2-modul. Ijtimoiy psixologiya va shaxs 7-mavzu: ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi reja


SHaxs tuzilishi nazariyasi: asosiy konsepsiya va teoriyalar


Download 22.19 Kb.
bet2/4
Sana05.01.2022
Hajmi22.19 Kb.
#228418
1   2   3   4
Bog'liq
7-mavzu maruza matni

SHaxs tuzilishi nazariyasi: asosiy konsepsiya va teoriyalar

Kettelning nazariyasi shaxs sistemasi va organizmni funksiyalovchi ijtimoiy-madaniy matritsa o‘rtasidagi o‘zaro murakkab aloqadorlikni tushuntirishga harakat qiladi. Talabga javob beradigan shaxs tuzilishi bir qator xususiyatlarni, shaxsiyatni tashkil etuvchi omillarni, genetik o‘ziga xosliklarni shakllanishini va unga muhitning ta’sirini, genetik shakllanish va muhitning o‘zaro ta’sirini va bu ikki faktorning xulqqa ta’sirini inobatga olishi kerakligiga ishonch hosil qiladi. U ta’kidlaydiki, muvofiq funksiyalash va rivojlanish nazariyasi qat’iy tadqiqot metodlari va aniq o‘lchamlarga suyanishi kerak. Kettelning eng sevimli tadqiqot metodlaridan biri ko‘p variantli statistika va faktorli analiz hisoblanadi. Kettel fikricha shaxsiyat bu mavjud vaziyatda shaxsning o‘zini qanday tutishini oldindan aytib berishga zamin yaratuvchi xususiyat. Kettel tomonidan shaxs xulqini ayni vaziyatda oldindan bashorat qilib berishning aniq formulasi tuzilgan.

R=f(S,P)

Ushbu formula aniq vaqt oralig‘ida shaxs tuzilishidan kelib chiqqan holda (P) insonda tabiiy holda hosil bo‘luvchi amalda harakat bilan amalga oshiriladigan yoki so‘zda ifodalanadigan javob reaksiyasi(R) qo‘zg‘atilgan holat(S)dagi noaniq funksiyalar (f)ni yoritib beradi ya’ni javob reaksiyasi qo‘zg‘alinish va shaxs tuzilishidan kelib chiqib, bir qator funksiyalar ta’sirida yuzaga chiqadi. Taqqoslashlar shuni ko‘rsatadiki, biror bir vaziyatda xarakterdan kelib chiqib javob reaksiya ko‘rsatish hamma xususiyatlarga aloqadorlik kasb etadi lekin vaziyatda ahamiyat kasb etadiganlari munosabatga kirishadi.

Kettel ayni vaziyatda biror insonning xulqini oldindan bashorat qilish qiyin ekanligini tan oladi. Aniq bashoratga ega bo‘lish uchun shaxsshunos shaxsning vaqtinchalik mujassam etgan aldamchi xususiyatlariga chalg‘imagan holda, tabiatan qanday xususiyatlar sohibi ekanligini aniqlab olmog‘i lozim. Vaqtinchalik aldamchi fazilatlarga ayni vaziyatda shaxsning kayfiyati, vaziyatga qarab jamoatchilikda egallaydigan o‘rni va boshqalar. Bundan tashqari shaxsshunos vaziyatning har bir qarichini shaxs nuqtai nazaridan kelib chiqib baholashi kerak. Misol uchun inson kuchli emotsional vaziyatga duch keldi, bu holatda uning javob reaksiyasida katta ehtimollik bilan tashvishlanish degan javob paydo bo‘ladi. SHuning uchun yuqoridagi formula Kettelning shaxs tuzilishi nazariyasining soddaroq ekstraktini namoyish etadi. Biroq ilmiy nuqtai nazardan unutmaslik lozimki, bu formula Kettelning inson xulqini aniqlash va aytib berish mumkin degan fikrini tasdiqlaydi. SHaxsning o‘ziga xosliklari bir necha tur xususiyatlarga bo‘linadi:


  1. YUzaki xususiyatlar

  2. Asosiy xususiyatlar

  3. Konstitutsion yoki muhit ta’sirida shakllangan xususiyatlar

  4. Qobiliyat, temperament va dinamik xususiyatlar

  5. Umumiy –yagona xususiyatlar

SHaxsning yuzaki xususiyatlari kuzatish jarayonining ajralmas qismidir. Misol uchun vaziyatga oldindan tayyorgarlikning yo‘qligi vaziyatda dovdirashga sabab bo‘ladi va bu masalaga yondasha olmaslikka va tashvishga sabab bo‘ladi. Natijada nevrotizm ya’ni asabiylashish yuzaga keladi. Bu shaxsning xaqiqiy xarakter tuzilishini aniqlashda yolg‘on xulosaga olib kelishi mumkin. SHuning uchun Kettel bu xususiyatlar shaxs xulqini tasvirlashda ahamiyat kasb etmasligini ta’kidlaydi.


Download 22.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling