2 mundarija


  MAVZU: Shisha va keramik g’isht materiallar hom


Download 3.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/83
Sana11.10.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1698470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
SHISHA VA KERAMIKA (2)

3. 
MAVZU: Shisha va keramik g’isht materiallar hom 
ashyosi va materiallari shixta tarkibini tayyorlash va uarni qayta ishlash . 
Dala shpati. Kvarts qumi 
1. Shishaninig xomashyo materiallar. 
2. Shisha ishlab chiqarish texnalogiyasi. 
3. Shishani qayta ishlash. 
Shisha qattiq 
amorf
 moddadir.Shisha atda 
moʻrt
 va 
shaffof
 boʻladi. 
Shisha — tarkibi Shisha hosil qiluvchi komponentlar (kremniy, bor, 
alyuminiy, fosfor, germaniy oksidlari va boshqalar) va metallar (litiy, kaliy, natriy, 
kaltsiy, magniy, qoʻrgʻoshin va boshqalar)ning oksidlaridan iborat aralashmani 
qizdirish yoʻli bilan suyuqlantirib sovitishdan hosil boʻlgan amorf moʻrt material. 
Shisha qizdirilganda kristall moddalar kabi maʼlum bir trada suyuqlanmaydi va 
qotmaydi, balki asta-sekin qattiq holatdan choʻziluvchan yumshoq holatga va 
nihoyat suyuq holatga oʻtadi. Suyuqlantirilgan Shisha eritmasi sovitilganda 
maʼlum tralar oraligʻida avval plastik holatga oʻtadi, soʻngra qotadi. Shisha — 
izotrop, yaʼni uning fizik xossalari (yorugʻlik nurini sindirish koʻrsatkichi, issiqlik 
oʻtkazuvchanligi va boshqalar) turli yoʻnalishlari boʻyicha oʻlchanganda bir xil 
boʻladi. Tarkibidagi anorganik birikmalarning turiga koʻra, Shisha quyidagi 
sinflarga boʻlinadi: elementar Shisha, oksid Shisha, galogenid Shisha, xalkogenid 
Shisha va aralash Shisha 
Elementar Shisha — faqat bir element atomlaridan iborat. Oltingugurt, 
selen, margimush, fosforni, oʻta tez sovitilganda esa baʼzi metallarni ham 
shishasimon holatda olish mumkin. 
Oksid shahrining asosiy komponentlari kislorodli birikmalardan tashkil 
topgan. Kremniy, germaniy, bor, fosfor, margimush oksidlari juda osonlikcha 
Shisha hosil qiladi. 
Oksid Shisha tarkibidagi Shisha hosil qiluvchi oksid xiliga koʻra quyidagi 
guruhlarga boʻlinadi (qavslarda Shisha hosil qiluvchi komponent koʻrsatilgan): 
silikat Shisha (8YU2), borat Shisha (V,03), fosfat Shisha (R2b5), germanat Shisha, 
(Oye02), borosilikat Shisha (V20, va 8YU2), alyumosilikat Shisha (A1203va 
8YU2). 
Ishlatilishiga koʻra, qurilish Shishasi (deraza oynasi, Shisha bloklar va 
boshqalar), meʼmorlikqurilish Shishasi, avtomobil Shishasi, termik barqaror 
Shisha, kimyoviy lab. Shishasi, tibbiyot Shishasi, optik Shisha, elektrovakuum 
Shishasi, yorugʻlik texnikasi Shishasi, idish Shishasi, navli Shisha, shuningdek 
Shisha tola va Shisha plastiklar farqlanadi. Ionlovchi nurlardan saklaydigan Shisha, 
yorib oʻtuvchi radiatsiya indikatorlari Shishasi, oʻzgaruvchan yorugʻlik 
oʻtkazuvchi fotoxrom Shisha, lazer materiallari sifatida qoʻllanadigan Shisha, 
eruvchan Shisha va h.k. ishlab chiqariladi. 
Eng oddiy tarkibli bir komponentli kvars Shishasi sanoatda kremniy 
dioksid 8YU2asosida olinadi. Me20p 8YU2(bu yerda Me — №, K; p=2*4) tarkibli 
eruvchan binar ishqoriysilikat Shisha ham sanoat ahamiyatiga ega. Deraza oynasi, 


14 
meʼmorlikqurilish, navli, idish va boshqalar sanoat Shishalari asosini №20—
SaO—8YU2uchlik sistemadagi kompozitsiyalar tashkil etadi. Bu oksidlardan 
tashqari ular tarkibiga Shishaiing kristallanishga moyilligini susaytiruvchi M§0 va 
kimyoviy barqarorligini oshiruvchi A120, kiradi. Baʼzi Shisha turlarining 
kimyoviy tarkibi jadvalda keltirilgan. 
Tabiatda perlit, obsidian kabi tabiiy Shishalar mavjud (qarang 
Vulkan 
shishasi
). Sunʼiy shahrining paydo boʻlishini, odatda, kulolchilik bilan 
bogʻlaydilar. Kulolchilikda loydan yasalgan mahsulotni kuydirishda unga soda va 
qum tushgan boʻlishi, natijada buyum sirtida shishasimon sir (glazur) hosil boʻlgan 
boʻlishi mumkin. 
Shisha mil. av. 4 ming yillarda qadimiy Misr va Markaziy Osiyoda ishlab 
chiqarila boshlagan. Dastlab boʻgʻiq Shisha ishlab chiqarilgan. Tarkibidagi 
moddalar asta-sekin oʻzgartirila borgan. Undagi ishqoriy metallarning oksidlari 
30% dan 20% gacha kamaytirilgan. shahriga qoʻrgʻoshin va qalay oksidlari 
qoʻshiladigan boʻlgan, rang kiritish maqsadida marganets va kobalt birikmalari 
qoʻshilgan. Mil. av. 2 minginchi yillarda Misrda hajmi 0,25 l li sopol koʻzalarda 
Shisha eritilgan. Qadimgi Shishalar 1000—1100°da pishirilgan. 
2 muhim masala — shaffof Shisha tayyorlash va mahsulotga puflab shakl 
berish hal qilingandan boshlab shishasozlik texnologiyasida muhim oʻzgarish roʻy 
berdi. 19-asr oxirigacha shishasozlikda qoʻl mehnati ustun edi, 20-asrning 20-
yillaridan boshlab turli xil Shishalar ishlab chiqarish avtomatlashtirildi. 
Badiiy Shisha badiiy idish va buyumlar, meʼmorlik qismlari, manzarali 
kompozitsiyalar, haykaltaroshlik (asosan, kichik shakllarda), yoritqichlar, sunʼiy 
bezak toshlar, Shisha mozaika va boshqalardan iborat. Dastlab qadimiy Misr (mil. 
av. 4—1-asrlar), Suriya, Finikiya, Xitoyda rivojlangan. Bu davrdagi shishasozlik 
maktablarining ish tajribalari yozilgan asar va kitoblarning eng qadimgisi mil. av. 2 
ming yillarga oid boʻlib, ular qadimiy Mesopotamiyat topilgan. Aynan shu 
mamlakatda loyga mixxatlar yordamida yozib qoldirilgan mil. av. 7-asrga taalluqli 
jadvallarda eng qadimgi rangli Shishalar tarkibi va tayyorlash usullari bayon 
etilgan. Arxeologik izlanishlar qadimgi sunʼiy Shisha buyumlar mil. av. 4-ming 
yillik oʻrtalariga mansubligini, ular ilk bor Misr yodgorliklarida, keyinroq 
Mesopotamiyada uchrashini koʻrsatadi. Mil. av. 3-ming yillik oʻrtalariga mansub 
Shisha mahsulotlar koʻpgina mamlakatlar yodgorliklarida topilgan. 
Qadimgi dunyo sanʼatida Shisha mahsulotlar (guldon, munchoq, isirgʻa, 
tamga va boshqalar), asosan, sopol qoliplar yordamida tayyorlangan, lekin ular 
boʻgʻiq (noshaffof), yashil, zangori, feruza rangli boʻlgan. 6-asrdan badiiy 
shishachilik markazi sifatida Vizantiya shuhrat qozondi, Gʻarbiy Yevropada gotika 
davrida vitraj sanʼati yuksak darajaga koʻtarildi. 
Musulmon Sharqida 12—14-asrlarda Suriya Shishasi mashhur boʻldi. 15—
16-asrlarda Venetsiya Shishasi, 17-asrda Chexiya Shishasi dongtaratdi. 1770-
yillardan (dastlab Angliyada) billursimon Shisha ishlandi. 18-asrdan sunʼiy 


15 
qimmatbaho toshlar tayyorlash avj oldi. 19-asr oxiri va 20asr boshida shahridan 
amaliy bezak sanʼatida keng foydalanila boshlandi. 
Oʻrta Osiyoda bronza va temir davrlarida shaffof va turli rangli Shisha 
mahsulotlar tayyorlangan. Tuxolo (Toxarisgon) (hozirgi Oʻzbekistonning janubi va 
Tojikistonning bir qismini oʻz ichiga olgan davlat)da havorang , qizil rangli Shisha 
tayyorlangan. Arxeologiya yodgorliklari oʻsha davrlarda Samarqandda ham 
shahridan bezak buyumlari ishlanganligini qoʻrsatadi. Bolaliktepadan topilgan nok 
shaklidagi medalon (2,5x2 sm) Shishasi yashil boʻlib, gardishga oʻrnatilgan. 
Movarounnahr 9—10-asrlarda Shishasi bilan ham shuhrat qozongan. 10— 12asr 
shishasozlari metall qoliplar, qirquvchi, randalovchi dastgohlardan foydalanib 
badiiy Shisha mahsulotlari tayyorlaganlar. Tabiblarning idishlari, pardoz butomlari 
shahridan ishlangan. Oʻrta asrlarda Shisha meʼmorliqda ham ishlatilgan. 
Venetsiyalik sayyoh Klavixo oʻz xotiralarida Samarqandning ulugʻvor binolarida 
rangli Shisha ishlatilganini yozgan. 
Ulugʻbekning Chinnixona koʻshki, Ishratxona maqbarasining ganch 
panjaralarida rangli Shisha ishlatilgan. Buxoro ham qadimdan oʻz Shishasi bilan 
mashhur boʻlgan. Marv, Nisoda oʻrta asrlarda Shisha tayyorlovchi ustalarning 
doʻkonlari boʻlgan. 
Xitoy manbalarida Oʻzbekiston hududidan Xitoyga borgan ustalarning mil. 
424 yilda shu yerli xalqni shishasozlik sirlari bilan tanishtirganliklari, shahridan 
imperator uchun maxsus taxt yasab berganliklari haqida maʼlumotlar keltirilgan. 
Amerika olimi E. Sheferni "Samarqandning oltin shaftolilari" nomli kitobida (1881 
yil) Xitoyga Tan Imperiyasi davrida (7—10-asrlar) Fargʻonadan (675 va 761 
yillar), Toxaristondan (hozirgi Surxondaryo viloyati) (730 va 741 yillar) va 
Keshdan (hozirgi Shahrisabz) (746 yil) qizil va koʻk, havorang , tiniq va shaffof 
Shishalar (xitoycha "boli") va qimmatbaho tabiiy toshlar singari nur 
oʻtkazmaydigan rangli Shishalar (xitoycha "lyuli") olib borilganligi qayd etilgan. 
Bu maʼlumotlar ilk oʻrta asrlarda shishasozlik Oʻzbekiston hududida yuqori 
darajada rivojlanganligini qoʻrsatadi. 
Shisha ishlab chiqarish jarayoni xom ashyo (tabiiy yoki sunʼiy) 
komponentlarini tayyorlash, aralashtirish (shixta hosil qilish), pishirish, Shisha 
massasini sovitish, shakl berish, qizdirish va ishlov berish (termik, kimyoviy va 
mexanik)dan iborat. Asosiy xom ashyo sifatida kvars qumlari, soda, potash, 
ohaktosh, kaolin, dala shpatlari, turli oksidlar, yordamchi materiallar oʻrnida 
boʻyagichlar (kobalt, nikel, temir, xrom, mis oksidlari va boshqalar), 
oksidlovchilar (natriy yoki kaliyli selitra va boshqalar) va qaytaruvchilar (koʻmir, 
koks, vino toshi, qalay birikmalari) ishlatiladi. 
Shisha sanoatda, asosan, vanna pechlarida va maxsus xumdonlarda 
pishiriladi. 
Shisha 
pishirish 
jarayoni 
Shisha 
massasini 
suyuqlantirish, 
tiniqlashtirish (havo va boshqalar gazlardan tozalash), gomogenlash va sovitishni 
oʻz ichiga oladi. Shisha 1400-1450°da pishiriladi, 1460-1500°da tiniqlashtiriladi va 
gomogenizatsiya qilinadi, 1200— 1300°da sovitiladi. shakliga shakl berish va 


16 
undan buyumlar yasash presslash, puflash, choʻzish va prokatlash yoʻli bilan 
amalga oshiriladi. shishani 500—600"da (shishalanish trasidan 20—30° yuqori) 
asta sekin sovitish yoki sovitish tempratursidan keskin sovitish (toblash) yoʻli bilan 
undagi ichki kuchlanishlarning bir tekis taqsimlanishiga erishiladi. Shisha 
toblanganda mexanik mustahkamligi ortadi. 

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling