2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi


Download 7.44 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi7.44 Kb.
#1243792
Bog'liq
3058-1 29.06.2020




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Qarori
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3058-1]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 27-iyuldagi 9-mh va 19-q/q-son qarori (ro‘yxat raqami 3058, 2018-yil 20-avgust) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/3058/1784-son) bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Xalq ta’limi vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-iyun,
7-mh-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-iyun,
21-2020-q/q-son
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020-yil 15-iyundagi 7-mh, 21-2020-q/q-son qaroriga
ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
1. 15-bandda:
uchinchi xatboshi “sinf jurnali” degan so‘zlardan keyin “(bosma yoki elektron)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
2. 16 va 17-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/3058-1/1011-son)

Download 7.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling