2 mundarija
Referat, kurs ish(loyixa)larini bajarish
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
Referat, kurs ish(loyixa)larini bajarish - bu talabalar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biridir. Mazkur shakl talaba tomonidan izox xati mavzulari bo’yicha unda yoritiladigan masalalar mazmunini oldindan rejalashtirish, izox xatini tayyorlash va kurs ishi(loyixasi)ni bajarishning barcha bosqichlarida kafedra professor-o’qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami va maslaxati asosidagina samarali amalga oshishi mumkin. Bu yerda o’qituvchi tomonidan talabalarning kurs(loyixa) ishlariga raxbarlik qilish qanchalik batafsil va malakali amalga oshirilganligi va ularga talablar mezoni qanchalik to’g’ri qo’yilganligi albatta, xal qiluvchi axamiyatga ega. Тopshiriq talabalarning referat yozish ko’nikmalarini, ilmiy qiziqishlari va bilim darajasini xisobga olgan xolda berilishi juda muxim. Ko’rgazmali vositalar tayyorlash. Тalabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali materiallar tayyorlash vazifasi topshiriladi. Mavzu o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar beriladi. Ko’rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo’yicha bir necha talabaga yoki talabalar guruxiga topshirish xam mumkin. Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. Тalabaga mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik darajasi xar xil bo’lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan savollar tuzish vazifasi topshiriladi. Bunda o’qituvchi tomonidan talabaga testga qo’yiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali jixatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo’yicha yo’l-yo’riq beriladi. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling