Mavzu: Kar’er temir yo’l tizimlari. Relsli yo’llarning tuzilishi, asosiy ko’rsatgichlari va qurilmalari


Download 1.12 Mb.
bet4/6
Sana08.11.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1758001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-maruza

Biriktiruvi elementlar relslarni bir-birlari Bilan hamda shpal bilan biriktirishga xizmat qiladi. Relslar shpalga metall yostiqcha (planka) orqali siqishtiruvchi kostil, katta mix, shrup va boltlar orqali mustaxkamlanadi. Yog‘och shpallarning ezilib ketmasligi, unga bo‘lgan tayanch yuzasini ko‘paytirish, Ichki va tashqi kostillari siljishiga qarshi birgalikda ishlash uchun shpal bilan rels orasiga metall podkladka (yostiqcha) qo‘yiladi. Podkladkalar yassi va ponasimon ikki va uchta teshikli bo‘lishi mumkin.
Relslarning uchlari nakladka va bolt yordamida birlashtiriladi. Relyeslarni ulashning “qattiq” (shpalda yoki tirgakli) va osma, egiluvchan (elastik) xillari mavjud. Vagonchalarnig vazni uncha og‘ir bo‘lmagan kam xarakatli xamda ikkinchi darajali yo‘llarda rels uchlari qattiq ulanadi. Elastik ulash uslubi esa serharakt va g‘ildirakga katta yuk tushadigan hollarda qo‘llaniladi. Yuk tashishda ikkita yaqinlashtiriladigan shpallar oralig‘ida joylashadigan elastik ulash xili yaxshi natija beradi (14-rasm).



1.4-rasm. Rels uchlarini ulash

Xarakatdagi sostavning chayqalishini kamaytirish maksadida “osma” elastik ulash ikala temir yo‘l izda aniqlik bilan bir-birining qarshisiga joylashtiriladi.


Biriktiruvi nakladkalar – relslarning uchlarini bir-biri bilan ulash uchun ishlatiliib, ular yassi burchakli, fartukli va peshbandli ko‘rinishda bo‘ladi.
Kontaktli tashqaridan tok oladigan elektovozlar yordamida yuk tashiladigan hollarda ikki relsning uchlari nakladka orqali ulashdan tashqari maxsus peremichka – tok o‘tkazuvchi sim yoki yassi metall orqali xam ulanadi (4.4-rasm, a). Bu holat peremichkani tok o‘tishiga qarshiligi 18 kg/m li relslar uchun -0.00024 Om va 24 kg/m li relslar uchun -0.00025 Om dan oshmasligi kerak.
Temir yo‘l gabaritlari, trassasi, plani va profili.

Poyezdlarning rels yo‘lida xavfsiz xarakatini ta’minlash uchun yo‘l elementlarining, xarakatdagi poyezdning va yo‘ldagi qurilmalarning chegaraviy o‘lchamlari belgilanadi. Shu maqsadlarda gabarit (o‘lcham) bo‘lishi mumkin: xarakatdagi sostavning o‘lchami (gabariti), qurilmaning o‘lchami (priblijeniya stroyeniy).


Xarakatdagi sostavning gabariti deb shunday ko‘ndalang kesim yuzasiga aytiladiki, bunda sostavning biron bir qismi ushbu yuzadan chetga chiqmaydi.
Qurilmaning gabariti deb shunday ichki ko‘ndalang kesim yuzasiga aytiladiki, bunda qurilma (bino, moslama, qurilma)ning biror bir qismi ushbu ichki yuzaga kirmaydi.
Temir yo‘lning joylashishini uning trassasi, plani va profili belgilaydi. Yo‘lning zamin bo‘ylab o‘q chizig‘i (yoki xaritadagi kurinishi) shu yo‘lning trassasi deyiladi. Trassaning gorizontal tekislikdagi proyeksiyasi shu yo‘lning plani deyiladi. Yo‘l trassasining vertikal tekislikdagi yoyilgan proyeksiyasi shu yo‘lning prodol profili deyiladi.
Kar’yer temir yo‘l trassasini belgilash Konni ochish sxemasi bilan uzviy bog‘liqdir.
Yo‘lning plani joyning relefiga, kar’yer chuqurligi, shakli va o‘lchamlariga xamda qabul qilingan qazib olish tartibotiga bog‘liqdir.
Temir yo‘l trassasi kar’yer maydonining o‘rnatilagn chegaralarida zaruriyat yuzasidan turli xil ko‘rinishlarga keladi, bular: oddiy (a), berk (b), spiral shaklli xamda aralash.
Planda to‘gri yo‘l uchastkasi egri yoki burilish radiusi bilan birlashadi. Egrilik elementlari – egrilik burchagining o‘lchami - , uzunligi – l, burchak tangensi – T. Egrilik burchagi temir yo‘l liniyasining burilish burchagiga tengdir. Egrilik uzunligi burilish burchagi va radiusining ma’lum qiymatlarida quyidagicha aniqlanadi.
, m (1.1)
Egrilik tangensi deb – egrilik boshlanishi yoki oxiridan tashqi burilish burchagi orasidagi masofaga aytiladi
, (1.2)

Vertikal tekislikdagi temir yo‘l profili gorizontal va qiya uchastkalardan tashkil topgan bo‘ladi. qiya uchastkalar xarakat yo‘nalishiga mos ravishda tepaga yoki pastga Qiyalik bo‘lishi mumkin.


Yo‘lning qiyalik kattaligi i minglikda o‘lchanadi va yo‘lning boshlang‘ich va oxirgi nuqtalari orasidagi balandlik farqi (h) ning shu yo‘lning gorizontal proyeksiyasi (l ) ga nisbati orqali aniqlanadi. Ya’ni
, 0/00 (1.3)
masalan, agar h=30 m, l=1000 m bo‘lsa, qiyalikning o‘lchami quyidagicha topiladi:
0/00 (1.4)
α burchakning qiymati kichik, shuning uchun yo‘lning gorizontal proyeksiyasi yo‘l uzunligiga teng deb olinadi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling