Mavzu: Kar’er temir yo’l tizimlari. Relsli yo’llarning tuzilishi, asosiy ko’rsatgichlari va qurilmalari
Download 1.12 Mb.
|
7-maruza
7-ma’ruzaMavzu: Kar’er temir yo’l tizimlari. Relsli yo’llarning tuzilishi, asosiy ko’rsatgichlari va qurilmalari. Ma’ruza rejasi:Tayanch so’z va iboralar: Yo‘l profili, sanoat transporti, metall yostiqcha, (qoziq yoki boltlar, rels, protivougon, shpal, suv qochirish ariqchasi, nakladka, ballast qatlami. Respublikamizning indisturial rivojlanishi konchilik sanoatini o‘sishi bilan uzviy bog‘liq. O‘z navbatida, konchilik sanoatini rivoji va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ko‘payishi, yangi shaxta va karyerlarni ishga tushirish, eskilarini rekonstruksiya qilish, yangi zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash, ilm-fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish bilan amalga oshiriladi. Bu borada ishlab chiqarish jarayoni kompleks mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan texnologiyalarga suyanadi. Zamonaviy shaxta va karyerlar qudratli elektromexanik xo‘jalikga ega. Ular qatoriga kon transporti ham kiradi. Kon transporti shaxta, rudnik va karyerlarning sanoat transporti sifatida foydali qazilmani qazib olish texnologik jarayonining eng asosiy bo‘g‘inlaridan biridir. Yer osti kon transportining sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladigan transportdan maxsus xususiyatlari shundan iboratki, birinchidan, kon laximlarining kesim yuzasi kichik bo‘lganligi uchun transport qurilmalarini ishlatish tor sharoitda amalga oshiriladi va ikkinchidan zaboy qazish joyining jilishiga qarab u yerda o‘rnatilgan transport qurilmalarini ham surib turish va shu bilan birgalikda zaboyga bevosita yaqin joylashgan lahimda o‘rnatilgan transport vositalari va jihozlarini vaqti-vaqti bilan uzaytirib yoki qisqartirib turish lozim bo‘ladi. Bularning ammasi kon transport mashinalari va qurilmalarining konstruksiyasiga maxsus talablar qo‘yadi va ularni ishlatishni ancha murakkablashtiradi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling