2. Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari. Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari


Download 0.6 Mb.
bet7/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1509802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
moliya

Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish vazifasini bajarish firma qo‘llaydigan ishlab chiqarish texnologiyalari, bozor foiz stavkalari, bozor riski uchun mukofot va qimmatli qog‘ozlar kotirovka19siga bog‘liq. Ushbu barcha omillarni inobatga olgan holda menejerlar aksiya-dorlar firmani o‘zlari boshqarganlarida qanday investitsion qaror qabul qilsalar, xuddi shunday qarorlarni qabul qilishlari mumkin. Shu bilan birga qaror riskni tan olmaslik darajasiga yoki muldorlarning boyligi darajasiga bog‘liq emas. Demak, investitsion qarorlarni shular to‘g‘risida muayyan ma’lumot yig‘masdan turib ham qabul qilish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish qoidasi juda to‘g‘ri qoida va firmani boshqarayotganda har bir menejer ushbu qoidaga rioya qilmog‘i darkor. Mazkur qoidaga rioya qilar ekanlar, menejerlar har gal biror qaror qabul qilish talab etilganda aksiyadorlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazmasdan turib ham o‘z vazifalarini bajara oladilar.

4. Bozor intizomi: kompaniyalarning “yutib yuborilishi” va uning moliyaviy natija (oqibat)lari.

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz: qanday kuch menejerlarni aksiyadorlar manfaati yo‘lida ishlashga majbur qila oladi? Albatta, aksiyadorlar yig‘ilishda oliy darajadagi menejerga qarshi ovoz berib, uni ishdan bo‘shatib yuborishlari mumkin. Ammo, mulkka egalik huquqi va boshqaruv bir-biridan ajratilganligining asosiy afzalligi egalari firma faoliyati masala-lariga aralashmasliklari bo‘lganligi sababli ular firma noto‘g‘ri boshqa-rilayotganini qanday qilib tushunish (bilib qolgan)larining o‘zi tushu-narsizdir.

Bundan tashqari, firmaga ko‘plab aksiyadorlar birgalikda egalik qilsa, ovoz berish huquqidan biror-bir ishni bajarishga majbur qilish vositasi sifatida foydalanish yana bir muammoni keltirib chiqaradi. Gap shundaki, bunday vaziyatda alohida aksiyadorning kapitalda ishtiroki ulushi shunchalik kam bo‘ladiki, u zarur ma’lumot olinishi va tarqatilishi haqini to‘lashdan manfaatdor emas. Shunday qilib, ovoz berish huquqi o‘z holicha bu dilemmani hal etishga qodir emas.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling