2. Mukammal va nomukammal raqobat Raqobat strategiyasi va raqobatchilik muhiti


Raqobat to’g’risidagi qonunning asosiy tushunchalari


Download 166 Kb.
bet15/15
Sana05.01.2023
Hajmi166 Kb.
#1079811
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Makroiqtisodiyot kurs ishi.edited (1)

4.Raqobat to’g’risidagi qonunning asosiy tushunchalari.
Bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar — o‘zining belgilangan vazifasi, qo‘llanilishi, sifat va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa parametrlari bo‘yicha taqqoslanishi mumkin bo‘lgan shunday tovarlarki, ularni oluvchi iste’mol qilish chog‘ida bir tovarni boshqasiga haqiqatan ham almashtiradi yoki almashtirishga tayyor bo‘ladi;
Insofsiz raqobat — xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega bo‘lishga qaratilgan, qonunchilikka, ish muomalasi odatlariga zid bo‘lgan hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoxud ularning ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlari;
Iqtisodiy konsentratsiya — xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozoridagi raqobatning holatiga ta’sir ko‘rsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni sodir etish;
Iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish — xo‘jalik yurituvchi subyektlar harakatlarini bunday xo‘jalik yurituvchi subyektlardan birortasi bilan ham bir shaxslar guruhiga kirmaydigan yuridik yoki jismoniy shaxs bilan kelishib olish;
Kamsituvchi shartlar (sharoitlar) — tovar yoki moliya bozoriga kirish, tovarni ishlab chiqarish, iste’mol qilish, olish, realizatsiya qilish, o‘zgacha tarzda boshqa shaxsga o‘tkazish shartlari (sharoitlari) bo‘lib, ular boshqa teng shartlarda (sharoitlarda) bitta yoki bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyektni o‘zga xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) bilan taqqoslaganda teng bo‘lmagan holatga solib qo‘yadi;
Kelishib olingan harakatlar — tovar yoki moliya bozorida ikki yoki undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektning bozorning mazkur ishtirokchilaridan har birining manfaatlarini qanoatlantiradigan va ulardan har biriga oldindan ma’lum bo‘lgan, raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlari;

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, raqobat iqtisodiyot subyektlari manfaati to’qnashgan sharoitda ular o’rtasida yuz beradigan kurashdir. Bu kurash raqobat qonuniga ko’ra muqarrar bo’ladi, bozorga xos usullarda yuz beradi, iqtisodiyot subyektlarining saylanib olinishini keltirib chiqaradi. Raqobatlashuv usullari narxni o’zgartirish, tovar sifatini oshirish, servisni yaxshilash va reklamani o’tkazishdan iborat .


Raqobat maydoni bozor, biroq turli bozorlarda raqobat ishtirokchilari har xil bo’ladi va ularning raqobatdan ko’zlagan maqsadi ham turlicha bo’ladi. Bir bozorda ishlab chiqaruvchilar-sotuvchilar kurashsa, boshqa bozorda iste’molchilar bellashadi, yana boshqa yerda ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar raqobatlashadi.
Raqobat bozorning muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. U bir tomondan, ishlab chiqarish munosabati sifatida namoyon bo’lsa, ikkinchi tomondan esa ijtimoiy ishlab chiqarishni muvofiqlashtiruvchi mexanizm sifatida namoyon bo’ladi. Raqobatli bozor ishlab chiqarish samaradorligiga erishish va iqtisodiy resurslarni optimal taqsimlashga imkon yaratadi.
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o’rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar” to’g’risidagi 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son farmoni.
2. I.A.Karimov – O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.:”O’zbekiston” 1999-yil.
3. Jo’rayev T. “Iqtisodiyot nazariyasi”. O’quv qo’llanma. T: “Fan va texnologiya” nashr, 2017-yil.
4. A.O’lmasov, A.Vahobov – “Iqtisodiyot nazariyasi” darslik. 2014-yil
5.Internet sayt: http://.lex.uz – O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi
6.www.Ziyonet.uz – ta’lim portali

1 I.A.Karimov O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T. “O’zbekiston” 1999-yil, 34-bet

2 I.Karimov O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: “O’zbekiston” , 1999, 34-bet


Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling