2-modul. Bosim datchiklari


Download 91.51 Kb.
bet6/16
Sana20.10.2023
Hajmi91.51 Kb.
#1713516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2-modul. Bosim datchiklari-hozir.org (1)

Issiqlik manometrlari 10 – 104 Pa bosimlarni o‘lchash uchun qo‘llaniladi.
Quyidagi 1.43-rasmda issiqlik manometrlaridan birining sxemasi keltirilgan.
Bu issiqlik manometrlarida R4 qarshilikni volfram materialidan tayyorlanib, 200 0 S doimiy haroratgacha tok bilan qizdiriladi. Idishdagi bosimni o‘zgarishi volframni issiqlik uzatishini o‘zgarishiga olib kelib, uni qarshiligini o‘zgartiradi. Bu o‘zgarish qarshiliklar ko‘prigini balansini ko‘rsatib turuvchi mV da aks etadi.
A na shu sxemadan foydalanib, uning maodelini MATLAB paketida yaratishga harakat qilamiz. Bu model yordamida issiqlik bosim o‘lchash datchigining barcha ishlash rejimlarini, grafik harakteristikalarini, volt-amper harakteristikalarini, chastota harakteristikalarini va hakazolarni ko‘rish mumkin.


1.43. Расм. Иссиқлик босим ўлчаш датчиги схемаси.

Biz tashkil etgan texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarida asosan «Sapfir-22M», «Metran – 100» va kichik o‘lchamli mikroprotsessorli «KARAT» bosim datchiklari qo‘llanilgan. Ularni chiqish signallari 0÷5 mA, 4 ÷ 20 mA.



1.4. Suyuqlik va gazlarni sarfini bosim farqini hosil qilish usuli bilan o‘lchash tizimlari

Texnologik jarayonlarda suyuqlik va gazlarni sarfini o‘lchash muhim ahamiyatga ega. Bu faqat jarayonda mahsulot yoki energiya sarfini belgilamasdan, texnolgik jarayonni boshqarish uchun muhimdir.


Suyuqlik yoki gazlarni sarfi ikki xil ko‘rinishda qo‘llaniladi. 1-chi si massa sarfi bo‘lib, kg, tonna, 2-chisi hajmiy sarf m3 , l. Lekin ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni boshqarishda joriy sarf termini ko‘p qo‘llaniladi. Chunki jarayonni boshqarishda texnolog oniy (joriy) sarf bilan ish yuritadi. Joriy sarf deyilganda vaqt birligi ichidagi sarf tushiniladi. Keng qo‘llaniladigan o‘lchov birligi
m3 /soat , tonna/soat


1.44.Расм. Иссиқлик босим ўлчаш датчиги MATLAB пакетида яратилган модели.


Hajmiy sarf kattaligi foydalanilganda, gazlar sarfini bir-biriga taqqoslash uchun yana bitta muhim kattalik( termin) ishlatiladi. Bu normal sharoit terminidir. Normal sharoit deyilganda haroratsi 20 0 S , bosimi 101,325 kPa (760 mm.smob.ust.) nisbiy namligi 0 tushiniladi.


Joriy sarfni o‘lchash vositalarini «sarf o‘lchagich», ma’lum vaqtdagi sarfni o‘lchash vositasini «hisoblagich» deb ataladi. Turubadagi suyuqlik va gazni oqimini sarfini hisoblash uchun oqimga o‘lchash vositasini ajralmas qismi bo‘lgan boshqa bir jism kiritiladi. Bu esa oqim bosimini yo‘qolishiga olib keladi. Shuning uchun turubalarda sarfni o‘lchash tizimlarini tashkil etishda o‘lchash vositasigacha va undan keyingi ma’lum tug‘ri uzunlik bo‘lish sharti kiritilgan.
Suyuqlik va gazlarni sarfining o‘lchash usulikasi, o‘lchash tizimining konstruktiv turiga qarab turlicha sarf o‘lchagichlar va hisoblagichlar yaratilgan. Bu sarf o‘lchagich va hisoblagichlar mikroprotsessorli boshqarishga ega bo‘lib, ular sutkali, ixtiyoriy vaqt oralig‘i bo‘yicha sarfni o‘z xotirasida saqlab turish, hamda informatsiyalarni maxsus protokollar bo‘yicha masofadagi kompyuterga uzatish kabi funksiyalarga ega bo‘lishi mumkin.
Toraytirilgan qurilma yordamida bosim farqini hosil qilib, joriy sarfni aniqlash usuli hozirda ham asosiy sarf aniqlash usullaridan biri bo‘lib kolmoqda. Bu usulda toraytiruvchi qurilma birlamchi qurilma sifatida bo‘ladi. Toraytiruvchi qurilma ikki tomonidagi bosimlar farqini differensial manometr yoki bosim farqlarini o‘lchash datchiklari yordamida o‘lchash trubalardagi suyuqlik yoki gazlarni sarfni hisoblash imkoniyatini beradi. Bu usul yordamida asosan truba diametri 300 mm dan katta bo‘lgan holatlarda keng qo‘llaniladi.
Suyuqlik yoki gaz oqayotgan turbada toraytiruvchi qurilma qo‘yilsa oqim tezligi toraytirilgan joyda ungacha bo‘lgan masofadagi tezlikka nisbatan tezlashadi. Tezlikni ortishi suyuqlik yoki gazni ichki energiyasini kamaytirib, bosimni kamayishiga olib keladi. Turbadagi sarf hosil bo‘lgan bosim farqi kattaligiga proporsional bo‘ladi.

Download 91.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling