2-mavzu. Yotqiziqlar reja
Organik moddalar va yotqiziqlar
Download 120.5 Kb.
|
2 mavzu (2).docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arxeologik yotqiziqlar
Organik moddalar va yotqiziqlar
Organik moddalar va yotqiziqlar subareal va subekvatorial mintaqalarda joylashadi. Tuproqdagi gorizonga o‘xshagan subareal mintaqalardagi organik moddalar buzilib ketayotgan shakllarda sodir bo‘ladi. Yemirilish natijasida organik moddalar yerostiga singadi, mikrobiologik harakatlar esa o‘simlik erroziyasiga asosiy sababchi bo‘ladi. Bu ko‘proq quruq vaziyatlarda suvsiz va kislorodsiz holatlarda bakteriya va oksidlar tomonidan vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Qalin narsalar jamlanmasi torflar ichida sodir bo‘ladi. Kislota bilan bog‘langanligi sababli o‘simlik qoldiqlari va hayvon to‘qimalriga qaraganda suyaklar kamroq saqlanib qoladi. Torf qatlami jumladan, Angliyadagi Lindov Man botqoqligida, Daniyadagi Tollund Manin va Floridadagi Vindover manzilgohidan umuman shikastlanmagan miya to‘qimalari topilgan va bir qancha qoldiqlar saqlanib qolgan. Garchi bular golotsen davriga misol bo‘lsa-da, tahminan 400 ming yilga oid quyi paleolit manzilgohi bo‘lmish Schoningenindan yog‘och nayzalarini ham ko‘rib o‘tishimiz mumkin. Arxeologik yotqiziqlar Geoarxeologik izlanishlardagi bosh obyektlar bular qatlamlar bo‘lib, arxeologik madaniy qatlam bilan bog‘liq yotqiziq arxeologik yotqiziq nomi bilan terminlashtiriladi. Arxelogik kontekstlardagi yotqiziqlarning eng yaxshi qismi tabiatdagi klastiklik, organik boy qatlamlar kombinatsiyasi, maxsus sharoitlardagi va g‘orlardagi kimyoviy yotqiziqlar hisoblanadi. Klastik yotqiziqlar, manba tushunchasi, ko‘chish va qatlam tushunchalarini o‘z ichiga oladi. Muhitlarning turlicha joylashuvi ostidagi tuproq shakllarining biri muqim joylashadi. Balchiq va gilga o‘xshagan detrital komponentlar ko‘chirib olib kelingan bo‘lishi mumkin va tuzlar o‘sha bir xil gorizontlarda erib qolgan bo‘lishi mumkin. Dinamika esa detsimetr va santimetrda umumiy joyini o‘zgartirish va vertikal ko‘chishlardan biri hisoblanadi. Tuproq namunalari, arxeologik tuproqlar, ixcham tuproq va kompakt tuproqlar bo‘lib, bular yotqiziq termini bilan ishlatiladi. Manbalardagi ko‘pgina joylarda muhokamalarda yotqiziqlarning shaklanish dinamikasi tuproqlardan juda ham farq qiladi. Download 120.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling