2-mavzu yozuvning paydo bo'lish tarixi va uning taraqqiyot bosqichlari
Qadimgi shartli alomatlar (mukammallashgan)
Download 60.22 Kb.
|
yozuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Til va yozuvning o’zaro munosabati
Qadimgi shartli alomatlar (mukammallashgan)sirasiga avlod va qabila nishonlari, avlod, qabila va shaxs mulki alomatlari (mas. tamg'a, dog'), ustalar muhri va boshqalar kiradi. Bu nishon va alomatlar uy hayvonlari, qurol-aslaha, sapoldan yasalgan idishlar va hatto asirlar (qullar) ga qo'yilardi. Bu qadimgi shartli belgi va alomatlarni hozir ham ba`zi bir taraqqiyotdan orqada qolgan xalqlar (mas: Amerika hindulari, Uzoq Shimol, Afrika, Avstraliya xalqlari) ishlatishadi. Taraqqiyot bilan baravar qadam tashlayotgan xalqlar ham bu belgi va alomatlarga murojaat qilishadi. Masalan, pogonlar, oliy maktab, gerb va bayroqdagi nishon xaritalardagi belgilar shunga kiradi.
2. Til va yozuvning o’zaro munosabati. Yozuv ijtimoiy talablar asosida jamiyatning muayyan taraqqiyoti davrida paydo bo'lgan va uning rivojlanishi bilan boq'liq ravishda mukammallasha borgan. Yozuv bilan til o'zaro uzviy aloqadordir. Shuning uchun ham til bilan yozuv o'rtasida umumiy tomonlar mavjud. Yozuv ko'p hollarda tilning o'rnini bosadi. Ba`zi hollarda esa tilda bo'lmagan imkoniyatlar yozuv orqali yuzaga chiqadi. Masalan, yozuv tufayli kishilar uzoq masofadan turib bir-birlari bilan aloqa bog'lashlari mumkin. Biroq yozuvning tilga nisbatan o'ziga xos kamchiliklari ham mavjud: a) Tilning to'liq aksi emas, balki yozuvdagi shartli va sun`iy aks beriladi; b) Yozuvning xizmat doirasi chegaralangan; d) Yozuv orqali ish ko'rilganda vaqtdan yutqaziladi; g) Tegishli sharoit bo'lmaganda o'zining ahamiyatini yo'qotadi. Yozuv tilga nisbatan kam o'zgaradi, ikkinchi tomondan ijtimoiy-siyosiy, jamiyat talabiga muvofiq butunlay o'zgarishi ham mumkin. Til jamiyat bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. U jamiyatning jamiyat bo'lishida asosiy rol o'ynagan. Tilsiz jamiyat bo'lishi mumkin emas, yozuvsiz jamiyat mavjud bo'lgan. Yozuvning asosiy xususiyatlari'dan biri uning grafik belgi bo'lib xizmat qila olishidir. Nutq ham yozuv ham bir maqsadga xizmat qiladi, ya’ni odamlar orasidagi aloqalarni yaxshilashda madaniy-adabiy tajribalarni keyingi avlodlarga yetkazishdir. Download 60.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling