2. Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari. Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari


Download 0.6 Mb.
bet3/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1509802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
moliya

Germaniyada ochiq korporatsiyalar Aktiengesellschaften deb ataladi va bunday korporatsiyani firma nomining oxiridagi AG harflaridan bilsa bo‘ladi; xususiy korporatsiyalar Gesellschaften mit beschrankter Haftung deb ataladi va ularning nomiga GmbH harflari qo‘shiladi. Buyuk Britaniyada PLS harflari mas’uliyati cheklangan ochiq kompaniyalar uchun va LTD xususiy kompaniyalar uchun xuddi shunday ma’noga ega. Tarixda nomi qolgan birinchi korporatsiyalar Amsterdam va Londonda XVII asrda tashkil etilgan va o‘zbekchada “aksiyadorlik kompaniyasi” (joint stock companies) degan ma’noni anglatgan. Bizning kunlarda bunday atamadan deyarli foydalanilmaydi.

2. Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari.

Yakka mulk hisoblangan korxonalarda va hatto ko‘pgina shirkatlarda ham korxona egasi bir vaqtning o‘zida menejer vazifasini ham bajaradi. Ammo, boshqa firmalarda, ayniqsa yirik firmalarda mulk egalari biznesni o‘zlari boshqarmaydilar. Ular bu vazifa (majburiyat)ni professionallarga (maxsus kasb egalariga) topshiradilar. Ko‘p hollarda bu professionallar (maxsus kasb egalari) mazkur kompaniyaning aksiyadori ham bo‘lmaydilar. Nimaga mulk egalari kompaniyani boshqarishni menejment bo‘yicha mutaxassislarga topshirishlariga, hech bo‘lmaganda, beshta sabab bor.

Birinchidan, o‘z kasbini puxta egalla (biladi)gan professional menejerlarni topish unchalik murakkab ish emas. Shu bilan birga, ular firmani boshqarish uchun korxona egalariga qaraganda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan (ko‘pincha shunday bo‘ladi ham), ko‘proq tajribaga ega bo‘lishi va shunchaki, yaxshi insoniy fazilatlar sohibi bo‘lishlari ham mumkin. Kompaniyani o‘zi boshqaradigan mulk egasi nafaqat biznesni yuritish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarga, balki boshqaruvchi iqtidoriga ham ega bo‘lishi kerak. Kompaniya mulkiga egalik huquqini uni boshqarishdan ayirganda esa tabiatda kam uchraydigan bunaqangi mushtaraklik talab etilmaydi.

Ko‘ngilochar biznes misolida shunday vaziyatni o‘rganib chiqamiz. Masalan, kinostudiya yoki televideniye tarmog‘ini boshqarish borasida yuqori



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling