2. Moliyaviy salohiyat o‘sishining omillari Xo‘jalik yurituvchi subektlarni isloh qilish va ular moliyaviy xo‘jaligini qayta qurishning zarurligi
Download 167.71 Kb.
|
Xo\'jalik yurutuvchi subektlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Xo‘jalik yurituvchi subektlarni isloh qilish va ular moliyaviy xo‘jaligini qayta qurishning zarurligi.
- Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi
Xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasi – davlat moliyaviy salohiyatining asosi Reja: 1.Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi 2.Moliyaviy salohiyat o‘sishining omillari 3.Xo‘jalik yurituvchi subektlarni isloh qilish va ular moliyaviy xo‘jaligini qayta qurishning zarurligi. 4.Xo‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy isloh qilinish samaradorligini baholash. 5.Moliyaviy rezervlar – xo‘jalik yurituvchi subektn isloh qilish tizimida. Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti subekt-lari va aholining pul daromadlari va jamg‘armalari asosida shakllanib, o‘zaro bog‘langan quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topadi: respublika va mahalliy byudjetlar, davlat nobyudjet fondlari byudjetlari; davlat kreditlashtirish resurslari; dav-lat (unitar) XYUSlari va davlatning ishtirokidagi XYUSlar mo-liyasi. Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga asosiy fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma mablag‘lar, uy-ro‘zg‘or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati – inson kapitali kiradigan moddiy kapital ko‘rinishidagi milliy boylik hajmi (o‘lchami)ni kiritish mumkin; xususiy XYUSlar moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tash-qari aktivlar va aylanma aktivlarining yig‘indisidan tashkil topa-di. Bu yerda aylanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga daro-madli qo‘yilmalar, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlardan iborat. Shuningdek, bu yerda aylanma aktivlarning tarkibiga zaxiralar, debitorlik qarzlari, qisqa mud-datli moliyaviy qo‘yilmalar, pul mablag‘lari va boshqa aylanma aktiv-lar kiradi. Xo‘jalik yurituvchi subekt (XYUS)larning moliyaviy salohiyati ularning yangi qiymat yaratishdagi qobiliyatiga bog‘liq. Bir xil moliyaviy-iqtisodiy qudratga yega bo‘lgan XYUSlar bir-biridan tubdan farq qiluvchi moliyaviy natijalarga yerishishi mumkin. Bu mol-mulkdan, ishlab chiqarish-texnologik jarayonlar va kadrlarni boshqarish samaradorligiga, menejment malakasiga, tadbirkorlik-ning natijaliligiga, moliyaviy resurslar va tashqi qarzlardan oqilona foydalanishga bog‘liq bo‘ladi; bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati – kredit re-surslariga bo‘lgan iqtisodiyotning yehtiyojlarini qondirish bo‘yicha kredit tashkilotlari aktivlari va real imkoniyatlarining yig‘indisi. Juda ko‘pchilik mamlakatlarning bank-kredit tizimi hozirgi paytda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari bilan ta’minlash imkoniyatiga yega yemas. XYUS-larga taqdim yetilayotgan kredit resurslari, asosan, qisqa muddatli xarakterga yega. Asosiy kapitalni shakllantirishdagi kreditlar-ning salmog‘i iqtisodiyot samaradorligining o‘sishi uchun yetarli yemas; sug‘urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat tadbirkorlik risklarini pasaytiradigan va jamg‘armalar hamda investitsiyalar o‘sishini ta’minlaydigan pul sug‘urta resurslarini shakllantirish bo‘yicha sug‘urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyat-lar yig‘indisining amalga oshirilishi orqali namoyon bo‘ladi; uy xo‘jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ular-ning jami daromadlari, soliq, renta va foiz to‘lovlari, inves-titsion talabning o‘sishiga iste’mol va jamg‘arishning ta’siri orqa-li ifodalanadi. Hozirgi paytda juda ko‘p mamlakatlarda aholining jamg‘ar-malari, XYUS va tashkilotlarning jamg‘armalari singari kengay-tirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlari uchun to‘liq foydala-nilmayapti. Download 167.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling