2. Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari. Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari
Download 0.6 Mb.
|
moliya
Rioya qilingan taqdirda, menejerlar ham kompaniya egalari kompaniyani o‘zlari boshqarganlarida qabul qiladigan investitsion va moliyaviy qarorlarni qabul qilsalargina menejerlar uchun asosiy qoida to‘g‘ri bo‘ladi (ishlaydi). Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish, ya’ni ular aksiyalarining bozor qiymati (bahosi)ni maksimallashtirish aynan shunday qoida hisoblanadi.Faraz qilaylik, Siz korporatsiyani boshqarayapsiz va mablag‘ tikish (joylashtirish)ning ikkita muqobil variantidan bittasini tanlashingiz kerak. Tanlaganda ham juda riskli va deyarli xavfsiz variantdan birini tanlashingiz zarur. Aksiyadorlaringizning ba’zilari, ehtimol, risk dara-jasini qisqartirishga intilishar. Boshqalari esa, birinchi investitsion loyiha kelajagiga pessimistik ruhda gumon bilan qarashar. Shu bilan birga aksiyadorlarning bir qismi riskka moyil bo‘lishi yoki riskli loyihaning istiqboli porloq deb hisoblashlari mumkin. Aytingchi, bunday sharoitda menejer qanday qilib barcha aksiyadorlarni qoniqtiradigan va ularning ko‘ngliga moydek yoqadigan qaror qabul qilsin?Faraz qilaylik, risksiz loyihani tanlagandan ko‘ra riskli loyihani afzal ko‘rib, Siz firma aksiyalarining bozor qiymati (bahosi)ni ko‘proq oshirasiz. Shuning uchun, garchi ba’zi aksiyadorlar o‘z mablag‘lari ishonchli aktivlarga investitsiya qilinishini hamma narsadan ustun qo‘ysalar-da, Sizning ikkinchi loyihani tanlashingiz ularning manfaatiga xizmat qilmaydi.Gap shundaki, samarali faoliyat yuritayotgan kapital bozorlarida aksiya-dorlar o‘zlarining shaxsiy aksiyalar portfellari risklilik dara-jasini Sizning firmangiz aksiyalarining bir qismini sotib, undirilgan pulni ishonchli aktivlarga investitsiya qilish orqali kamaytirish imkoniyatiga egalar. Demak, riskli loyiha tanlanadigan bo‘lsa, hatto riskni xush ko‘rmaydigan aksiyadorlar ham yutadilar. Chunki ular bugunning o‘zida qo‘shimcha daromad oladilar. Keyin esa ular olgan daromadlarini yoki reinvestitsiya18 qiladilar, yoki o‘z ehtiyojlariga sarflaydilar.Shunday qilib, ko‘rib turibmizki, riskli loyihani tanlash ham xususiy aksiyadorlar manfaatiga mos kelishi mumkin. Chunki aynan riskli loyiha ular qo‘lidagi aksiyalarning bozor qiymati (bahosi)ni oshirishga qodir. Menejerlar qabul qiladigan qarorga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yagona risk tanlangan u yoki bu variant firma aksiyalarining bozor qiymati (bahosi)ga qanchalik ta’sir qilishi bilan bog‘liq.Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling