2-modul. Kuchlanishi 1000 voltdan kichik boʻlgan elektr jixozlar. 3-maʼruza
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saqlagichning asosiy vazifasini ayting. NAZORAT SAVOLLARI
- Kontaktorlar va magnitli ishga tushirgichlar
- МАVZU-19. •KONTAKTORLAR VA MAGNITLI ISHGA TUSHIRGICH.
Rubilnik va qayta ulagich.
Rubilniklar quyidagilarga qarab tanlanadi: Tizilmaning kuchlanishi boʻyicha ном кку U U ; yuklama toki boʻyicha ном норм I I , ном I I max ; konstruktiv tuzilishiga qarab; elektrodinamik mustahkamligi boʻyicha . .таш дав з i i ; termik mustahkamligi boʻyicha Т Т К t I B 2 ; Nominal tok I nom porron chegara tok i pr. sh termik mustahkamlik vaqti va toki t T, I T bildirgichlarda keltiriladi. I norm bilan I max ni aniqlash yuqoridagi boblarda koʻrib oʻtilgan. 18.2–rasm. Kulachokli qayta ulagich PKUZ. Uzgich dеb nimaga aytiladi? Uzgichning kamchiliklarini ayting. Uzgich avtomat oʻchirgich bilan qanday farqlanadi? Saqlagichning asosiy vazifasini ayting. NAZORAT SAVOLLARI: Kontaktorlar va magnitli ishga tushirgichlar Kontaktorlar — bu uzokdan ta`sir etadigan apparatlar boʻlib, normal ish rejimidagi elektr zanjirlarni koʻp ulash va uzish uchun xizmat qiladi. Kontaktorlar 3–4000 A tokka kuchlanishining oʻzgarmas tokida 220, 440, 650, 750 V va oʻzgaruvchan tokida 380, 500 va 660 V ga moʻljallab ishlab chiqariladi va soatiga 600–1500 marta ulash imkonini beradi. Kontaktorlarning ayrim maxsus seriyalari soatiga 14000 martagacha ulash imkoniyatini beradi. МАVZU-19. •KONTAKTORLAR VA MAGNITLI ISHGA TUSHIRGICH. • 19.1. Kontaktorlar va magnitli ishga tushirgich. Reja: • Past kuchlanishli uzatgichlar, avtomatlar, magnit ishga tushirgichlar, kontaktorlar, saqlagichlar va ularini U, I, P kattaliklari bo ٬ yich tanalash. Таyanch soʻz va iboralar Kontakt tizimi elektromagnit yordamida ulanadigan elektromagnit kontaktorlar eng koʻp qoʻllaniladi. Kontaktorlar bosh kontaktlar tizimi, yoy soʻndiruvchi qurilma elektromagnit tizim va yordamchi kontaktlardan tashkil topgan. Elektr sxemasidan koʻrinadiki (12.4–rasm), kontaktorning bosh kontaktlari K dvigatel D zanjiriga ulangan, gʻaltak esa yordamchi kontaktlar BK va boshqarish knopkalarining ishga tushirish Pusk toʻxtatish Stop orqali boshqarish zanjiriga ketma-ket ulangan. 19.1-rasm Bir qutbli kontaktorning elektr sxemasi. Kontaktorning konstruktiv sxеmada oʻzakga oʻrnatilgan gʻaltakdagi kuchlanish uzilgan va harakatlanuvchi tizim prujina 11 ta'sirida normal holatga kеlgan momеnti tasvirlangan. Kontaktlar 2 va 7 orasida hosil boʻladigan yoy izolyatsion toʻsiqlar 4 bilan kamеra 5 da soʻnadi. Yoy kamеraga magnit tizim hosil qilgan magnit maydon hisobiga tortkladi va u bosh zanjirga kеtma-kеt ulangan gʻaltakdan, poʻlat oʻzak 1 va qutb uchliklardan tashkil topgan. Kamеraning chiqishida, kamеra tashqarisiga ionlashgan gazlarning chiqishiga toʻsqinlik qiladigan yoy soʻndiruvchi panjara 3 oʻrnatilgan. Kontaktorni ulash uchui gʻaltak qismasiga ishga tushirish knopkasi PUSK ni bosish yoʻli bilan kuchlanish bеriladi. gʻaltakda magnit oqim F hosil boʻladi va u yakor 10 ni oʻzakka tortadi. Yakorda harakatlanuvchi kontakt 7 mahkamlangan boʻlib, u qoʻzgʻalmas kontakt 2 ga tеkkandan kеyin, uning ustida sirpanadi va kontaktlar sirtidagi oksid plyonkani buzadi, Kontaktlarda bosish prujina 8 yordamida hosil boʻladi. Kumushdan tayyorlangan kontakt ustqoʻymalar 6 oʻtish qarshiligining minimal boʻlishini ta'minlaydi. Ayrim hollarda ustqoʻymalar yoyga chidamli mеtallokеramikadan tayyorlanadi. Kontaktor ulangan vaziyatda oʻzining gʻaltagi ulangan holda ushlab turiladi. Kontaktor ulangandan soʻng yordamchi kontaktlar 12 (BK) ishga tushirish knopkasi PUSK ni shuntlaydi, shuning uchun ishga tushirish knopkasining ajralishi gʻaltak 15 (K) zanjirini uzmaydi. Yakor 10 da jеzdan tayyorlangan nomagnit qistirma 9 boʻlib, u oʻzakdagi qoldiq induktsiyadan hosil boʻladigan tortish kuchini kamaytiradi. Shunday qilib, gʻaltak 15 dan kuchlanish olinganda yakor «yopishib qolmaydi». Boshqarish zanjiridagi kuchlanish ancha kamayganda, shuningdеk, u yoʻqolganda kontaktor avtomatik ravishda uziladi. Oʻzgarmas tok zanjirlarida kuchlanishi 600 V gacha va 300 A gacha boʻlgan toklar uchun KPD–100, 630 A toklar uchun KPV–600, shuningdek 300 A toklar uchun KM–2000 seriyali kontaktorlar qoʻllaniladi. Oʻzgaruvchan tok zanjirlarida kuchlanishi 500 V va 600 A gacha boʻlgan toklar uchun KTV, ogʻir rejimlar uchun kuchlanishi 380 V va 600 A tokka moʻljallangan, soatiga 1200 marta ulanish imkonini beradigan KT–6000 seriyali kontaktorlar qoʻllaniladi.. Zamonaviy kontaktorlar yopiq plastmassa korpusda (KTU seriyasi) ishlab chiqariladi. Kontaktorlar qurilmani normal boʻlmagan rejimlar (oʻta yuklanish, QT toklari) dan muhofazalay olmaydi, shuning uchun ular avtomatik boshqarish sxemasida normal boʻlmagan rejimni sezadigan va elektromagnit gʻaltakning zanjirini uzadigan maxsus rele bilan birgalikda qoʻllaniladi. Magnitli ishga tushirgichlar – bu odatda, uch kutbli kontaktordan, oʻrnatilgan issiqlik relelaridan va yordamchi kontaktlardan tashkil topgan qurilmadir. 3- rasm. PA cheriyali magnit ishga tushirgich: 19.2-rasm a – elektr sxemasi; b – konstruktiv sxema Ular quvvati 75 kVt gacha boʻlgan uch fazali elektr dvigatellarni boshqarish uchun xizmat qiladi. Ishga tushirgich PA ning konstruktiv va elektr sxemasi 19.2- rasmda koʻsatilgan. Ishga tushirish knopkasi Pusk bosilganda, toʻxtatish Stop knopkasi va issiqlik relelarining TRP 1 , TRP 2 ajraladigan kontaktlari orqali, kontaktor K (5) ning gʻaltagiga tok beriladi, elektromagnitning yakori oʻq O 1 atrofida aylanib, oʻzak 4 ga tortiladi. Bunda, qoʻzgʻalmas kontaktlar 2 qoʻzgʻaluvchan kontakt koʻprigi 8 bilan tutashadi. Kontaktlardagi bosilish prujina 9 yordamida amalga oshiriladi. Bir vaqtda yordamchi kontaktlar BK (19.2–rasm, a) tutashib, ular ishga tushirish Pusk knopkasini shuntlaydi. Elektrdvigatel yuklama ortganda issiqlik relelari 11 ning ikkalasi yoki bittasi ishga tushadi, gʻaltak zanjiri TRP 1 va TRP 2 kontaktlari orqali uziladi. Bunda yakor 6 oʻzak orqali boshqa ushlab turilmaydi va oʻzining xususiy massasi hamda prujina 7 tahsirida qoʻzgʻaluvchan tizim kontaktlarni ajratib, uzilgan holatga oʻtadi. Har bir fazada ikki marta (ikki joyda) uzish va yopiq kamera 10 maxsus qurilmasiz yoyning soʻnishini tahminlaydi. Toʻxtatish Stop knopkasi bosilganda ham ishga tushirgich xuddi kontaktor kabi uziladi. Amortizatsiyalaydigan prujina 3 ulash vaqtida qoʻzgʻaluvchan qismni keskin zarblardan saqlaydi. Ishga tushirgichning hamma detallari metall asos 1 ga mahkamlanadi. Dvigatelni QT dan muhofaza qilish uchun zanjirga saqlagich (predoxranitel) lar ulangan. Qontaktorlar va magnitli ishga tushirgichlar quyidagilar boʻyicha tanlanadi: tizilmaning kuchlanishiga qarab ном ккури U U tokning turi va kattaligiga qarab ном норм I I , ном I I max ; ulanadigan elektr dvigatellarning quvvatiga qarab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling