2-MODUL. IJTIMOIY PSIXOLOGIYA VA SHAXS
7-MAVZU: IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA SHAXS MUAMMOSI
Reja
SHaxs haqida xorij va rus psixologiyasidagi qarashlar.
SHaxsni o‘rganishdagi ijtimoiy-psixologik yo‘nalishlarning o‘ziga xosligi.
Umumiy psixologiya va ijtimoiy psixologiyada shaxs tushunchasinig farqi.
Reymond Kettelning shaxs tuzilishi nazariyasi
Kettel boshqa nazariyotchilardan farqli o‘laroq ya’ni haddan ortiq kuzatuvlarga sho‘ng‘ib ketmadi yoki inson tabiati haqida o‘z ichki sezgilarini asoslab olmaguncha taqdim etmadi. Aksincha uning yondashishi aniq emperik metodlar kuzatuviga asoslangan. Kettel ilmiy modelining tuzilishi bitta etakchi maqsadda o‘z ifodasini topadi: shaxsning asosiy xususiyatlarini faktorli analiz metodi yordamida ochib berish .
U xuddi Olportdek shaxsga tegishli xususiyatlar umumiy hisobda insonning hatti-harakatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oluvchi yadro strukturalaridan iborat deb ishonadi. Olport kabi Kettel ham xususiyatlarni umumiy va yagona turlarga ajratadi. Lekin, u xususiyatlar faqat inson ichki olamida mavjud degan xulosaga qo‘shilmaydi. Uningcha xususiyatlar, fazilatlar hech qanday haqiqiy neyrofiziologik statusga ega bo‘lmagandek kuzatilayotgan xulq-atvorda ham bunaqasi uchramaydi. Kettelning murakkab statistik analizga asoslangan obektiv xulq xarakterini tadqiq qilishi tahsinga sazavor. Kettelning nazariyasi zamonaviy psixologiyada tugal mukammal g‘oyalar yig‘indisi hisoblanadi. Uning nazariyasi bir muncha murakkabligiga qaramay, o‘z oldiga shaxsni o‘rganishni maqsad qilgan inson uchun o‘rganilishi muhim bo‘lgan konsepsiyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |