2. Mehnat qonunchiligi mavjud qonun va qoidalar majmui sifatida Mehnat shartnomasi
Xavfsizlikni ta’minlash uslublari
Download 58.48 Kb.
|
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi fanidan asosiy mazmuni maqsadi vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar
Xavfsizlikni ta’minlash uslublari. Xavfsizlikni ta’minlovchi uslublarni o‘rganishdan oldin ishchi zona va xavf zonasi kabi iboralarga tushuncha beramiz. Mehnat jarayoni davrida ishchi turadigan yoki harakat qiladigan joy, ishchi zona – gomosfera deb yuritiladi. Doimiy yoki davriy ravishda xavf sodir bo‘ladigan zona–noksosfera deb yuritiladi.
Mehnat jarayoni davrida xavfsizlikni ta’тinlash uslublarini quyidagi 3 turga ajratish mumkin: 1. Gomosfera va noksosferani fazoviy va (yoki) vaqt bo‘yicha ajratishga asoslangan uslub. Bu asosan distension boshqarish, аv- tomatlashtirish, robotlashtirish va boshqa tashkiliy tadbirlar orqali, amalga oshiriladi. 2. Xavfni bartaraf etish orqali noksosferani me’yorlashtirish uslubi. Bunga insonni shovqin, gazlar, changlar ta’siridan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmui va jamoa himoya vositalari kiradi. 3. Мa’lum muhitda insonni himoyalash darajasini oshirishga qaratilgan usullar va vositalar majmui. Bu uslub ishchilarni xavf- sizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish, ShHVdan foydalanish, psixologik ta’sir etish va boshqa shu kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar – bu xavfsizlik tamoyillari va uslublarini amalga oshirishdagi konstruktiv, tashkiliy namda material mujassamlikdir. Tamoyillar, uslub va vosita – bu xavfsizlikni ta’minlovchi mantiqiy bosqichdir. Ularni tanlash faoliyatning aniq shart- sharoitlariga, xavf darajasiga, iqtisodiy ko‘rsatkichlarga va shu kabi bir qancha mezonlarga bog‘liq bo‘ladi. Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar jamoa himoya vositalari (JHV) va shaxsiy himoya vositalariga (ShHV) bo‘linadi. O'z o‘rnida JHV va ShHVlar ham xavfning xususiyati, amalga oshish tartibi, ishlatilish sohasi va shu kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda bir necha guruhlarga bo‘linadi. Mehnat xavfsizligi xizmatini bevosita tashkilotning bosh rahbari boshqaradi. Unga amalda bu xizmatni tashkil etish uchun uning yordamchisi va asosiy mutasaddi shaxs sifatida texnika xavfsizligi muhandisi tayinlanadi va unga hamkorlik uchun ko‘р yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan muhandis hamda texnik xodimlar, mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘zlari saylagan vakillari jalb etiladi. Mehnat xavfsizligi xizmatining asosiy vazifasi ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan jarohatlanish va boshqa baxtsizliklarni keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf qilish va tashkilot ma’muriyatining ishchi-xizmatchilarga ish sharoitini yaxshilab borishi ustidan nazorat qilib turish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish asosida mehnat xavfsizligi va himoya vositalarini muttasil takomillashtirish, mehnat madaniyatini oshirish, baxtsizliklarni oldini olishga qaratilgan tashkiliy va texnik hamda sanitariya tadbirlarini ishlab chiqish va ularni joriy qilishdan iboratdir. Nazorat savollari 1.«Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi» qachon tuzildi? 2. Mehnat xavfsizligini boshqarish nima? 3. Mehnat muhofazasini yaxshilash bo‘уicha tuziladigan tadbirlar qanday bo‘limlarni o‘z ichiga olishi mumkin? 4. Xavfsizlikni ta’minlovchi qaysi vositalarni bilasiz? 5. Mehnat jarayoni davrida xavfsizlikni ta’тinlash uslublarini qanday turlarga ajratish mumkin? Download 58.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling