2. Milliy g‗oya targ‗ibotida texnologiyalarning o‗rni va ag‗amiyati


-Mavzu. Milliy g‟oya targ‟ibotini takomillashtirishning asosiy omillari


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/73
Sana18.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1596834
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   73
Bog'liq
5052 iboti texnologiyalari

 
5-Mavzu. Milliy g‟oya targ‟ibotini takomillashtirishning asosiy omillari 
 
Reja: 
 
1.Milliy g‟oya targ‟ibotini jamiyat hayoti sohalari bilan bog‟liqligi
2.Milliy g‟oya targ‟iboti texnologiyalari yo‟nalishlari
3.Milliy g‟oya targ‟iboti texnologiyalari printsiplari 
 
Milliy g‟oya targ‟ibotini jamiyat hayoti sohalari bilan bog‟liqligi. Milliy 
g‘oya targ‘ibotini jamiyat hayoti sohalari bilan bog‘liqligini va uning 
ko‘rinishlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega ―Jamiyat hayoti sohasi‖ 
deganda, uning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy-ma‘rifiy jihatlari tushuniladi. 
Milliy g‘oya targ‘ibotida quyidagi muhim xususiyatlarni hisobga olish muhim. 
Ular:1) Milliy g‘oya mavhum tushuncha emas.Unda jamiyat hayotining moddiy va 
ma‘naviy jihatlari aks etadi; 2) Milliy g‘oya iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy 
tiklanish, iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiladi. Milliy g‘oyaning maqsadlari 
iqtisodiy hayotning yutuqlari orqali ifodalanadi; 3)Ijtimoiy-siyosiy hayot sohalari 
ham milliy g‘oya maqsadlari bilan uzviy bog‘liq. 4)Milliy g‘oya ma‘naviy-ma‘rifiy 
hayot sohasi bilan ham bevosita aloqador. Uni jamiyat hayotining boshqa 
sohalaridan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Targ‘ibot ana shu 
qonuniyatlarni hisobga olishni taqozo etadi. I.A.Karimov: ―...moddiy va ma‘naviy 
olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga‖
1
qiyoslaydi va ushbu 
fikrni davom etib ―Qachonki, ana shu ikki muhim omil o‘zaro uyg‘unlashsa, tom 
ma‘nodaga qush qanotiga aylansa, shundagina inson, jamiyat va davlat hayotida 
o‘sish-o‘zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo‘ladi‖
2
deb alohida qayd etadi. Bu, 
milliy g‘oya targ‘ibotini jamiyat hayoti sohalari bilan bog‘liqligini tushuntirishda 
muhim nazariy-kontseptual ahamiyatga ega. 
Miliy g‘oya har bir inson va xalqning, millatning eng ezgu orzu niyatlari, 
intilishlari sifatida ularning erkin va farovon hayotda yashash maqsadlarini o‘zida 
mujassam etadi. ―Tabiiyki, milliy g‘oyamiz shu yurtda yashayotgan barcha 
odamlarning olijanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt 
tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni o‘z ichiga 
oladi‖
3
. Bunga erishish insonlarning ruhiy dunyosiga, maqsad va intilishlariga, 
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotning mazmun-mohiyatiga bog‘liq holda amalga 
oshadi. Masalan, rejali iqtisodga tayanib, farovon hayotni qurib bo‘lmaydi. Yana, 
―ma‘muriy-buyruqbozlik‖ tamoyillari asosida demokratik jamiyatni qurib 
bo‘lmaydi. Boqimandalik ruhiyati saqlanib qolgan jamiyatda tadbirkorlik 
1
Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч.-Т:, Маънавият, 2008, 67-бет
2
Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008, 67-бет 
3
Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008, 72-бет


28 
rivojlanmaydi. Demak, yurt tinchligi va Vatan ravnaqi mustahkam bo‘lmaydi va 
hakazo. 
Bugungi kunda rivojlangan davlatlar qudratli targ‘ibot tizimiga ega bo‘lishga 
intilayotganini alohida ta‘kidlash lozim. Masalan, o‘z faoliyatining targ‘ibotiga 
AQSH hukumati yiliga 2,5 milliard dollar sarflashi bejiz bo‘lmasa kerak. Frantsiya 
ham o‘z siyosatini aholiga tushuntirish ishlariga yiliga 100 million frankni bekorga 
sarflamayotgandir? Bu ma‘lumotlar targ‘ibotni ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarda muhim 
ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.
Puxta ishlab chiqilgan strategik yo‘nalish davlatning istiqbolini belgilaydi. 
O‘zbekistonning strategik maqsadlari Islom Karimovning qator asarlarida, 
jumladan, «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari» hamda «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda», 
―Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch‖ va boshqa asarlarida belgilab berilgan. SHu 
maqsadlar sari insonlarni safarbar qilish ularni g‘oyalar shaklida singdirish 
zaruratini keltirib chiqaradi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning taqdiri, so‘zsiz, har 
bir fuqaro, aniqrog‘i insonning faolligiga bog‘liqdir. Bu esa islohotlarning 
mohiyatini tushuntirishni talab qiladi. SHuning uchun rivojlangan mamlakatlarda 
mafkuraning targ‘iboti «hukumat siyosatining tashviqoti» ko‘rinishida amalga 
oshiriladi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling