2. Maydalash jarayonlari haqida


Konusli maydalagichlarning texnologik parametrlari


Download 0.68 Mb.
bet6/8
Sana21.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1371632
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shoyimov domlaga 2

Konusli maydalagichlarning texnologik parametrlari



KKD va KRD turidagi konusli maydalagichlarning nominal o`lchamini turi aniqlaydigan nominal o`lcham mahsulotni qabul qilish tuynugining kengligi B va ochiq holatlagi maydalangan mahsulotni bo`shatish tuynugining kengligi b hisoblanadi.
Beshta o`lchamdagi maydalagichlar birlamchi yirik maydalash uchun mo`ljallangan: KKD-500/75, KKD-900/140, KKD-1200/150, KKD-1500/180 va
KKD-1500/300; ikkilamchi yirik maydalash uchun esa uchta o`lchamdagi reduktsion maydalagichlar: KRD-500/60, KRD-700/75 va KRD-900/100 mo`ljallangan.
Konusli maydalagichlarning mexanik tartibining asosiy parametrlari bo`lib: qamrash burchagi; diametri, ekssentriklik va maydalovchi konusning qalami; uning tebranish chastotasi; maydalash kuchi va quvvat sarfi hisoblanadi.
Yirik maydalovchi konusli maydalagichlarning qamrash burchagi deb qo`zg’almas konusning ichki yuzasi va maydalovchi konusning tashqi yuzasi o`rtasidagi burchakka aytiladi (28-rasm).
Yirik maydalovchi konusli maydalagichlarning qamrash burchagi xuddi jag’li maydalagichnikiga o`xshash holda aniqlanadi. U ishqalanish burchagining ikkilanganidan ortiq katta bo`lmasligi kerak. Ushbu maydalagichlarda qamrash burchagi odatda 24 dan 28° gacha o`zgarib turadi.
Yirik maydalovchi konusli maydalagichlarda maydalagichning maksimal ish unumdorligiga erishiladigan ekssentrik stakanining aylanish chastotasi eng foydali hisoblanadi.
Ekssentrik valning aylanish chastotasi zavodda qabul qilingan konusning tebranish chastotasiga mos bo`lib, u quyidagi nisbat orqali aniqlanishi mumkin:


n0  190 60B
(3.29)

Konusli maydalagich elektr dvigatelining quvvati Ndv konus diameteri D ning kvadratiga, ekssentritet r va tebranishlar chastotasi no ga mutanosib hisoblanadi:




Nдв
K D 2rn
(3.30)



N o
bu yerda, KN - maydalagichning konstruksiyasini hisobga oluvchi koeffitsient.
Konusli maydalagichning hajmi bo`yicha ish unumdorligi quyidagi empirik formula yordamida hisoblanishi mumkin:



Qh K1 K f
Kw K
D2rn b,
(3.31)



o

y
bu yerda, K1 - koeffitsient (KKD maydalagichlari uchun K1 = 0,6 va KRD maydalagichlari uchun K1 = 0,7); Ky, Kf va Kw – yiriklik, qattiqlik va namlik uchun tuzatish koeffitsientlari (3-jadvalga qarang); r - ekssentriklik; b - maydalangan mahsulotni bo`shatish tuynugining kengligi; D - konusning diametri.
Maydalagichning o`lchamlari, rudaning fizikaviy xossalari (mustahkamlik, namlik, yiriklik), maydalanish darajasi va boshqa omillarga bog’liq holda maydalagichlarning ish unumdorliklari: yirik maydalovchi konusli maydalagichlarda 150 dan 2300 m3/soat oralig’ida, o`rtacha maydalovchi maydalagichlarda 20 dan 2000 t/soatgacha, mayin maydalovchi konusli maydalagichlarda 20 dan 1000 t/soatgacha bo`lishi mumkin.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling