2. Maydalash jarayonlari haqida


Konusli maydalagichlarning tuzilishi va ishlash tamoyillari


Download 0.68 Mb.
bet5/8
Sana21.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1371632
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shoyimov domlaga 2

Konusli maydalagichlarning tuzilishi va ishlash tamoyillari

Konusli maydalagichlarida mahsulotning maydalanishi qo`zg’almas konus 1 va uning ichida joylashgan harakatlanuvchi (maydalovchi) konus 2 o`rtasida joylashgan halqasimon bo`shliqda amalga oshiriladi (28-rasm). Harakatlanuvchi konusning aylanish o`qi KO qo`zg’almas konusning o`qi O1O tomon sezilarsiz darajada egilgan bo`lib, u belgilangan ekstsentriklik (e) ning ma`lum bir qiymatini ta`minlaydi. Shuning uchun harakatlanuvchi konus ekstsentrik o`q bo`ylab qo`zg’almas konusning ichkarisida harakatlanganda har yarim aylanish davrida qo`zg’almas konusning devoriga yaqinlashib yoki uzoqlashib giratsion harakatni amalga oshiradi. Harakatlanuvchi konus qo`zg’almas konusning ichki yuzasi atrofida aylanayotgandek harakatlanishi natijasida yirik ruda bo`laklarini ezish va qisman ishqalanish va sindirish orqali egri chiziqli shaklga ega bo`lgan maydalovchi yuzalar orasida parchalaydi. Dastlabki mahsulot yuqoridan harakatlanuvchi 1 va qo`zg’almas konus 2 o`rtasiga yuklanadi va maydalangan mahsulot harakatlanuvchi konus qo`zg’almas konusdan uzoqlashgan vaqtda hosil bo`ladigan tuynuk orqali maydalagichning pastki qismidan chiqarilib yuboriladi.


Zamonaviy maydalagichlardagi chiqarish tuynugining kengligi (0,1-0,2)V, maydalovchi konusining maksimal diametri esa taxminan 1,5V ni tashkil qiladi (bu yerda V maydalagichning rudani qabul qiluvchi tuynugining kengligi). Chiqisharish tuynugining kengligi b harakatlanuvchi konusni ko`tarish yoki tushirish orqali moslashtiriladi.
Konusli maydalagichlar ruda, ma`dan, kimyoviy xomashyo va qurilish materiallarini yirik KYM (KKD), o`rta KO’M (KSD) va mayin KMM (KMD) maydalash uchun ishlatiladi.



  1. rasm. Konusli maydalagichning harakatlanish tartibi (a) va umumiy ko`rinishi (b):

1 - qo`zg’almas konus (korpus); 2 - harakatlanuvchi konus; V - qabul qiluvchi tuynukning kengligi; b - chiqarish tuynugining kengligi; α – qamrash burchagi; R – maydalovchi kuch.

Yirik, o`rta va mayin maydalagichlarning bir biridan asosiy farqlari: ularning ishchi bo`shlig’ining profili; ishchi konus harakatining kinematikasi va uni tayanib turish usuli; mashinaning harakatlantirish mexanizmi; maydalangan mahsulotni bo`shatish (tushirish) usuli va maydalovchi kuchni qo`zg’atish usulidadir.


Yirik maydalovchi konusli maydalagichlarda (29-rasm, a, b, c) tik (konuslik burchagi kichik) harakatlanuvchi konus 1 qo`zg’almas o`q atrofida harakatni ekstsentrik valdan konussimon tishli g’ildirak yordamida oladi. Qo`zg’almas konus (piyola) 2 katta asosi bilan yuqoriga qaratib o`rnatiladi.
O`rta va mayin maydalovchi konusli maydalagichlarda (29-rasm, d) ekssentrik stakan yordamida harakatlanuvchi valga mahkamlangan nishab (konuslik burchagi kattaroq) harakatlanuvchi konus 1 katta asosi bilan pastga qaratib o`rnatilgan qo`zg’almas konus 2 ning ichida joylashadi.
Bunday maydalagichlarda maydalovchi konus qo`zg’almas konusga maksimal yaqinlashgan vaqtda l uzunlikdagi parallel zona hosil bo`ladi.
Ushbu zonaning kengligi maydalangan mahsulotning o`lchamlarini aniqlaydi.
Yirik va mayin maydalovchi konusli maydalagichlar ekssentrik val va ekssentrik stakan turidagi yuritgichga ega bo`lishi mumkin. Harakatlanuvchi konusi harakatni ekssentrik stakan orqali oladigan yirik maydalovchi konusli maydalagichlar keng tarqalgan.




  1. rasm. Konusli maydalagichlarning sxemalari:

a – qo`zg’almas o`qli konusli maydalagich; b – vali osib qo`yilgan konusli maydalagich (KKD "giratsion"); c – tirgakli valga ega konusli maydalagich (GRSH); d – sharli tovon tirgakka tayanadigan valli konusli maydalagich (KSD va KMD); f - konusli inersiyali maydalagich (titrovchi ekssentriksiz KID).

Konusli maydalagichlarda maydalash jarayoni uzluksiz sodir bo`ladi. Maydalangan mahsulot o`z og’irligi bilan maydalagichning maydalangan mahsulotni bo`shatish tuynugi orqali tushib ketadi. Maydalovchi organlar bir-biriga yaqinlashganda mahsulotni bo`shatish tuynugining kengligi bo gacha qisqaradi, bo


=b-s, bu yerda s – konusning pastki nuqtadagi qadami (ikkilangan amplituda).
Maydalagichga yuklanadigan mahsulotning eng yirik bo`lagining nominal o`lchami dn qabul qiluvchi tuynukning radial kengligi B orqali aniqlanadi.
Odatda dn = 0,8B.
Maydalangan mahsulotning yirikligi va maydalagichning ish unumdorligi avvalam bor maydalangan mahsulotni bo`shatish tuynugining kengligi b ga bog’liq.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling