2-modul. Kuchlanishi 1000 voltdan kichik boʻlgan elektr jixozlar. 3-maʼruza


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana02.04.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1321727
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-ma\'ruza



2-MODUL.KUCHLANISHI 1000 VOLTDAN KICHIK BOʻLGAN ELEKTR 
JIXOZLAR. 
3-MAʼRUZA
 
 
 
 
 
 
 
 Past kuchlanishli apparatlar.  
Ikki (ulangan, uzilgan) holatga qoʻlda harakatlantiriladigan noavtomatik oʻchirgich 
rubilnik deb ataladi (18.1–rasm, a). Ikkita turli zanjirlarga navbati bilan ulash uchun xizmat 
qiladigan rubilnik qayta ulagich deb yuritiladi. 
Rubilnik va qayta ulagichlar 500 V gacha boʻlgan nominal kuchlanishga bir, ikki va uch 
qutbli qilib ishlab chiqariladi. Yoy soʻndiruvchi qurilmasi boʻlmagan rubilniklar toksiz zanjirlarni 
МАVZU-18.
•PAST KUCHLANISHLI 
APPARATLAR. RUBILNIK VA 
QAYTA ULAGICH

18
.1.Past kuchlanishli apparatlar. Rubilnik va qayta 
ulagich.
Reja:

Past kuchlanishli uzatgichlar, avtomatlar, magnit ishga 
tushirgichlar, kontaktorlar, saqlagichlar va ularini U, I, 
P kattaliklari bo
٬
yich tanalash.
Таyanch 
soʻz va 
iboralar


uzish va ochiq uzilishlar hosil qilishga moʻljallangan. Yoy soʻndiruvchi qurilmali rubilniklar I
nom
gacha boʻlgan tokni uzish imkoniga ega. 
R va P (uch qutbli) yoki RO, PO (bir qutbli) tipdagi markaziy dastagi rubilnik va qayta 
ulagichlar 100–600 A toklar uchun ishlab chiqariladi. Rubilnikning hamma detallari izolyatsion 
plitaga oʻrnatiladi. Oʻtkazgichlar oldi yoki orqa tomonidan ulanishi mumkin. Bunday rubilnik va 
qayta ulagichlar bilan tokni uzishga ruxsat etilmaydi, chunki hosil boʻladigan yoy qisqa tutashuvga 
olib kelishi yoki ishlayotgan xodimni kuydirishi mumkin. 
Richag (dastak) bilan harakatlantiriladigan rubilnik va qayta ulagichlar (18.1–rasm, b) 
ikki tomondan xizmat koʻrsatiladigan shchitlarda keng qoʻllaniladi. Bunday rubilniklar yoy 
soʻndiruvchi panjarali kamera 4 ga ega.
18.1–rasm. Rubilniklar: 
a–markaziy dastakli (R tipdagi); b – richag yuritmali (RPTS tipdagi); 1–pichoq; 2–qoʻzgʻalmas 
kontaktlarning sharnirli stoykalari; 3–kontakt stoyka; 4–yoy soʻndiruvchi kamera. 
Richag bilan harakatlantiriladigan rubilnik va pеrеklyuchatеllar (18.1–rasm, b) ikki 
tomondan xizmat koʻrsatiladigan shchitlarda kеng qoʻllaniladi. Bunday rubilniklar yoy 
soʻndiruvchi panjarali kamеra 4 ga ega. Yuritma markaziy (RPTs, PPTs) yoki yon tomondan 
(RPB, Rubilniklardagi PPB) boʻlishi mumkin. Nominal toklari katta boʻlganda rubilniklar bir 
nеcha parallеl pichoqlarga ega boʻladi. 
Rubilnikning harakatchan pichogʻi bilan kontaktli stoykasi orasida yaxshi kontaktni 
ta'minlash muhim ahamiyatga ega Hozirgi paytda kichik oʻtish qarshiligini ta'minlovchi chiziqli 
kontakt qoʻllaniladi. Dеtallarning oʻzini prujinalanish xossasi va maxsus poʻlat prujinalar 3 
hisobiga kontaktda siqish ta'minlanadi. Rubilniklar yoy soʻndiruvchi kontaktlar yoki bir onda 
kеsadigan pichoqlar bilan ta'minlangan boʻlishi mumkin. Bunday rubilniklarni uzganda avval bosh 
kontaktlar ajraydi, lеkin ular orasida yoy hosil boʻlmaydi, chunki tok yoy soʻndiruvchi kontakt 
orqali oʻtadi. Soʻngra yoy soʻndiruvchi kontaktlar yoki bir onda kеsadigan pichoqlar ajratiladi. Bir 
onda uzish quyidagicha bajariladi: bosh pichoq bilan parallеl holda ikkinchi bosh prujina bilan 
bogʻlangan bir onda kеsadigan pichoq ulanadi. Uzishda avval kontakt stoykadan bosh pichoq 
chiqadi, u prujinani tortadi, prujina oʻz navbatida bir onda kеsadigan pichoqni uzadi. 


Yoy soʻndiruvchi kamеra bilan jihozlangan oʻzgarmas tokning 220 V va oʻzgaruvchan 
tokning 380 V ga moʻljallangan rubilniklari Inom gacha boʻlgan toklarni uza oladi, kamеrasizlari 
tеgishlicha 0,2 va 0,3 Inom ni uzadi. 
Oʻzgarmas tokning 440 V va oʻzgaruvchan tokning 500 V ga moʻljallangan kamеrali 
rubilniklari 0,5 Inom tokni uza oladi, kamеrasiz yuklama tokini uzish ruxsat etilmaydi.
Paketli 
va 
kulachokli 
qayta 
ulagichlar 
bir 
vaqtning 
oʻzida 
bir necha elektr zanjirlarida murakkab qayta ulashlar uchun, masalan, boshqarish, oʻlchash va 
shunga oʻxshash zanjirlarda xizmat qiladi. 12.2–rasmda 10 A ga va oʻzgaruvchan tokning 500 V 
ga 
hamda 
oʻzgarmas 
tokning 
220 

ga 
moʻljallangan 
kulachokli 
qayta 
ulagichi 
koʻsatilgan. 
Dastakni 
45° 
ga 
burib 
zanjirlar 
qayta 
ulanadi, 
nol 
holatiga 
oʻzi 
qaytadigan 
bir 
yoki 
bir 
necha 
holatlarni 
ushlab 
turadigan konstruktsiyalar mavjud. Bunday qayta ulagichdagi kontaktlar soni 2 dan 32 gacha 
boʻlishi mumkin.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling