5-Ma’ruza: Sanoat va xo‘jalik yo‘llari
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
5-ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlari
5-Ma’ruza: Sanoat va xo‘jalik yo‘llari Reja 1. Sanoat yo„llarining bajaradigan vazifalari. 2. Kon yo„llari. 3. Arqon yo„llar. 4. Xo„jalik yo„llari va ularga qo„yilgan talablar. 5. Xo„jalik yo„llarining elementlari. 6. Xo„jalik yo„llaridagi muxandislik qurilmalari. Tayanch so‘zlari: sanoat yo„llari, kon yo„llari, osma kanat, quvr o„tkazgich transporti. Sanoat yo‘llarining bajaradigan vazifalari Sanoat korxonasi avtomobil yo„li - sanoat yo„llari - sanoat yoki boshqa korxona (tashkilot) balansi (hisobi)da turuvchi, uning ishlab chiqarish, texnologik tashishlariga xizmat ko„rsatuvchi, uning hududidagi va unga kirish yo„li. SHu korxonaning ishlab chiqarish, texnologik talablari asosida loyihalanadi. Sanoat yo„llarida har xil yuklarni tashish bilan birgalikda mahsulotlarni iste‟molchiga etkazib berishda va mahsulot ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etadi. Mujassamlangan «sanoat transporti» tushunchasi sanoat, qurilish, qishloq xo„jaligi va boshqa korxonalarga xizmat ko„rsatuvchi umum foydalanilmaydigan transport vositalarini anglatadi. Sanoat yo„llari joylashishi va vazifalariga ko„ra tashqi va korxona ichi sanoat yo„llariga bo„linadi. Tashqi sanoat yo„llarida korxonaga keltirilgan xom-ashyo, yarimfabrikat yonilg„i va boshqa turli buyumlarni umum foydalanadigan magistral transportidan korxona ichiga va tayyor mahsulotlar hamda bo„shagan vagonlarni magistral transport yo„llarigacha tashish bilan shug„ullanadi. Korxona ichi sanoat transporti xom-ashyo yarimfabrikatlar, turli xil detallar, yonilg„i va boshqa buyumlarni omborxonalardan sexlarga, sexlararo va sex ichida tayyor buyumlarni esa sexlardan omborxonalarga tashish bilan shug„ullanadi. Sanoat yo„llari undagi transport turiga qarab, temir yo„l, avtomobil yo„l, suv yo„li, quvur o„tkazgich va maxsus (osma arqon yo„l va h.)lar kompleksi yoki ulardan ayrimlari bo„lishi mumkin. Bundan tashqari unga sexlar ichi, sexlararo ishlovchi turli konveyer va transporterlar, elektr yoki avtomobil, yuk karralari harakatlanadigan yo„llar kiradi. 53-rasm. Sanoat yo„llari Tashqi sanoat transportining asosini temir yo„l va avtomobil transporti tashkil etadi, ular hisobiga 80% yuk to„g„ri keladi. Sanoat yo„llari shaxobchalari uzunligiga qarab quyidagiga bo„linadi: 1 km gacha - 58%, 1 - 5 km gacha - 30%, 5-10 km gacha - 6%, 10 km dan ortiq - 6%. Qazib oluvchi sanoat amaliy ishida temir yo„l va avtomobil transporti keng qo„llaniladi: temir yo„l toshko„mir ochiq konlarida, avtomobil - rangli metall va tog„-kimyo, xom-ashyosi konlarida. Sanoat yo„llarini rivojlantirishning asosiy yo„nalishlaridan biri konveyer yo„llarini rivojlantirishdir. Sanoat avtomobil yo„llari tasnifi: YUk tig„izligi bo„yicha - 1 mln.t. netto bir yilda va undan ko„p - III p - turkum. 1 mln.t. netto 1 yilda - IV p turkum. Engil avtomobilga keltirilgan harakat miqdoriga qarab: 2000 avt./sut va ko„p - III p. 2000 avt./sut kam. -IV p. Turkum. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling