2. Maydalash jarayonlari haqida


Download 0.68 Mb.
bet4/8
Sana21.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1371632
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shoyimov domlaga 2

Mexanik maydalash - bu ma`lum yiriklikdagi mahsulotni olish uchun tashqi mexanik kuchlar ta`siri ostida tog’ jinslari zarralarini parchalash jarayonidir.
Maydalanuvchanlik - bu tog’ jinslarining ko`plab mexanik xususiyatlarini (elastik, mustahkamlik, plastik, va hokazo) umumlashtiruvchi parametridir va tog’ jinslarini maydalash jarayonining energiya sig’imini ifodalaydi.
Xorij amaliyotida maydalanuvchanlik alohida ruda bo`lagining ustiga tushuvchi yuklarning zarbalari natijasida parchalanish bo`yicha tajribalar orqali aniqlanadi. Ularning qulashi balandligi va massasi bo`yicha maydalashning zarba kuchi hisoblab chiqiladi va undan ish indeksi Wi aniqlanadi. Mexanobrda ishlab chiqilgan uslubga ko`ra maydalanuvchanlik ikkita parametr bilan tavsiflanadi:

i
maydalashning toza ishi indeksi W* va standart maydalagichdan chiqqan
mahsulotning namunaviy xarakteristikasi bilan.
Ushbu ko`rsatkichlar ruda namunalarini kichik o`lchamdagi jag’li yoki konusni maydalagichda (misol uchun, maydalovchi konusining asosi 600 mm bo`lgan konusli maydalagich) maydalash natijalari bilan aniqlanadi. Maydalash vaqti, tajriba uchun sarflangan ruda na`munasi massasi va sarflangan energiya bo`yicha faqat maydalashga sarflangan solishtirma energiya sarfi (bo`sh turgan holatdagi sarflangan energiyani hisobga olmaganda) hisoblab chiqiladi va maydalashning toza ishi indeksining miqdori aniqlanadi.

Maydalash usullari va qonunlari

Maydalash va yanchish vaqtida foydali qazilmalarning parchalanishi tog’ jinslari bo`laklariga ko`rsatiladigan tashqi yuklama kuchi ta`sirida sodir bo`ladi. Ruda bo`laklarini parchalash uchun alohida kristallar va kristallar ichidagi yopishish kuchlarni engib o`tish kerak. Bu kuchlar tog’ jinslarining mustahkamlikni aniqlaydi. Mustahkamlik ichki tuzilishdagi nuqsonlarga bog’liqdir, masalan, ichki zaiflashgan zonalar (yoriqlar, qo`shimchalar) mavjudligi.


23-rasmda maydalash usullari yoki ularning kombinatsiyasi ko`rsatilgan.
Maydalash va yanchish usullari asosiy qaytmaydigan deformatsiyaning shakli bilan farq qiladi:
bosim ostida (23, a-rasm) - ruda bo`lagini ikkita maydalovchi yuza orasida siqilishga mustahkamlik chegarasidan o`tgandan so`ng yuzaga keladigan bosim o`tkazish siqish natijasida maydalash;
bo`lish (sindirish) (23, b-rasm) – ruda bo`lagini o`tkir maydalovchi yuzalar orasida sindirish natijasida parchalash;
sindirish (23, c-rasm) – qovurg’asimon shaklga ega maydalovchi yuzalar orasida ruda bo`lagini qayirish natijasida parchalash;
kesish (23, d-rasm) - bu mahsulot surilish deformatsiyasiga uchrab maydalanishdir;
ishqalanish (23, e-rasm) - bu mashinaning sirpanishli ishchi yuzalarida sodir bo`lib, ruda bo`lagining tashqi qatlami ko`chish deformatsiyasiga uchrashi natijasida (urinma kuchlanish ruda bo`lagining mustahkamlik chegarasidan oshganda) maydalanish sodir bo`ladi;



  1. rasm. Foydali qazilmalarni maydalash usullari


zarba (23, f-rasm) — ruda bo`lagiga qisqa vaqtli dinamik yuklama ta`sir ettirish natijasida maydalash. Zarba ta`sirida maydalashda avvalam bor darzliklar va alohida komponentlar zarralari tutashgan joylardan parchalanish boshlanadi.
Tog’ jinslarining xususiyatlariga (mustahkamlik, mo`rtlik, qovushqoqlik va h.k.) bog’liq holda ruda bo`laklarini maydalash maqsadida unga tashqi ta`sir ko`rsatadigan eng samarali usul tanlanadi. Misol uchun, mustahkam va mo`rt bo`lmagan jins uchun eng yaxshi maydalash usuli bosim va zarba orqali maydalashdir. Mo`rt tog’ jinslari uchraganda zarba ta`sirida maydalash samarali bo`lib, ammo, qovushqoqlik oshgan sari zarbaning samarasi pasayadi.
Maydalash usulini tanlash foydali qazilmaning qiymati va maydalangan mahsulotning sifatiga qo`yilgan talabga ham bog’liq. Agar, misol uchun, ruda tarkibida mo`rt foydali minerallar mavjud bo`lsa, u holda uni maydalashda ishqalanish hodisasini maksimal darajada kamaytirish zarur. Chunki ishqalanish natijasida qiyin boyitiluvchi shlamlar paydo bo`ladi.
Maydalash (yanchish) ga ketadigan energiya maydalanuvchi zarralarning deformatsiyalanishiga va yangi yuzalar hosil bo`lishiga sarf bo`ladi va maydalangan mahsulot zarralarining erkin sirt energiyalariga aylanadi.
Umumiy holda mahsulot bo`lagini parchalashga sarflangan elementar ish A, zarraning deformatsiyalanishi va yangi yuzalar paydo bo`lishiga sarflangan ishlar yig’indisiga teng bo`lib, u P.A.Rebinder tenglamasi orqali aniqlanadi:

A AD AS
kV A0S,
(3.7)

bu yerda ADtaranglik deformatsiya ishi; AS — yangi yuzalar paydo bo`lishiga sarflangan ish; k — zarrachaning deformatsiyalanuvchi hajm birligidagi deformatsiya ishini ko`zda tutuvchi mutanosiblik koeffitsienti; ∆V — deformatsiyalanuvchi zarraning hajmini o`zgarishi; A0 — yangi yuza birligi hosil bo`lishiga sarflangan ishni ko`zda tutuvchi mutanosiblik koeffitsienti; ∆S — yanchishda yangidan hosil bo`lgan yuza.



Maydalanish darajasi kichik bo`lgan yirik maydalashda yangidan hosil bo`lgan yuza nisbatan kam va ana shu yuzani hosil bo`lishiga sarflangan ishni ahamiyatsiz hisoblash mumkin. Bunday holda maydalashning umumiy ishi deformatsiyalangan bo`laklar hajmiga mutanosib bo`ladi (Kirpichev — Kik farazi):



A k1V ,
(3.8)

bu yerda k1 — empirik koeffitsient.


Mayin maydalash va yanchishda zarraning deformatsiyalanishiga sarflangan ish yangi yuzalarni hosil bo`lishiga sarflangan ishdan sezilarli darajada kam va uni ham ahamiyatsiz hisoblash mumkin

  1. holda, zarraning parchalanishiga sarflanadigan ish faqat yangidan hosil bo`lgan yuzalar maydoniga mutanosib bo`ladi (Rittinger farazi):



A k2S,
(3.9)

bu yerda k2 — empirik koeffitsient.


Bond faraziga ko`ra maydalashga sarflangan ish maydalanayotgan zarra yuzasi va hajmining o`rtacha geometrigiga mutanosib bo`lib, u quyidagi ko`rinishga ega


A AD

  • AS k k

k0
D2,5 ,
(3.10)


bu yerda k0 — empirik koeffitsient.
Ko`rib chiqilgan maydalash qonunlari maydalash (yanchish)ga sarflangan ishni maydalash (yanchish) natijalariga (ya`ni, oxirga mahsulot yirikligiga) bog’liqligini tavsiflaydi:


A KDm ,
(3.11)

bu yerda K — mutanosiblik koeffitsienti, N·m/m2; D — ruda bo`lagi o`lchami,


m.
Kirpichev — Kik qonuniga ko`ra A ni aniqlashda daraja ko`rsatkichi t — 3 ga,
Rittinger qonuniga ko`ra — 2, Bond qonuniga ko`ra esa — 2,5 ga teng.
Umuman, taklif qilingan maydalash qonunlari maydalash va yanchishga sarflangan solishtirma energiya egri chizig’ining har xil maydonlarini tavsiflaydi va

E f (S ),
bu yerda S qaytadan hosil bo`lgan yuza maydoni.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling