2-modda. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilik


-modda. Turdosh huquqlar obyektlarining ijtimoiy mulkka aylanishi


Download 213.88 Kb.
bet30/37
Sana04.11.2023
Hajmi213.88 Kb.
#1747839
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
Bog'liq
O‘RQ-42 20.07.2006

55-modda. Turdosh huquqlar obyektlarining ijtimoiy mulkka aylanishi
Ijro, fonogramma, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko‘rsatuvi yoki eshittirishiga bo‘lgan turdosh huquqlarning amal qilish muddatining tugashi ularning ijtimoiy mulkka aylanishini bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida hech qachon muhofaza berilmagan ijrolar, fonogrammalar va efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari ijtimoiy mulk hisoblanadi.
Ijtimoiy mulk bo‘lgan ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlaridan har qanday shaxs haq to‘lamagan holda erkin foydalanishi mumkin.
4-bob. Mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarish
56-modda. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar
Fan, adabiyot va san’at asarlarining mualliflari, ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar yoki boshqa huquq egalari o‘z mulkiy huquqlarini amalga oshirish maqsadida o‘z mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlar tuzishga haqlidir.
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlar notijorat tashkilotlari hisoblanadi va o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning ustavlari ushbu Qonun talablariga javob beradigan qoidalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning faoliyatiga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan cheklashlar qo‘llanilmaydi.
(56-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Huquq egalarining turli huquqlari va turli toifalari bo‘yicha alohida tashkilotlarni yoki bir toifadagi huquq egalarining manfaatlarini ko‘zlab turli huquqlarni boshqaruvchi tashkilotlarni yoxud turli toifadagi huquq egalarining manfaatlarini ko‘zlab, huquqlarning bir turini boshqaruvchi tashkilotlarni tuzishga yo‘l qo‘yiladi.
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Download 213.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling