Amaliy mashg’ulot №-6 mavzu: Sanoat transporti I. Ishdan maqsad
Download 141.03 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq6-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Umumiy ma’lumotlar : Sanoat transporti tavsifi va texnika vositalari
Amaliy mashg’ulot №-6 MAVZU: Sanoat transporti I.Ishdan maqsad: O`tilgan mavzular bo`yicha savol va topshiriklarni seminar shaklida tayyorlab amaliy mashgulotlarhi mazmun va mantiqqa ega bo’lishi talab etiladi. II. Umumiy ma’lumotlar: Sanoat transporti tavsifi va texnika vositalari Mujassamlangan “sanoat transporti” tushunchasi sanoat, qurilish, qishloq xo’jaligi va boshqa korxonalarga xizmat ko’rsatuvchi umum foydalanilmaydigan transport vositalarini anglatadi. Sanoat transporti joylashishi va vazifalariga ko’ra tashqi va korxona ichki transportiga bo’linadi. Tashqi sanoat transporti vositalari korxonaga keltiriladigan xom ashyo, yarim fabrikat, yonilg’i va boshqa turli xil buyumlarni umum foydalaniladigan magistral transportidan korxona ichiga va tayyor mahsulotlar hamda bo’shagan vagonlarni magistral transport yo’llarigacha tashish bilan shug’ullanadi. Korxona ichki sanoat transporti xom ashyo, yarim fabrikatlar, turli xil detallar, yonilg’i va boshqa buyumlarni omborlardan sexlarga, sexlararo va sex ichida, tayyor buyumlarni esa sexlardan omborlarga tashish bilan shug’ullannadi. Sanoat transporti texnika jihozlari bo’yicha har xil bo’lishi - temir yo’l, avtomobil, suv, quvur orqali yuborg’ich (truboprovod) va maxsus transport (monorels, osma kanat va hokazo)lar kompleksi yoki ulardan ayrimlari bo’lishi mumkin. Bundan tashqari unga tsexlar ichi, tsexlararo ishlovchi turli konveyer va transportyorlar, elektr yoki avtomobil quvvati bilan ishlovchi yuk karalari va boshqalar kirishi mumkin. Tashqi sanoat transporti asosan temir yo’l va avtomobil transportlaridan iboratdir. Suv yo’llari yoqasidagi korxonalar suv transporti vositalaridan foydalanadi, o’z suv kemalari, bekatlari bo’lishi mumkin. Katta hajmdagi yuklarni hamda ayrim turdagi yuklarni tashishda korxona va sexlar ichidagi temir yo’l shahobchalari va vositalaridan foydalaniladi. Hozir sanoat tashqi transporti va tsexlararo yuk tashish ishlarining 95 foizidan ko’pi temir yo’l va avtomobil transporti yordamida bajarilmoqda. 2000 yilda O’zbekiston Respublikasida sanoat, qurilish korxonalari ichidagi temir yo’l shahobchalarining umumiy uzunligi 2,6 ming kilometr edi. Bu ko’rsatkich umum foydalanadigan magistral temir yo’l uzunligiga yaqinlashib boradi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra sanoat ichi temir yo’l shahobchalari ko’rsatkichi 2000 yilga kelib 1995 yilga nisbatan 1100 km ga kamaygan. Bu degan so’z 1100 km sanoat ichi temir yo’l transporti shahobchalari vaqtinchalik konservatsiyaga o’tgan. Bu hol esa ayni temir yo’l shahobchalari egalarining iqtisodiyotiga salbiy tahsir etadi. Shuning uchun ham ayni masalani temir yo’l shahobchasi mulk egalari bilan birga ularning yuqori pog’onadagi hissadorlik uyushmalari hamda joylardagi hokimiyatlar sinchiklab o’rganishlari va temir yo’l shahobchalari ishini qaytadan tiklab, joylardagi mulkdorlar iqtisodiyotini yaxshilanishiga ko’maklashishlari zarur. Sanoat korxonalari temir yo’l shahobchalariga qarashli transport vositalarining yarmidan ko’pi elektrovoz va teplovozlardan iborat. Ko’pchilik konlarning ochiq usulda qazib chiqarish yerlarida sanoat transporti sifatida elektrovoz yo’llardan tashqari ishlovchi ko’p yuk ko’taruvchi avtomobil- samosvallardan foydalanilmoqda. Sanoat temir yo’l transportida ishlatiladigan vagonlar asosan magistral temir yo’l transportidagi vagonlaridan tashkil topgan bo’lib, ularning uchdan bir qismi kichik bortli ochiq platformalardan, to’rdan bir qismi dumkarlar (har bir o’qiga dvigatelg’ o’rnatilgan va yukni o’zi ag’darib tushiradigan vagonlar)dan, beshdan bir qismi yarim vagonlardan, o’n foizga yaqini tsisternalardan va qolganlari boshqa turdagi vagonlardan iboratdir. Ochiq usulda ishlanadigan tog’ konlarining chuqur joylarida ishlash uchun ko’tarish qobiliyati 70...170 t bo’lgan Yaponiyaning “Kamatsu”, Germaniyaning “ TR-60 Tereks”, Amerika qo’shma shtatining “Katerpillar” va SHvetsiyaning “Yuklid” modelli avtopoezdlari qo’llaniladi. Kelajakda esa avtopoezdlarning ko’tarish qobiliyati 200 t va undan ortiq ham bo’lishini nazarda tutish lozim. Bundan tashqari Amudaryo suv yo’llari yoqasidagi sanoat korxonalarida 10 ga yaqin suv kemasi va boshqa transport jihozlari ham mavjuddir. Download 141.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling