2-ми. Tekis ferma sterjenlaridagi zo‘riqishlarni proeksiyalash va moment nuqta usullari yordamida aniqlash. Fermaning Q2-4
Download 108.54 Kb.
|
Lx23
2-МИ. TEKIS FERMA STERJENLARIDAGI ZO‘RIQISHLARNI PROEKSIYALASH VA MOMENT NUQTA USULLARI YORDAMIDA ANIQLASH. Fermaning Q2-4, U3-5 va D2-5 sterjenlaridagi zo‘riqishlar aniqlash. M isol. 9.1-rasm, a da berilgan fermaning nol sterjenlari, Q2-4, U3-5 va D2-5 sterjenlaridagi zo‘riqishlar aniqlansin. Izlanayotgan sterjenlardagi zo‘riqishlarni aniqlash uchun ularni qirqib o‘tuvchi I-I to‘liq kesim o‘tkazamiz (9.1-rasm, a) va fermaning chap qismini ajratib qaraymiz (9.1-rasm, b). Q2-4 zo‘riqishni aniqlash uchun 5 nuqtaga nisbatan momentlar tenglamasi tuziladi. CHunki bu nuqtada D2-5 va U3-5 zo‘riqishlarning momentlari nolga teng. 5 - nuqta Q2-4 sterjenda hosil bo‘luvchi zo‘riqishni hisoblash uchun moment nuqta deyiladi. ; RA2d - Pd + Q2-4 h = 0, bundan bo‘ladi. SHuningdek U3-5 zo‘riqishini aniqlashda ham moment nuqta usulidan foydalanib, 2 - nuqtaga nisbatan momentlar tenglamasini tuzamiz: ; RAd - U3-5 h = 0, bundan bo‘ladi. Agar qirqilgan sterjenlardan ikkitasi o‘zaro parallel bo‘lsa, u holda uchinchi sterjendagi zo‘riqish parallel bo‘lgan sterjenlarga tik yo‘nalgan o‘qqa tushirilgan proeksiyalar yig‘indisining nolga tengligi shartidan foydalanib aniqlanadi. Masalan, D2-5 sterjen zo‘riqishini aniqlash uchun U = 0 shartidan foydalaniladi. U = 0; RA - P - D2-5 sin = 0, bundan bo‘ladi. Yаssi fermalarni xarakatlanuvchi yuklarga xisoblashda ta’sir chiziklar nazariyasidan foydalanib xisoblanadi. Ta’sir chiziklar nazariyasiga binoan fermaga vertikal ta’sir kiluvchi mikdori birga teng bulgan ta’sir kilyapti deb karaladi. Ko‘zg‘almas tashqi yuklar fermaning sharnirli tugunlariga qo‘yiladi deb qaralganligi sababli harakatdagi ko‘chma yuk ham fermani sharnirli tugunlariga ketma-ket qo‘yib qaraladi. Harakatdagi yuk ta’siridan ferma sterjenlaridagi zo‘riqishlar miqdori o‘zgarib boradi. Zo‘riqishlarning o‘zgarishini tasvirlash uchun ta’sir chiziqlari quriladi. Harakatdagi yukning ferma tugunlariga qo‘yib qaralishi balkaga yuklarni tugunlar orqali uzatishga aynan o‘xshashdir. SHu sababli ferma elementlaridagi zo‘riqishlarning ta’sir chiziqlarini chizishda yuklarning tugun orqali asosiy balkaga uzatishdagi ta’sir chiziqlar chizish qoidalari qo‘llaniladi. Ferma elementlarida ta’sir chizig‘ini chizish tartibini quyidagi misolda ko‘ramiz. Download 108.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling