2. Milliy g‗oya targ‗ibotida texnologiyalarning o‗rni va ag‗amiyati
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
5052 iboti texnologiyalari
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. ―Jamoatchilik bilan aloqalar‖ texnologiyasining mazmun va mohiyati. 2. ―Jamoatchilik bilan aloqalar‖ ning texnologiyasining vazifalari. 3. ―Jamoatchilik bilan aloqalar ‖ texnologiyalarini qo‘llash O‘zbekiston uchun qanday ahamiyatga ega? 4. Milliy g‘oya targ‘ibotda undan qanday foydalanish mumkin? 5. Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyasining qo‘llash hamda uni qabul qilishning mohiyati nimada? 56 10-MAVZU: Milliy g‟oya targ‟ibotida “jamoatchilik bilan aloqalar”. Reja: 1. O‘zbekistonning davlat siyosatining tub mohiyatini jamiyat a‘zolariga etkazish. 2. Axborot etkazuvchining vazifalari. 3. Xorijda keng qo‘llanilayotgan texnologiyalar. Bugungi kunda dunyoda katta o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bir davrda har bir insonning iqtidori va salohiyatini jamiyat taraqqiyoti sari yo‘naltirishga undalmoqda. O‘zbekistondagi davlat siyosatining tub mohiyatini odamlarga tushuntirish, ularning bu siyosatni qo‘llab-quvvatlashlariga erishish, vujudga kelgan muammolarni hal qilishda jamoatchilikning fikriga tayanish, siyosiy qarorlar qabul qilishda aholining manfaat va istaklarini o‘rganish, davlat organlari va davlat xizmatchilariga nisbatan jamoatchilikda ijobiy munosabat uyg‘otish, kishilarga etkazilayotgan axborot oqimini milliy manfaatlarga mos o‘zanga yo‘naltirish, fuqarolarni yot mafkuralarning zararli ta‘siridan himoyalash vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladigan yangi texnologiyalardan foydalanishga extiyoj tobora ortib bormoqda. Ana shunday texnologiyalardan biri «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyasidir. 2005 yilning mayida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida «Jamoatchilik bilan aloqalar» bo‘limi tashkil etilib, faoliyat ko‘rsata boshladi. O‘zbekistonda demokratik jamiyat asoslari takomillashib borgani sayin, jamoatchilik bilan aloqalarning professional mutaxassislari-piarmenlarga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Albatta biron yangi faoliyatni boshlash yoki u bilan shug‘ullanish uchun qonuniy asos bo‘lmog‘i zarur.O‘zbekiston rahbariyati ko‘rsatmasiga asosan 2006 yilning 22 sentiyabrida O‘bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 203- sonli ―Davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralarida jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish borasidagi chora -tadbirlar to‘g‘risida‖gi qarori e‘lon qilindi. Ushbu qarorda- Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyati shaffofligini ta‘minlash, keng jamoatchilik va aholini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlardan doimiy ravishda xabardor qilib borish nazarda tutilgan. SHu bilan birga aholini siyosiy madaniyatini oshirib borish muhim ahamiyatga ega. «Public relations» (PR) «Jamoatchilik bilan aloqalar» targ‘ibotning demokratik usullaridan biri sanaladi. «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari davlat bilan xalq o‘rtasida muloqot o‘rnatib, fuqarolarda davlat siyosatiga moyillik uyg‘otishga xizmat qiladi. SHu orqali davlatga hamfikr insonlarni ko‘paytirib, ularni ishonchli hamkorga aylantiradi. 57 «Jamoatchilik bilan aloqalar» insonlar fikrlariga, kayfiyatiga, hissiyotiga va oxir oqibat hatti-harakatlariga kuchli ta‘sir ko‘rsatuvchi «ishonch va istaklar strategiyasidir». Etakchi davlatlarda bu texnologiyalardan foydalanish mafkuraviy ta‘sir ko‘rsatish industriyasi darajasiga ko‘tarilgan.O‘zbekistonda ham mafkuraviy jarayonlarni tartibga solishda «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Bu esa milliy g‘oya targ‘ibotining ta‘sirchanligini, so‘zsiz, oshiradi. «Jamoatchilik bilan aloqalar» u boshqaruvning alohida usuli bo‘lib, boshqaruv tuzilmalarining jamiyat manfaatlariga xizmat qilishiga e‘tiborni qaratish, amalga oshirilayotgan islohotlarga jamoatchilikni safarbar qilish, jamiyatda vujudga keladigan noxush holatlardan ogoh qilish orqali ularning oldini olishga xizmat qiladi. Jamoatchilik bilan aloqalar qonuniy, ochiq, samimiy, ahloqiy me‘yorlarga mos keladigan muloqotlar asosida amalga oshiriladi. Rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarni davlat organlari faoliyatidan xabardor qilishning turli mexanizmlari mavjud bo‘lib ulardan eng ko‘p tarqalgan «Jamoatchilik bilan aloqa» texnologiyalaridir. Jamoatchilikka muhim axborotlarni o‘z vaqtida etkazish, o‘zaro hamkorlik muhitini yaratish, jamoatchilikning ishonchini qozonish demokratik qadriyatlarni singdirish ishlari puxta ishlab chiqilgan reja asosida olib borilishini taqazo etadi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling