001mm) tortib bir necha metrli xarsangtoshlarning o‘lchamigacha bilishlari kerak. Aqshda geologlar foydalanadigan umumiy tosh o‘lchami ½ ning doimiy nisbatlari mavjud bo‘lgan guruhlar o‘rtasidagi me’yorlar bilan geometrik o‘lcham masshtabi belgilangan. Botqoqlik bilan gil o‘rtasidagi o‘lcham 3,9 mm ni tashkil etadi va qum bilan botqoqlik o‘rtasida esa 62,5 mm ni tashkil qiladi. Natijada tuproqshunos olimlar ( Amerika va Buyuk Britaniyada ) qum/balchiq va balchiq/gil o‘rtasidagi turli o‘lchovlardan foydalanishadi. Amerika tuproqlari uchun 50 va 2 mm o‘rtasidagi materiallarni botqoqlik o‘z ichiga olsa, Buyuk Britaniyada bu 63-2 mm ni tashkil qiladi. Bu farqlar hisobot va xaritalardagi hisoblangan sanalar uchun eng asosiy qism hisoblanadi. Garchi tosh o‘lchami analizlari uchun metodlar belgilangan bo‘lsada biz yotqiziqlarda turli xil o‘lchamdagi zarralarning aralashib yotganini ko‘rishimiz mumkin. Tarkiblarning turli aralashmalarida turli xil nomlar bor, jumladan “qumli gil” yoki “balchiqli qum” lar o‘zgarib turadi. Qo‘shimcha ma’lumot sifatida, tuproqshunos olimlar qo‘shimcha unumdor tuproq atamasidan foydalanishadi, qaysiki, 52% qum, 28-50% balchiq va 7-27% gildan iborat. Ko‘pchilik qumli balchiqli va gilli unumli tuproqlar unumdor kategoriyasiga kiritiladi. Geologik qatlam uchun balchiqli unumdor tuproq ekvivalenti yotqiziq klassifikatsiyasi sxemasida foydalanishga bog‘liq bo‘lgan “qumli balchiq” yoki “balchiqli gilli qum” kategoriyasiga kiritiladi. Turlash bu atama bir guruhni o‘z ichiga olgan turli o‘lchovdagi sinflarning soni foiziga tegishli bo‘lgan atama. Ayniqsa, u taxminan o‘rtacha o‘lchamning statistikal buzilishga aloqador hisoblanadi. Bir zarracha o‘lchamining ko‘pligi eng yaxshi yotqiziqni ifodalaydi. Eng yaxshi xarakterli tur hisoblanadigan Sohil va qum-tepalik qumlar shamolli chang qatlamdir va kulrang tuproqdek mashhurdir. Past navli yotqiziqlar turli xil zarrachalar o‘chamlarining bir necha sonidan tashkil topgan. Qiyalik va qiroldi qatlamlarga ko‘chadigan yotqiziqlarning massasi bo‘lgan yonbag‘irlik qatlamlar eng past navli qatlamlar hisoblanadi. Zarracha shakli silliq toshlar va qum o‘lchamli toshlar uchun xos deb hisonlanadi. U boshqacha tasvirlovchi parametr va tosh indikatori va yotqiziq tarixidir. Shaklning 3 ta aloqador bo‘lagi umumiy ko‘rib chiqiladi. Shakl toshning umumiy ko‘rinishini Tarelka yoki disksimon toshlar nazarda tutiladi ya’ni, speraning shakliga yaqin o‘lchamlar: tosh uzunligi, kengligi, qalinligi e’tiborga olinadi ya’ni, qalinligi uzunligi yoki kengligiga nisbatan kamroq bo‘ladi. Boshqa bir tomondan dumaloqlik toshning beso‘naqayligi bilan bog‘liq bo‘lib, burchaklari qirralariga aloqador hisoblanadi. Nihoyat, tuzilishning tashqi ko‘rinishi toshning, chuqurligi ya’ni, notekisligi, mikro siniqlariga o‘xshagan mikrotopografik ko‘rinishlarni taqozo etib, toshlar g‘adir-budurlikdan silliqlikka o‘zgarib borishi mumkin. Iordan vodiysida Ubeydiyaning quyi paleolitiga oid 126-qatlamida shag‘altosh va silliqtoshlarning ko‘rinishini o‘rganish, tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Morfometrik analizlar (shakli, o‘lchami, dumaloqligi) va Galiley dengizidagi zamonaviy qirg‘oqbo‘yi silliqtoshlari bilan taqqoslanganda turli natijalarni ko‘rsatadi. Bu xilma-xillik muhim ahamiyatga ega emas, balki bu shag‘allar inson yashagan hududlarda, sohillarda yoki daryo bo‘ylarida bo‘lgan. Biroq, shag‘al qatlamining o‘zgarmas qalinligi antropogen ta’sirning oqibatidir. Yuzaning tekisligini o‘rganish qum o‘lchamli zarrachalarini nazarda tutadi. Ikkilamchi ximikatlar optika va elektronika mikroskoplarda ko‘rishda namoyon bo‘ladi. Qo‘pol va siniq belgilar ko‘chish davomida sodir bo‘ladi. Chunki biogenetik o‘zgarishlar tez jo‘natilishini ko‘rsatadi. Hozirgi paytda elektron skaner mikroskoplarda kvars tosh qurollari yuzasidagi turli belgilarni o‘rganishni osonlashtirdi.1985 yilda Bull va Goldberg tomonidan Tabun g‘orida paleolit davrining o‘rta va quyi bosqichi manzilgohida kvars qumtoshning yuza analizi amalga oshirildi. Ular quyi paleolit davriga oid F va G qatlamlaridan genetik yuza xususiyatlarini ko‘rsatadigan bazalt qatlamini topishgan. O‘rta qismda, quyi paleolit davriga oid qatlam ko‘rinishlari saqlanib qolgan. Yuza qismdagi o‘rta paleolitning D, B qatlamlaridagi kvars toshlari birozgina o‘zgarganligini ko‘rish mumkin. Boshqa bir tomondan tuproqshunoslar mikromorfologist farqli ko‘rinishi bor. Download 120.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling