2-modul. Smm reja: Internet va ijtimoiy tarmoqlar haqida tushuncha Ijtimoiy trmoqlardan foydalanish madaniyati


Facebook – 2.9 milliard foydalanuvchiga ega


Download 25.91 Kb.
bet2/3
Sana23.04.2023
Hajmi25.91 Kb.
#1390987
1   2   3
Bog'liq
2. SMM

Facebook – 2.9 milliard foydalanuvchiga ega

  • YouTube – 2.6 milliard foydalanuvchiga ega

  • Instagram – 1.5 milliard foydalanuvchiga ega

  • WeChat – 1.3 milliard foydalanuvchiga ega

  • TIKTOK – 1.0 milliard foydalanuvchiga ega

  • KUAISHOU – 580 million foydalanuvchiga ega

  • Sina Weibo – 570 million foydalanuvchiga ega

  • Snapchat – 560 million foydalanuvchiga ega

  • Pinterest – 450 million foydalanuvchiga ega

  • Twitter – 440 million foydalanuvchiga ega

    Internet va ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan sari ularga oid kasblar ham jadal rivojlanib borayotgani hech birimizga sir emas. SMM, kopirayter, community manager kabi o’zgacha so’zlar tez- tez qulog’imizga chalinib turgani gapimizning isbotidir. Keling, ular haqida gaplashamiz.

    SMM (Social Media Mareting) – bu ijtimoiy tarmoqlarda marketing yuritish san’ati hisoblanib, oxirgi 4yilda paydo bo’lib, tez fusratda ommalashgan, rivojlangan kasblardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda SMM menejerlar oyligi faoliyat olib boradigan korxona turiga qarab 2milliondan 10milliongacha summani tashkil qiladi.

    SMM mutaxasis bajaradigan ishlar:

    • brend yaratish va uni yurgizish va (yoki) tanitish;

    • brendni mashhur qilish, unga bo'lgan qiziqishni oshirish;

    • PR;

    • kompaniya saytiga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish;

    • mijozlar, foydalanuvchilarda xizmat, tovar va mahsulot yuzasidan paydo bo’lgan savollar tezkor javob berish, xizmat ko’rsatish.

    • kompaniya internet resurslarini ijtimoiy mediaga moslash, optimizatsiya qilish.

    • tematik saytlarda, guruhlarda mahsulot yoki xizmatni qo’llab-quvvatlash bilan shug’ullanish.

    • kompaniya nomidan munozara va mulohazalarda qatnashish.

    Shuningdek, SMM menejer SEO (search engine optimization) qidiruv mexanizmlarini optimallashtirishdan foydalanishni bilishi talab etiladi. SEO – maksimal darajada mijozlarni jalb qilish maqsadida saytni qidiruv tizimlarining yuqori o‘rinlariga olib chiqish jarayoni. Soddaroq tushuntirganda, masalan siz o‘quv kursi yoki biror mahsulotni internet orqali qidiryapsiz. Qidiruvni amalga oshirganingizdan so‘ng, qidiruv tizimi sizga bir necha saytlarni taqdim etadi. Ushbu saytlarning qaysilaridir birinchi bo’lib chiqsa, qaysilaridir oxirgi o‘rinlarda turadi. Shuni ham bilishingiz muhimki, siz ushbu yuqori o’rinlarni egallashni pulga sotib ololmaysiz. Qidiruv tizimi saytingizning sifati va dolzarbligiga ko’ra uni tanlaydi. Sayt egalari esa Google, Yandex kabi qidiruv tizimlari aynan ularning saytlarini yuqori o‘rinlarga ko’tarishi uchun kalit so‘zlar va iboralardan foydalanadilar.
    Eng muhimi SMM berayotgan ma’lumotlarda:

    • Matnlarning sifatliligi;

    • Texnik xatolar yo‘qligi;

    • Foydalanishdagi qulaylik;

    • Saytga tashriflar sifati (foydalanuvchilar saytga qancha vaqt sarflashyapti, maqsadli harakatlarni amalga oshirilyaptimi, yo‘qmi kabi);

    • Sahifalarni ochishdagi tezlik;

    • Integratsiya (barcha turdagi qurilmalar va ekran o‘lchamlari bilan mos kelishi)kabilarga e’tibor berilishi lozim.



    Grafik dizayner – ijtimoiy tarmoqlarda post dizayni, kitoblar muqovasi, jurnal, gazeta, buklet va flayerlar dizayni bilan shug’ullanadigan kasb vakillari. Grafik dizaynerlar Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw, Figma kabi dasturlardan mahorat bilan foydalangan holda mal’lumotni visual korinishda yetkazishdan tortib kompaniya logosini yaratishgacha bo’lgan vazifalarni bajaruvchi san’at vakillari hisoblanadi. Hozirgi kunda grafik dizaynerlar oylik maoshi 1 500 000dan 6milliongacha summani tashkil qiladi

    Community manager – kompaniya, brendning ijtimoiy sahifasini yuritadigan va mijozlarga javob berish orqali iste`molchilar orasida brend obrosini ushlab turadigan, o’stiradigan yoki aksincha tushirib yuboradigan, jonli ko’prik vazifasini o’taydigan shaxs. Ular asosan kompaniyaning barcha ijtimoiy tarmoqlarida mijozlarning savollariga javob berish, har bir mijoz bilan hushmuomila gaplashish bilan shug’ullanadilar. Asosan online ishlaydigan ushbu kasb egalari 1 000 000dan 4 000 000 gacha maosh oladilar.

    Kopirayter – so’zlar orqali hissiyot ulashuvchi, matn bilan ishlovchi zamonaviy yozuvchilar desak ham bo’ladi. Nega zamonaviy yozuvchilar? Sababi ular yozgan matn (post) maxsulotni sotib olishga, kompaniya haqida tasavvur uyg’otishga va qandaydir hislar berishga sabab bo’ladi. Yani o’sha hislar sabab siz maxsulotni yki kompaniya nomini yodga olasiz. Asosan online ishlaydigan matnshunoslar ko’pincha ishbay ishlaydilar, ya’ni har bir yozilgan matn uchun o’rtacha 50 000- 70 000 haq oladilar. Oylik maosh to’laydigan kompaniyalar boshlanishiga 2 000 000dan boshlab 6 000 000gacha maosh to’laydilar.

    Mobilograf (Videomaker) – kadrlar ya’ni asosan videolar bilan ishlaydigan shaxslar. Sifatli video olish uchun telefon kamerasi, kadr sifati uchun stabilizator, yorug’lik uchun chiroqlar mobilograflarning ish quroli hisoblanadi. Mehnat bozorida mobilograflarr asosan videolar soniga qarab maosh oladilar. Oylik maosh to’laydigan kompaniyalar 3 000 000dan boshlab 10 000 000gacha to’lov qiladilar.


    Download 25.91 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling