2. Maydalash jarayonlari haqida


Download 0.68 Mb.
bet3/8
Sana21.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1371632
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shoyimov domlaga 2

Maydalash - bu foydali qazilma bo`laklari o`lchamini qattiq modda zarrachalarini o`zaro bog’lovchi ichki ushlashish kuchini yengadigan miqdordagi tashqi kuch ta`sirida kichraytirish jarayonidir.
Texnologik maqsadlarga ko`ra uch turdagi maydalash jarayonlari mavjud:
mustaqil – maydalash mahsuloti yakuniy (tijorat) hisoblanib, undan keyin qayta ishlashga tobe emas. Misol uchun, ko`mirni maydalash, sheben olish uchun tog’ jinslarini maydalash va boshqalar;
tayyorlovchi – maydalangan mahsulot belgilangan o`lchamni oladi va navbatdagi qayta ishlashga yuboriladi. Masalan, boyitish uchun rudalarni maydalash;
tanlovchi – mahsulot qomponentlaridan biri ahamiyatsiz mustahkamlik bilan ajralib turadi va boshqasidan ko`ra samaraliroq maydalanadi, keyinchalik ularni o`lchami bo`yicha ajratiladi.
Foydali qazilmalarni boyitishda maydalash va yanchish jarayonlari qimmatbaho komponent va bo`sh tog’ jinslarini yuzalarini ochish orqali ajratish va dastlabki mahsulotning o`lchamini kerakli yiriklikkacha yoki qumoqlilik tarkibigacha etkazishdan iborat. Maydalash va yanchish o`lchamlarining chegarasi ajratib olinadigan qimmatbaho komponentlarning donadorlik o`lchamiga bog’liq bo`ladi. Bu o`lcham har bir foydali qazilma uchun boyitishga tadqiq qilish jarayonida tajriba yo`li bilan aniqlanadi.

Jarayonning va maydalash-yanchish uskunalarining tasniflanishi mahsulotni parchalash usuli bo`yicha amalga oshiriladi. Quyidagi usullar farqlanadi:


mexanik, mexanik kuchlardan foydalanish yo`li bilan amalga oshiriladi; pnevmatik (portlovchi) - bug’ yoki siqilgan havo energiyasidan foydalanish; elektrogidravlik, elektrimpulsli, elektrotermik - elektr energiyasidan
foydalanish;
aerodinamik (oqimli) - to`qnashuv oldidan material bo`laklarini tezlashtirish usun gaz oqimi energiyasidan foydalanish;
ultratovushli, ultratovush energiyasidan foydalangan holda, material bo`laklarida rezonans tebranishni chaqirish orqali parchalash.
Qayta ishlash va boyitish korxonalarida maydalash va yanchish jarayonlarida asosan mexanik usullar qo`llaniladi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling