2. Milliy g‗oya targ‗ibotida texnologiyalarning o‗rni va ag‗amiyati
-MAVZU. Milliy g‟oya targ‟iboti texnologiyalaridan foydalanishning
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
5052 iboti texnologiyalari
15-MAVZU. Milliy g‟oya targ‟iboti texnologiyalaridan foydalanishning o‟ziga xos jihatlari. Reja: 1.Milliy g‘oyaning targ‘ibotida muhim ahamiyat kasb etuvchi jihatlar. 2. Milliy g‘oyani singdirish usullari, texnologiyalari, ustuvor yo‘nalishlari. Milliy g‘oya millatni etaklovchi kuch hisoblanadi unda davlatning an‘analari, shu zamin xalqlarining urf-odatlari, tarixi va ma‘anaviyati mujassamlangan mustaqilligimizni asrashning ma‘naviy-ruhiy asosi xisoblanadi. Yurtboshimiz: ―SHuni alohida ta‘kidlash lozimki, xalqimiz ma‘naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bog‘lgan mehr-oqibat, insonni ulug‘lash, tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalikda hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada ma‘naviy hayotimizning uzviy qismiga aylanib ketgan hashar odati istiqlol davrida yangicha ma‘no-mazmunga ega bo‘lib, umummilliy an‘ana tusini olgan barchamizni mamnun etadi ‖. (Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat-engilmas kuch. -T.: Ma‘anaviyat, 2008. 96-b.) Bu jarayon milliy g‘oyaning O‘z-o‘zidan davlatimizning kelajagi bo‘lmish yoshlar bilan qanchalik chambarchas ravishda to‘ldiruvchi butunlik ekanligini isbotlaydi. Mamlakatdagi ma‘naviy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarlardagi yangilanishlar uchun davlatning bosh islohotchi ekanligi muhim. Milliy g‘oyani davlat homiyligida va nazoratida avvalo ijtimoiy institutlarda, shuningdek, maktab ta‘limi bilan bog‘liq ravishda targ‘ib qilishga qirishildi. Buning mohiyati yosh avlodni bugun, ayniqsa globallashuv va axborotlar xuruji oshayotgan paytda aniq maqsadga qaratilgan, millatparvar sifatida tarbiyalash, har qanday g‘oya va 95 mafkuralarga ―ongsizlarcha‖ taqlidiy ergashish dardidan xalos qilishdagi asosiy rolni bajarishi bilan belgilanadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz olimlari o‘tkazgan va o‘tkazayotgan tahlili bu sohada ishlar endigina boshlanganidan dalolat beradi. Globallashuv milliy ma‘naviyatga ham ta‘sirini o‘tkazadi. Uning ta‘siri kirib kelgan jamiyatning barcha sohalari tez bo‘lmasada, ammo asta sekinlik bilan bo‘lsada, o‘z ―iz‖larini qoldiradi. Bunday turdagi ―ta‘sirlar‖ga eng beriluvchan, uni oldida hali zaifroq bo‘lgan kuch bu yoshlar hisoblanadi. SHulardan kelib chiqqan holda, globallashuv jarayonida turli g‘oya va mafkuralarni aynan yoshlar orqali ―ko‘prik‖ sifatida foydalanishlariga yo‘l qo‘ymasliklari uchun, millatparvar, xalqchil, umuminsoniy tamoyillarga asoslangan milliy g‘oya asosida qurollantirish bugun ushbu masalaning qanchalik muhimlik darajasini belgilab beradi. Mamlakatimizning jahon maydonida olib borayotgan siyosati qo‘proq samara va muvaffaqiyat keltirishini istasak va eng avvalo yosh avlodni kelajakda davlatimizni tayanchi sifatida tarbiyalashga qaratilgan ishlarni kuchaytirishimiz, globallashuvning mohiyati, yo‘nalishlari, xususiyatlarini chuqurroq tadqiq va tahlil qilish zarur. Aynan shu jarayonni chuqurroq tahlil etish orqali siyosatchilar uchun to‘g‘ri yo‘l tanlashi va qarorlar qabul qilinishi uchun imkoniyat yaratilishi mumkin. O‘zbekiston deb atalgan davlatning manfaatlarini o‘zida mujassam etgan milliy g‘oyani ta‘sir doirasini aynan yoshlar orasida oshirishning asosiy omillaridan biri bugun ―sovuq urush‖lar ta‘siri kamayishi bilan paydo bo‘layotgan ―mafkura poligon‖laridan himoyalanish orqali millat hamjihatligiga va taraqqiyotiga erishish bilan bog‘liqdir. Bunday kurash maydonida Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, - ―G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi faqat ma‘rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin‖ (Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkura xalqni–xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. T.: ―O‘zbekiston‖., 1998 y. B.1.). Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling