2. Milliy g‗oya targ‗ibotida texnologiyalarning o‗rni va ag‗amiyati
- MAVZU: Milliy g‟oya targ‟iboti texnologiyalarining samaradorligini
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
5052 iboti texnologiyalari
7 - MAVZU: Milliy g‟oya targ‟iboti texnologiyalarining samaradorligini
oshirishning dolzarb vazifalari Reja: 1. Milliy g‗oya targ‗iboti texnologiyalarining samaradorligiga erishish yо‗llari. 2. Mamlakatimizda milliy mafkura targ‗ibotining muhim muammolari. Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma‘naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o‘rganilishi, an‘ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san‘at, fan va ta‘lim rivoji, eng muhimi jamiyat tafakkurining o‘zgarishi va yuksalishi bilan bog‘liqdir. (Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch.T., Ma‘naviyat, 2008, 76-77-betlar.) Ta‘kidlash joizki, mafkura targ‘ibotining samaradorligini oshirish bu sohada ko‘zga tashlanayotgan muammolarni bartaraf etishni shartlab qo‘yadi. Zero har bir sohada bo‘lgani kabi mafkura targ‘ibotida ham ayrim muammo va kamchiliklar yo‘q emas. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov bu masalaga alohida to‘xtalib, «Bugungi hayot shiddati, voqelar rivoji shu qadar jo‘shqinki, biz ma‘naviyat va mafkura borasida qanchalik muhim va o‘rinli ishlarni amalga oshirayotgan bo‘lsakda, ba‘zi o‘rinlarda afsuski, kech qolyapmiz», deb ta‘kidlagani ham bejiz emas. Milliy istiqlol g‘oyasi targ‘ibotining samaradorligiga qanday omillar salbiy ta‘sir ko‘rsatmoqda? Bu muammolarning echimi qanday? Mafkura targ‘ibotida nimalar nazardan chetda qolmoqda? Targ‘ibot ishiga qanday tarzda yondashgan ma‘qul? Bugungi kunda milliy g‘oyani xalqimiz ongi va qalbiga singdirish samaradorligini ko‘tarish uchun nimalarga e‘tibor berish zarur? O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis to‘qqizinchi sessiyasi ma‘ruzasida bayon etilgan asosiy vazifa va qoidalarni keng yoritish bog‘yicha tashkiliy-ma‘rifiy tadbirlar Dasturida yuqoridagi savollarga javob tariqasida «Dasturni amalga oshirish bo‘yicha quyiladagan asosiy talablar» bandi kiritilgan. Ushbu bandda dasturni amalga oshiruvchi mutasaddilarga quyidagi talablar qo‘yilgan: -o‘tkazilayotgan tadbirlarni kampaniyaga aylantirmaslik: -o‘qib berish usulidan voz kechish: - tabdirlarni ―majburiyat‖ga aylantirmaslik: -odamlar bilan ochiq-oydin va yuzma-yuz muloqatdan qochmaslik E‘tiborlisi shundaki, yuqorida qayd qilingan talablar nafaqat davlat dasturining ijrosida, balki milliy g‘oya targ‘ibotida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan bugungi kunda targ‘ibot-tashviqot ishlarida kampaniyabozlikka berilish, mafkurani targ‘ib qilish o‘rniga uning ta‘riflarini «yodlatish», turli tadbirlarga kishilarni majburiy to‘plash, muammolar haqida ochiq gapirishdan qochish, odamlar bilan yuzma-yuz muloqatga voizlarning tayyorlanib kelmasligi, 40 son ketidan quvib, sifatni unutib qo‘yish, targ‘ibotda ayrim tushunchalarning o‘rinli-o‘rinsiz ishlatilishi natijasida ularning qadrsizlanishi kabi muammolar ko‘zga tashlanmoqda. Agar sog‘lom axborot muhiti ustuvor bo‘lmasa, qisqa vaqtda har qanday davlatning ichki axborot makonidagi siyosiy-ijtimoiy muhit butunlay izdan chiqib, «xatar o‘choqlari» paydo bo‘ladi. Natijada jamiyatda g‘alva boshlanadi, rasmiy axborot tarqatish tizimi ishdan chiqadi, rasmiy boshqaruv va uning mafkurasi butunlay tanazzulga uchraydi. Jumladan, Qirg‘iziston Respublikasida o‘z echimini kutayotgan dolzarb muammolar va ularning echimini hal qilish bo‘yicha davlat amalga oshirgan ishlar haqidagi axborotlar o‘z vaqtida xalq ongiga havola qilinadi. Eng achinlarlisi, hukumat «axborot bo‘shlig‘ini» shakllantirish bilan bir qatorda «jim o‘tirish» pozitsiyasini tutdi. Mafkura targ‘iboti muammolari bo‘yicha izlanish olib borgan respublikamizning bir qator olimlari bu sohada ishlarni muvofiqlashtirish, stixiyali harakatlar,o‘zibo‘larchilik va kampaniyabozlikka yo‘l qo‘ymaslik lozimligini uqtiradi, Xususan, siyosatshunos olim SH.Paxrutdinov mafkura targ‘ibotida quyidagi omillarga e‘tibor qaratish lozimligini uqtiradi: - vazifalarni nazarda tutgan holda bevosita tashkiliy» chora va tadbirlarni ko‘rish; - ma‘naviyat va ma‘rifat ishlarini olib boruvchi kadrlarni tanlash va qayta tayyorlash, ularning faoliyati uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish; - zarur bo‘lgan moddiy-texnika vositalari bazasini yaratish; ommaviy axborot vositalarini aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda jalb qilish; - ma‘naviy va ma‘rifiy ishlarning samarali tajribalarini keng yoyish. Ya‘ni, mafkura targ‘ibotida muayyan muddat shiddat bilan avj oladigan, keyinchalik so‘nib qoladigan tashviqot ishlariga emas, balki doimiy ravishda uzluksiz davom etadigan va tizimiy asosga qurigan ma‘rifat ishlarga tayanish samarali hisoblanadi. Milliy g‘oyaning targ‘ibotiga sarflangan mablag‘ qisqa vaqtda moddiy boylik keltirmasligi mumkin, lekin hozirda bu sohaga sarf-xarajatni kamaytirish, millat sifatida bizni ertangi mislsiz yo‘qotishlariga olib kelishi mumkin. SHuning uchun biz uning doimo samaradorligini oshirish yo‘llari to‘g‘risidaO‘ylashimiz kerak. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling