2. Milliy g‗oya targ‗ibotida texnologiyalarning o‗rni va ag‗amiyati
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
5052 iboti texnologiyalari
o‟rni va roli
Reja: 1.Milliy g‘oya tag‘ O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillari manfaatlarining ifoda etilganligi. 2. Milliy madaniy markazlarni milliy g‘oya targ‘ibotiga kengroq jalb etish katta ahamiyat kasb etishi. 3.Milliy madaniy markazlar tomonidan o‘tkaziladigan turli xil tadbirlar xalqlar o‘rtasidagi tinchlik va barqarorlikni ta‘minlashda muhim rol oynashi. Mamlakatimiz hududida juda qadim zamonlardan turli millatlarga mansub xalqlarning vakillari qo‘ni-qo‘shnichilik, quda-andachilik, do‘st-u birodarlik va oshna-og‘aynigarchilik asosida tinch-totuv va o‘zaro hamkorlikda yashab kelganlar. Moziyga nazar solsak, O‘zbekiston hududida milliylik va millatchilik negizida hech qachon mojarolar bo‘lmagan. Bu xalqimizning o‘ziga xos xususiyati va bag‘rikengligining yorqin ifodasidir. Mustaqil O‘zbekistonimiz hududida bugungi kunda 137 millat va elat vakillari istiqomat qiladilar. Har bir kishi millati va irqidan qat'iy nazar yaratganning mo‘jizasidir. Insonning yaxshi-yomonligi uning u yoki bu millatga mansubligiga qarab belgilanmaydi. Balki, har bir insonning o‘ziga xos yaxshi- yomon xislatlari, fazilatlari va xususiyatlarining shakllanib kamol topishida o‘sha insonni o‘rab olgan ijtimoiy muhit, u olgan ta'lim-tarbiya bosh omil hisoblanadi. Shu boisdan ham millatlararo totuvlik, o‘zaro hamkorlik, birodarlik va bag‘rikenglik — ulug‘ fazilat va umumbashariy qadriyatdir. Bu qadriyat turli millat va elatlar vakillari bilan birgalikda istiqomat qiladigan har qanday davlatning tarixiy taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasi milliy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, mamlakatimizda siyosiy barqarorlikni ta'minlashning asosiy shartlaridan biri bo‘lgan milliy masalaga alohida e'tibor qaratib kelmoqda va adolatli milliy siyosat olib bormoqda. Buni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida milliy 74 munosabatlar huquqiy asoslarining yuridik jihatdan adolatli tarzda hal qilib berilganligida yaqqol ko‘rish mumkin. Unda barcha fuqarolar qonun oldida teng qilib qo‘yildi. Har bir fuqaro qalbida yagona zamin, yagona makon, yagona Vatan uchun javobgarlik hissi kuchaytirildi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ko‘p millatli har qanday mamlakatda hukmron mavqega ega bo‘lgan millat vakillari faqat o‘z milliy ehtiyoj va talablarini qondirish to‘g‘risidagina o‘ylab bosh qotirmasliklari lozim. Chunki, o‘zga millat va elatlarning huquq va erkinliklarini kamsituvchi, uni mensimovchi millatning o‘zi ham erkin bo‘la olmaydi. Aksincha, hukmron millat tarixiy taqdir taqozosiga ko‘ra turli davrlarda o‘z yurti, eli, vatanidan begonalashib, bu yerlarga kelib qolgan o‘zga millat va elatlarning vakillariga begonasiramasdan, ularning ham milliy talab va ehtiyojlarini to‘la qondira oladigan shart-sharoitlarni yaratmoqlari joiz. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling