2-modda. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilik


-modda. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish


Download 213.88 Kb.
bet33/37
Sana04.11.2023
Hajmi213.88 Kb.
#1747839
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
O‘RQ-42 20.07.2006

60-modda. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot maxsus vakolatli davlat organiga quyidagi axborotni takdim etishi shart:
tashkilotning ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar to‘g‘risida;
tashkilot shunga o‘xshash huquqlarni boshqaruvchi chet el tashkilotlari bilan tuzadigan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar to‘g‘risida;
umumiy yig‘ilish qarorlari to‘g‘risida;
yillik balans, yillik hisobot, shu jumladan talab qilib olinmagan haqlar haqidagi ma’lumotlar va tashkilot faoliyatining auditorlik tekshiruvi to‘g‘risida;
tashkilot nomidan ish ko‘rishga vakolatli shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi to‘g‘risida.
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus vakolatli davlat organi mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotdan uning faoliyati o‘z ustaviga va qonunchilikka muvofiqligini tekshirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborot talab qilib olishga haqlidir.
(60-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
5-bob. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
61-modda. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(61-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 213.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling