Mavzu: Kar’er temir yo’l tizimlari. Relsli yo’llarning tuzilishi, asosiy ko’rsatgichlari va qurilmalari


Download 1.12 Mb.
bet2/6
Sana08.11.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1758001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-maruza

Relsli yo‘llar tuzilishi
Temir yo‘l ostki qurilma (yer osti yo‘llarining zamini va Suv oqimi uchun ariqcha) va ustki qurilma (Ballast qatlami, shpal, rels va mustahkamlovchi qismlar) dan tuzilgan (4.1-rasm).
Temir yo‘l podezdlarining tekis va avariyasiz harakatini ta’minlash uchun mustahkam, pishiq va unda harakat uchun poyezdlarni hamda o‘z elementlarini ishlash muddatini uzaytirish uchun bir muncha Elastik bo‘lishi kerak.
Temir yo‘lning (bo‘shliqqa) joylashishini uning trassasi, plani va profili orqali aniqlanadi. Yo‘l o‘q chizig‘ining yerdagi (yoki kartadagi ko‘rinishi) ko‘rinishi yo‘l trassasi deyiladi. Yo‘l trassasining gorizontal tekislikdagi ko‘rinishi yo‘l plani deyiladi. Yo‘l trassasining vertikal tekislikdagi ko‘rinishi yo‘l profili deyiladi.

1.1-rasm.


Temir yo‘l elementlari: 1-metall yostiqcha, 2-mustaxkamlovchi element (qoziq yoki bolt), 3-relslarni uchlarini maxkamlash boltlari, 4-rels, 5-protivougon, 6-shpal, 7-suv qochirish ariqchasi, 8-nakladkalar, 9-ballast qatlami.


Relslar. Temir yo‘llar qurilishida standart relslardan foydalaniladi. Relslarning xili ularning bir metrining massasiga qarab (kg/m) belgilanadi. Poyezdlarning og‘irligi, tezligi va serqatnovligi qancha katta bo‘lsa, temir yo‘l uchun massasi shuncha katta bo‘lgan relslar qo‘llanilishi ko‘zda tutiladi. Shaxtalarda R18, R24, R33, R38, R43, R50 tipidagi relslar, ochiq kon ishlarida esa R38, R43, R50, R65 tipidagi relslar ishlatiladi. Relslar uzunligi esa ularni yotqizish joyigacha tashish usuliga qarab 8-25 metrgacha bo‘ladi. Yer osti yuk tashish lahimlarida bir metrining og‘irligi 24 kg/m dan kam bo‘lmagan relslardan foydalaniladi. Magistral yo‘llarda bir metrining massasi 33,5 kg/m va undan kata bo‘lgan relslar ishlatiladi.
Relslar maxsus po‘latdan tayyorlanadi va termik ishlov beriladi. Relslar bosh qismi, Bo‘yin qismi va asos qismlaridan iboratdir (1.2-rasm).



1.2-rasm. Relsning ko‘ndalang kesimi sxemasi va qoziqcha bilan qotirish usuli.

Relslarning texnik tavsiflari



Rels turi

Rels balandligi, mm

Bosh qismining kengligi, mm

Asosining kengligi, mm

Bo‘yin qismining qalinligi, mm

R65

180

76

150

17.0

R50

152

70

132

15.5

R43

140

70

114

14.5

R38

135

68

114

13.0

R33













R24

107

51

92

10,5

R18

90

40

80

10,0


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling