Chilinzor tuman tibbiyot birlashmasi


Download 15.91 Kb.
Sana10.10.2023
Hajmi15.91 Kb.
#1697253
Bog'liq
ПФ,136





2023-yil 29-avgust 16/7-3/225-son

Chilinzor tuman
tibbiyot birlashmasi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ–3666-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga asosan adliya organlari jismoniy va yuridik shaxslarning o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida murojaatlarni ko‘rib chiqish, inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini doimiy ravishda tahlil qilishi hamda aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish vakolatlari belgilangan.


Shunga asosan, fuqaro Farangiz Abdumo‘minovaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi PF–136-son Farmonida asosan yangi ish boshlagan yosh shifokorlarga to‘lanishi belgilangan 1 million so‘mgacha miqdordagi ustama to‘lovlar to‘lanmayotganligi hamda ushbu to‘lovlarni undirib berishda amaliy yordam berish to‘g‘risida yo‘llagan murojaati adliya bo‘limi tomonidan o‘rganilganda quyidagilar aniqlandi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–136-son Farmonining 2-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 30-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 35-2022/qq-son va Moliya vazirligining
2022-yil 29-dekabrdagi 71-son qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil
16-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazilib 3416-son) bilan tasdiqlangan “Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida”gi Nizomning 13-bandiga asosan yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga
1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar belgilangan.
Biroq, fuqaro M.G‘aybullaeva bir yildan beri Chilonzor tuman 36-oilaviy poliklinika shifokori vazifasida ishlab kelayotganligiga qaramasdan ushbu ustamalar hozirgi kunga qadar to‘lanmaganligi aniqlandi.
Yuqorida qayd etilganlarga hamda O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi to‘g‘risidagi Nizomga asosan,

1. Mazkur taqdimnomada ko‘rsatilgan qonun buzilishi holatlarini Filialning mas’ul xodimlari ishtirokida muhokama qilib, bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilashingizni;
2. Chilonzor tuman 36-oilaviy poliklinika shifokori M.G‘aybullaevaga yuqorida keltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarga asosan ustama to‘lovlarini to‘lab berishingizni;
3. Amalga oshirilgan ishlar haqidagi batafsil maʼlumotlarni asoslantiruv-chi hujjatlarni ilova qilgan holda 10 kunlik muddatda tuman adliya bo‘limiga yozma axborot kiritishingizni so‘rayman.
Bo‘lim boshlig‘i S.Muxiddinov
Download 15.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling