2 mundarija
“Qurilish materiallari va konstruksiyalari” kafedrasi mudiri: t.f.n. Berdiyev O.B
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
“Qurilish materiallari va konstruksiyalari” kafedrasi mudiri: t.f.n. Berdiyev O.B. 1.KIRISH Mazkur uslubiy qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli «Тalabalar mustaqil ishlarini tashkil etish to’g’risida»gi buyrug’i bilan tasdiqlangan «Тalabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish» bo’yicha yo’riqnoma xamda JizPI “Arxitektura va qurilish” fakulteti Kengashining 2018 yil 28-avgustdagi 1-bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Shisha va keramik materiallar texnologiyasi” fani bo’yicha ishchi o’quv dasturi asosida ishlab chiqilgan. “Shisha va keramik materiallar texnologiyasi” fanidan talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baxolash bo’yicha tayyorlangan ushbu uslubiy ko’rsatma bakalavriat bosqichi “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” ta’lim mutaxassisligi talabalarining mazkur fandan mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilishda foydalanish uchun tavsiya etiladi. Mustaqil ish talabalarning mustaqil faolligi, xamda tegishli professor- o’qituvchilarning nazorati asosida tashkil etilib, o’quv rejada semestr bo’yicha belgilangan soatlar xajmiga ko’ra amalga oshiriladi. Хususan, bakalavriat bosqichi «M va YMT» yo’nalishi uchun “Shisha va keramik materiallar texnologiyasi “ fani bo’yicha mustaqil ishlarning umumiy xajmi o’quv rejada 94 soat miqdorida belgilangan. Mazkur uslubiy o’llanmada talabalar mustaqil ishlarining asosiy shakllari va ularning mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo’lgan vazifalar, mustaqil ishni bajarish bo’yicha maslaxatlarni tashkil etish, ularni nazorat qilish va baxolash tartibi bayon etilgan. 2.Тalabalar mustaqil ishlarining mazmuni va asosiy shakllari 206 “Shisha va keramik materiallar texnologiyasi “ fani bo’yicha talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish ularda grafikaviy bilim, ko’nikma, tasavvur va mustaqil fikrlashni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini o’z ichiga oladi. U o’quv rejasi va fanlar dasturlarida ko’zda tutilgan zarur bilimlar va ko’nikmalarning talabalar tomonidan oqilona, kam vaqt va kuch sarflab o’zlashtirilishini ta’minlaydi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish, talabaning qiziqishlarini, anglash faolligini va mustaqil ishlarini rivojlantirish yo’nalishida boradi, bunda ijodiy ishlash, fikrlash, mustaqil o’qish, grafikaviy ko’nikma va layoqatlari shakllanadi. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling