2. Mukammal va nomukammal raqobat Raqobat strategiyasi va raqobatchilik muhiti


Download 166 Kb.
bet9/15
Sana05.01.2023
Hajmi166 Kb.
#1079811
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Makroiqtisodiyot kurs ishi.edited (1)

Oligopoliya sharoitidagi raqobatda ozchilik, lekin g’oyat yirik firmalar qatnashadi, ular muayyan tarmoqdagi mahsulot ishlab chiqarishni va sotishni o’z qo’lida to’plab oladi. Ular bozorga birinchidan standartlashgan, ya’ni muayyan bir turdagi mahsulotni, ikkinchidan esa tabaqalashgan mahsulotni taklif etadilar.

Standart mahsulotlar resurslardan, chunonchi neft, p’olat, yog’och kabilardan iborat bo’ladi. Tabaqalashgan mahsulot asosan iste’mol buyumlaridan iborat bo’lib, bular avtomobillar, muzlatgichlar, mebel, televizorlar, magnitafon, videomagnitafon, telefon apparatlari va turli elektr asboblaridan iborat bo’ladi. Bu yerdagi raqobat sifat va xizmat ko’rsatishni yaxshilash vositasida boradi. Biroq narxda peshqadamlik qoidasiga ham amal qilinadi. Oligopoliya raqobatiga misol qilib “Ford”, “Kraysler”, “Toyota”, “Honda”, “Nissan”, “Peujeot” va “Opel” kabi yirik kompaniyalarni avtomobil bozoridagi kurashini ko’rsatish mumkin. Oligopoliya sharoitida zo’rlar zo’rlar bilan raqobatlashadi, chunki bu yerga begonalarning kirib kelishi g’oyat mushkul.


Oligopoliya bozoriga kirib borish yo’lida 3 ta jiddiy to’siq bo’ladi :

  1. Bu yerga kirib o’rnashib olish uchun g’oyat katta capital kerak, bu esa ko’pchilikda bo’lmaydi.

  2. Tabiiy resurslar ayrim kompaniyalar qo’lida mulk sifatida to’planib qolganidan, ular o’zgalarga nasib etmaydi.

  3. Ilmiy-texnikaviy yangiliklar ayrim kompaniyalar monopoliyasiga aylanib qoladi, shu sababli ulardan boshqalarning bahramand bo’lishi qiyin. Masalan, avtomobil kompaniyalari o’z texnik yangiliklarini sir tutib boshqalarga bermaydi.

Oligopoliyada bir tomondan firmalar bitimga kelishsa, ikkinchi tomondan raqobatlashadi. Ular kelishgan holda ishlab chiqarish hajmini qisqartirish va yuqori narx o’rnatishga intiladilar. Biroq ulardan har bir o’zim bilaman, deb foydani ko’paytirishga intilib raqobat yo’liga o’tadi. Oligopoliya tabiatning ikkiyoqlamaligini duopoliya ko’rsatadi.
Duopoliya – ikki firma hukmronligi bo’lib, oligopoliyaning soda ko’rinishidir. Hamkorlik zarurati ikki firmani bitimga kelib kartel hosil qilishini bildiradi. Bunda ikki tomondan har biri qancha tovar ishlab chiqarishi va necha puldan sotishini belgilab oladi. Shunga erishilganda maxsus muvozanat hosil bo’ladi. Bunga ko’ra shunday vaziyat mavjud bo’lishi zarurki, har bir raqobatchi kelajakda nima qilishini, boshqalar nima qilishini hisobga olib belgilaydi. Oligopoliya monopoliya singari ishlab chiqarish hajmini cheklaydi, lekin uning narxi sof monopoliya narxidan pastroq, ammo erkin bozor narxidan yuqori bo’ladi.
Oligopolistik firmalar bitimga kelishmay mustaqil yo’l tutishganda, ular birinchidan, bozordagi o’z ulushini ko’paytirishga moyil bo’ladi, chunki qo’shimcha tovar sotish, qo’shimcha foyda keltiradi. Ikkinchidan, ular taklifni ko’paytirishsa narx pasayib, foyda kamayib ketadi. Aytilgan sabablarga ko’ra, firmalar ishlab chiqarish hajmini bir me’yorda tutib turish orqali yuqori narxni saqlab qolishga intiladilar. Oligopoliya bozoriga yirik firmalar kira olganidan raqobatchilar ko’payib ketishi mumkin. Bunda ishlab chiqarish hajmini cheklash mushkul bo’ladi, monopol narxni saqlash qiyinlashadi, narxlar erkin bozordagidek marjinal xarajatlarga yaqin turadi, chunki kelishuvga nisbatan raqobat ustuvorlikka ega bo’ladi.
Kelishuv bo’lganda qancha ishlab chiqarish belgilab olinadi, raqobatga borilganda esa boyib ketish uchun tovar taklifini ko’paytiradilar.
Sof monopoliya sharoitidagi raqobat juda cheklanadi.

Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling