2. Mukammal va nomukammal raqobat Raqobat strategiyasi va raqobatchilik muhiti


Raqobatchilik muhiti — bu raqobat uzluksiz va cheklanmagan holda borishi uchun kerakli shart-sharoitning mavjudligidir


Download 166 Kb.
bet14/15
Sana05.01.2023
Hajmi166 Kb.
#1079811
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Makroiqtisodiyot kurs ishi.edited (1)

Raqobatchilik muhiti — bu raqobat uzluksiz va cheklanmagan holda borishi uchun kerakli shart-sharoitning mavjudligidir.
Bunday muhit mukammal raqobatli bozorga xos bo’ladi. Uning asosiy belgilari quyidagicha:

  • xususiy mulk erkinligining mavjudligi;

  • iqtisodiy tanlov erkinligining bo’lishi;

  • narxlarning erkin shakllanishi;

  • iqtisodiy bellashuv usullarining, erkin tanlab olish imkoniyatining borligi.

Bir so’z bilan aytganda, raqobatchilik muhiti — bu liberal (erkin) iqtisodiy sharoitning bo’lishidir. Shu sababli O’zbekistonda “Iqtisodiyotni erkinlashtirish haqiqiy raqobat muhitini yaratish bilan uzviy bog’liqdir”,2 deb qaraladi. Raqobat muhitiga ziddiylik xos bo’ladi. Birinchidan, bu iqtisodiy erkinlikni bildiradi. Ikkinchidan, erkinlik obyektiv tarzda monopollashuvni yuzaga keltiradiki, bu esa raqobatni cheklab qo’yadi. Natijada, mukammal raqobatdan nomukammal raqobat kelib chiqadi. Iqtisodiyotdagi monopollashuv tendensiyasi raqobatni cheklaganidan, davlat sog’lom raqobat muhitini yaratishda faol ishtirok etadi. Bunga ikki yo’l bilan erishiladi:

  1. Raqobatlashuvchi firmalar safining kengayishiga sharoit yaratiladi. Davlat turli bozorlarga yangi firmalarning kirib kelishiga sharoit yaratib beradi, barcha firmalarning iqtisodiy mustaqilligini qonun yo’li bilan kafolatlaydi.

2.Antimonopol (monopoliyaga qarshi) siyosat yurgiziladi. Davlat antimonopoly chora-tadbirlarni qo’llaydi. Davlat yangi firmalarni ochilish va yopilish tartiblarini soddalashtiradi, ularni ro’yxatga olishni arzonlashtiradi, ularni korrupsiyadan (poraxo’rlikdan) himoya qiladi, hamma raqobatchilar uchun bir xil soliqlar o’rnatadi, bir xil ishlash tartibini joriy etadi, savdo-sotiq shaxobchalarini bir-biriga yaqin yerda joylashtiradi.
Masalan, Italiyada raqobatga sharoit yaratish uchun bir xil turdosh yoki o’rindosh tovar sotuvchi magazinlar va do’konlar bir-biridan 400 metrdan oshiq bo’lmagan yerda joylashtiriladi, toki ular xaridor puli uchun yaqin turib kurasha olishlari kerak. Davlat o’z korxonalarni xususiylashtirish yo’li bilan raqobatchilar safini kengaytiradi.
Davlatning antimonopoly siyosati, birinchidan, yangi monopoliyalarning hosil bo’lishi oldini olishga va ikkinchidan, mavjud monopoliyalarni jilovlab turishga qaratiladi. Monopoliyani hosil qilishga yo’l bermaslik uchun yirik komponiyalarning birlashib ketishiga ruxsat berilmaydi. Odatda, kompaniyalarga u yoki bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishning 50% dan ortig’ini nazorat qilishga yo’l berilmaydi. Shunday bo’lganda yirik kompaniyalar tarqatilib yuboriladi. Ularning o’rniga boshqa firmalar kelib raqobatlasha boshlaydi.
Bir kompaniya aksiyasini boshqasi tomonidan sotib olib uni qaram qilish ham chegaralanadi. Bir kompaniya boshqasining mulkini ma’lum qisminigina sotib olib uning sherigiga aylanishi mumkin. Sherikchilik hissasi boshqa korxonani nazorat qilish imkonini bersa, bu man etiladi.
Firmalarning narx belgilash sohasida til biriktirishlariga ham iloji boricha yo’l berilmaydi. Firmalar til biriktirib, narx belgilangan taqdirda bu narx chegaralab qo’yiladi, ya’ni uni belgilangan me’yordan oshirish mumkin bo’lmaydi. Bu bilan monopol faoliyat cheklanib, narx bilan raqobatlashuvga yo’l beriladi. Monopol faoliyatni cheklovchi qonunlarni buzuvchilar jazolanadi. Masalan, 2003-yil mashhur “Microsoft” firmasi antimonopoly qonunchilikni buzgani uchun 500 million dollar miqdorida jarima to’lagan.
Bozor iqtisodiyoti allaqachon shakllanib bo’lgan mamlakatlarda raqobat muhiti qayta-qayta tiklanib tursa, bozor iqtisodiyotiga endigina o’tayotgan mamlakatlarda uni yangidan yaratish kerak bo’ladi va bu davlatning ishiga aylanadi. Buning uchun xususiy mulkchilikka va tadbirkorlikka qonun yo’li bilan ruxsat beriladi, tadbirkorlik har taraflama qo’llab-quvvatlanadi, bozor ishlariga xizmat qiluvchi infratuzilma yaratiladi. Raqobatlashuvchilar sonini orttirish uchun davlat mulki xususiy qilib sotiladi, kishilar o’zi topgan pul hisobidan yangidan xususiy korxonalar ochishiga imkon beriladi.
O’zbekistonda davlat korxonalari xususiy mulk sifatida sotildi, ular aksionerlar (hissadorlar) jamiyatlariga aylantirildi, yangidan xususiy korxonalar ochilishiga ruxsat beriladi, fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Buning natijasida raqobatchilar soni ko’paydi.



Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling