Maydalanish darajasi 8 ga etishi mumkin, ammo, odatda maydalagichlar 3 dan 4 gacha oraliqdagi maydalanish darajasida ishlaydi, maydalashga sarflanadigan energiya bir tonna maydalangan mahsulot uchun 0,1 dan 0,8 kVt soatni tashkil qiladi.
Konusli maydalagichda maydalangan mahsulotning na`munaviy xarakteristikasi K.A. Razumovga ko`ra 30-rasmda ko`rsatilgan.
Ruda boyitish fabrikalarida ishlab chiqarish unumdorligi maydalagich ishchi maydonining to`ldirilish darajasi, maydalangan mahsulot yirikligi, bunkerni ruda bilan to`ldirilishi va boshqalar nazorat qilinadi. Maydalagichlarning ishlab chiqarish unumdorligi odatda vagonli yoki konveyerli tarozilar yordamida maydalagich dvigatelining iste`mol qiladigan quvvati yoki ishchi maydonni ruda bilan to`ldirilish sathi orqali boshqariladi.
Ishlab chiqarish unumdorligini to`ldirish sathi bo`yicha boshqaruvchi sxema maydalagichni amalda to`ldirilishini to`liqroq aniqlashga va uni rudaning yirikligi hamda qattiqligi o`zgarganda optimal darajada ushlab turishga imkon beradi. Umumlashgan sxemalar ancha istiqbolli hisoblanadi. Ularda ishlab chiqarish unumdorligini boshqaruvchi signal bo`ylab maydalagich dvigateli iste`mol qiladigan tok yoki quvvat hisoblanadi. Maydalagichni yuk ostida bosilib qolishining oldini oluvchi yordamchi signal bo`lib uning ishchi maydonidagi ruda sathi hisoblanadi.
Maydalagich elak bilan yopiq siklda ishlaganda uning ishlab chiqarish unumdorligi dastlabki rudaning ta`minlagichiga ta`sir etib boshqariladi.
Maydalash jarayonini nazorat qilish uchun sanoat televideniyasi, granulometrlar, sath o`lchagichlar, tasmali konveyerlarda metallarni topish uchun MT-6 turdagi metall qidirgichlar ishlatiladi.
Maydalash siklini avtomatlashtirish ishlab chiqarish unumdorligini va dastgohlarning vaqt bo`yicha ishlatish koeffitsientini oshirishga, mehnat unumdorligini ko`tarishga va xizmat ko`rsatuvchi xodimlar sonini qisqartirishga yo`naltirilgan.
Boyitish fabrikalarini texnologik normalash loyihalariga asosan rangli va qora metallar rudalari uchun avtomatlashtirishning quyidagi asosiy tizimlari ko`zda tutiladi:
Maydalangan mahsulotni masofaviy bo`shatishni ta`minlash uchun maydalash sexining qabul qiluvchi bunkerlariga dastlabki rudalarni berishdan oldin vagonlarning holati qayd qilinadi. Bunda relsli, magnitli va boshqa turdagi datchiklarni o`rnatish tavsiya qilinadi.
Maydalagichdan oldin o`rnatiladigan bunkerlarda rudaning minimal sathini nazorat qilish. Rudani yuklashda ta`minlagich plastinkalarining shikastlanishini oldini olish uchun bunkerda ruda «o`rindig’i» bo`lishi kerak.
Maydalagich tiqilib qolganda majburiy to`xtashlardan ogohlantirishning nazorati radioktiv yoki elektrod datchiklar orqali signal berib amalga oshiriladi.
Podshipniklarning qizib ketganligi haqida signal beruvchi, yog’ning harorati, ularga yog’ni berishni to`xtatuvchi signallar nazorat qilinadi.
Yirik maydalovchi maydalagichdan keyingi, oraliq omborlardan keyingi va boyitish korpuslari bunkerlaridan oldingi mahsulot konveyer tarozilari yordamida hisobga olinadi.
Sizib chiqayotgan mahsulot oqimi haqida operatorga axborot berish uchun ta`minlagich va konveyerlardagi rudaning mavjudligi elektrod va boshqa turdagi datchiklar yordamida nazorat qilinadi.
Metall qidirgichlar yordamida ruda oqimidan metall buyumlarni topish va uni chetlashtirish. Agar metall buyum konveyerdan olib tashlanmagan bo`lsa, konveyerni to`xtatish ko`zda tutiladi.
Maydalangan mahsulot yirikligi nazorat qilinadi.
Avtomatlashtirishning istiqbolli tizimlari maydalangan mahsulotning granulometrik tarkibini, omborlarning va oraliq bunkerlarning ruda bilan to`ldirish darajasini nazorat qilish ko`zda tutilmoqda. Avtomatlashtirishning asosiy sistemalariga bir qator boyitish fabrikalarida sanoat miqyosida tekshirilgan tizimlar, istiqbolli tizimlarga esa tekshirish talab qilinadigan, avtomatlashtirish vositalari seriyali ishlab chiqarilmaydigan tizimlar kiradi.
Maydalagichni boshqarish maydalagich ishchi maydoniga tushadigan mahsulotning miqdorini barqarorlashtirishdan iborat. Agar mahsulot balandligi belgilangan qiymatdan ortiq bo`lsa, beriladigan oqim kamaytiriladi, agar zahira belgilangandan kam bo`lsa oqim kuchaytiriladi.
Maydalash siklini avtomatlashtirish sxemasi ma`lum texnologik ketma - ketlikni saqlagan holda maydalagich va yordamchi mexanizmlarni ishga tushirish va to`xtatishni ta`minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |