2-modul. Ijtimoiy psixologiya va shaxs 7-mavzu: ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi reja


Download 22.19 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi22.19 Kb.
#228418
1   2   3   4
Bog'liq
7-mavzu maruza matni

Asosiy xususiyatlar yuzaki xususiyatlarga qarama-qarshi ma’noda shaxs tuzilishining asosini tashkil etadigan daliliy struktura ega hisoblanadi. Asosiy xususiyatlar shaxs tuzilishining eng chuqur ildizini qamrab olib uzoq vaqt davomida o‘zgarib boradi. Kettel faktorli analizdan foydalanib keng miqyosda izlanish olib borib shu xulosaga keladi: asosga ega shaxs tuzilishi taxminan 16 xil asosiy xususiyatdan tuzilgan. Bu tadqiqot Kettel tomonidan 1979-yil olib borilgan.

Kettel fikricha asosiy xususiyatlar o‘z navbatida kelib chiqish manbaiga binoan ikkiga bo‘linadi: konstitutsion va muhit ta’sirida shakllangan. Konstitutsion xususiyat shaxsning biologik va fiziologik tipologiyasidan kelib chiqadi. Misol tariqasida kakainga ruju qo‘ygan insonda tasodifiy qaltirash, tushkunlik va xavotir hukmron bo‘ladi. Bularning ta’sirida shaxs tuzilishida fiziologik xususiyatlar o‘zgaradi. Muhit ta’sirida yuzaga kelgan xususiyatlarga ijtimoiy ta’sirlar misol bo‘ladi. Atrofimizni o‘rab turgan muhit shaxs tuzilishida katta ahamiyat kasb etgan omillardan biridir. Bu xususiyatlar inson xarakterida, o‘zini tutishida namoyon bo‘ladi. Uni qolibga solib andozasini yaratadi. SHuning uchun ham Kettel nega o‘rta g‘arbda yashab voyaga etgan shaxs o‘zini hayotini shaharda o‘tkazgan shaxsday tutmasligini tushuntiradi.



Qobilyat xususiyat sifatida insonning talantini biror ishni muvaffaqiyatli bajarishini va ko‘zlangan maqsadga erishishda ijobiy natija ko‘rsatishini anglatadi. Aql, musiqiy qobiliyat, ko‘rib eslab qolish kabilar bunga misol bo‘lishi mumkin. Temperament shaxsning xissiy va emotsional xususiyatlariga uzviy bog‘liq. Misol uchun biror masala echimini kimdir tez topadi kimdir asta, bir shaxs krizisga tinchgina reaksiya bildirsa boshqa bir shaxs asabiy holda yondashishi mumkin. Kettel temperamentni komstitutsion xususiyat sifatida qabul qiladi, chunki temperament shaxsning qanchalik emotsionalligini namoyish qiladi.


Download 22.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling