2-Mustaqil ta’lim: Ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda reklama matini yaratish
Olmoshlarni gapda bajargan vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘lsa bo‘ladi:1)
Download 0.69 Mb.
|
2-3 mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olmoshlarning tuzilish turlari 1.
4. Olmoshlarni gapda bajargan vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘lsa bo‘ladi:1)ot toifasidagi olmoshlar.Bular otlarning so‘roqlariga javob bo‘ladi,otlarga o‘xshab so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni qabul qiladi va gapda ot bajargan vazifalarni bajaradi.2)sifat vazifasidagi olmoshlar.Bular sifatlarga o‘xshab sifatlovchi aniqlovchi,kesim va hol vazifalarini bajaradi,otlashish xususiyatiga ega.3)son toifasidagi olmoshlar.Bular miqdorni ifodalash uchun qo‘llanadi va gapda sifatlovchi aniqlovchi,kesim,ba'zan hol vazifalarini bajaradi.
Olmoshlarning tuzilish turlari 1.Sodda olmoshlar barcha olmoshlar guruhida mavjud: men, shu, o‘z, kim, hamma, hech, birov. 2. Qo‘shma olmoshlar faqat ko‘rsatish, belgilash, bo‘lishsizlik olmoshlari guruhida mavjud.Bu olmoshlar birdan ortiq o‘zaklarning birikishidan yasaladi:bunda:a)o‘zaklarning biri olmosh,ikkinchisi boshqa so‘z turkumiga oid so‘z bo‘ladi:qay vaqt,hech narsa kabi;har ikkisi ham olmosh bo‘ladi:har qaysi,har qanday kabi. 3.Juft olmoshlar faqat kishilik, ko‘rsatish olmoshlari guruhida bor:siz-u biz, u-bu olmoshlari juft olmoshlariga tegishlidir. 4.Takroriy olmoshlar ko‘rsatish, o‘zlik, so‘roq, belgilash barchasi:shu-shu,o‘z-o‘zidan,nima-nima,hamma-hamma kabi. Olmoshda shaxs,hurmat,miqdor,munosabat ma'nosining mujassamligi va ularning nutqda rang-barang usulda namoyon bo‘lishi tilshunosligimizda aniqlangan.Masalan,kishilik olmoshidan[men],[biz] so‘zlovchi,[sen],[siz]tinglovchi,[u],[ular] o‘zga shaxsni bildiradi.Miqdor ma'nosining ifodalanishi jihatidan [men],[sen]birlikni;[biz],[sizlar],[senlar],[bizlar]ko‘plikni;[siz],[ular] birlikka ham,ko‘plikka ham betaraf ma'noni anglatadi.Hurmat ma'nosi II,III shaxs olmoshiga xos.Munosabat olmoshi kishilik olmoshining kelishik qo‘shimchasini olib o‘zgarishida yuzaga chiqadi.Kishilik olmoshiga egalik ma'nosi ham xos.Ushbu olmosh qaratqich kelishigida egalik ma'nosini bildiradi:bizning universitet.O‘zbek tilida egalik ma'nosi kishilik olmoshiga [-niki]qo‘shimchasini qo‘shish bilan ifodalanadi:meniki,bizniki,seniki kabi.Yuqoridagi ma'nolarning ifodalanish tarzini boshqa LMG da ham kuzatish mumkin. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling